Daryo havzasining tabiiy­geografik xususiyatlari



Download 17,98 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi17,98 Kb.
#18610
Daryo havzasining tabiiy­geografik xususiyatlari

Yer yuzasidagi har bir daryo havzasi o’ziga xos bo’lgan alohida xususiyatlarga ega bo’ladi. Bu o’ziga xoslik ma’lum tabiiy­geografik omillar bilan aniqlanadi.



Daryo havzasining geografik o’rni. Bu haqda gap ketganda, daryo havzasi joylashgan hududning eng chekka janubiy va shimoliy nuqtalari, eng chekka g’arbiy va sharqiy nuqtalari nazarda tutiladi. Shu ma’lumotlarga ega bo’lsak, daryo havzasining qaysi materikda, qaysi kenglikda, qaysi mamlakat hududida joylashganligi haqida dastlabki tasavvurga ega bo’lamiz.

Daryo havzasining iqlim sharoiti. Bu xususiyat, asosan, havzaning geografik o’rniga bog’liq bo’lib, uzoq yillar uchun xos bo’lgan quyidagi omillar bilan aniqlanadi: yog’inlarning miqdori, yog’ish jadalligi, yog’in miqdorining yil ichida taqsimlanishi, qor qoplamining qalinligi va uning suvliligi, havo harorati va namlik darajasi, shamol va uning tezligi, yo’nalishi. Daryo oqimining hosil bo’lish jarayoni, to’yinish manbalari, va, umuman uning gidrologik rejimi daryo havzasining iqlim sharoitiga bog’liqdir.

Daryo havzasida hosil bo’lgan suv miqdori unga yoqqan yog’in miqdori bilan aniqlansa, havzada yo’qotiladigan suv miqdori, ya’ni bug’lanish havo harorati, namlik va shamol bilan aniqlanadi. Ikkinchi tomondan, havo haroratining ko’tarilishi daryo havzasidagi qor qoplami va muzliklarning erishini, natijada daryoga yanada ko’proq suv qo’shilishini ta’minlaydi.



Daryo havzasining geologik tuzilishi. Havzaga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan suvning yer bag’riga shimilish miqdori, yer osti suvlarining joylashish chuqurligi, daryo oqiziqlarining manbai hisoblangan tog’ jinslarining yuvilish jadalligi va nihoyat, daryo o’zanining hosil bo’lish jarayoni daryo havzasining geologik tuzilishi bilan bog’liqdir.

Daryo havzasining relefi. Daryoda suvning oqish tezligi va shunga bog’liq holda uning energiyasini aniqlashga imkon beradigan daryo havzasi va o’zanining nishabligi, havzaga yog’adigan yog’inlarning balandlik bo’yicha taqsimlanishi relef bilan bog’liqdir.

Daryo havzasining tuproq va o’simlik qoplami. Havzada hosil bo’lgan suvning shimilish jadalligi, daryoga tushadigan oqiziqlar miqdori va ularning yiriklik darajasi daryo havzasining tuproq qoplami bilan bog’liqdir.

O’simlik qoplami esa havzadan bo’ladigan bug’lanish miqdoriga ta’sir qiladi. O’simlik turiga bog’liq tarzda ayrim hollarda (qamish, bordon) bug’lanishni jadallashtirishi, ayrim hollarda (o’rmonlar) esa kamaytirishi mumkin. O’simlik qoplami daryo havzasida yer sirtidan bo’ladigan yuvilish miqdorini keskin kamaytiradi.



Daryo havzasining gidrografiyasi. Daryo havzasida joylashgan ko’llar, botqoqliklar, muzliklar daryo oqimiga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sirni o’rganish uchun havzaning botqoqlanganlik (Kbq fbҒF), ko’llanganlik (KkqfkҒF) va o’rmon bilan qoplanganlik (Ko’qfo’ҒF) koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Ifodadalardagi fb, fk, fo’-mos ravishda, umumiy maydon (F) ning botqoqlik, ko’llar va o’rmonlar egallagan yuzalaridir.

Ma’lumki, daryo havzasida ko’llarning mavjudligi oqimni yil davomida bir tekis taqsimlanishiga ta’sir etadi. Botqoqliklar, o’rmonlar esa daryo oqimiga yanada kuchliroq va murakkabroq ta’sir ko’rsatadi.



Daryo havzasida inson tomonidan amalga oshiriladigan turli tadbirlar havzaning tabiiy­geografik sharoitiga va bu holat o’z navbatida uning gidrologik rejimiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Insonning xo’jalik faoliyati daryo havzasida ma’lum maydonlarni shudgorlash, o’rmonzorlar barpo etish yoki ularni yo’q qilish, selxonalar va suv omborlarini qurish, suvning ma’lum qismini sug’orishga olish, oqava suvlarni daryoga tashlash kabilarni qamrab oladi.

Sinov savollari:

1. Ma’lum bir daryo havzasiga xos bo’lgan alohida xususiyatlar qanday tabiiy­geografik omillar bilan aniqlanadi?

2. Daryo havzasining geografik o’rnini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?

3. Daryo havzasining iqlim sharoiti qanday omillar ta’sirida namoyon bo’ladi?
Download 17,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish