Ma’ruza №1 Yengil atletika sport turining fiziologik tasnifi reja yugurishning ta’rifi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana09.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#646338
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1 маъруза

Carchash va tiklanish.
Velosipedda katta va o’rtacha quvvatdagi ishlarni 
bajarish charchashni rivojlanishiga olib keladi. Uzoq masofalarni o’tishda 
charchashni rivojlantiradigan asosiy faktorlardan biri – muskul ishining monotonli, 
bir xil shaklda bo’lishidir (N.V. Zimkin, 1972). Bunday ishdan nerv 
hujayralarining qo’zg’aluvchanligi va labilligi pasayadi, nerv protsesslarining 
harakatchangligi kamayadi. Organizmning energiya resurs-larini ancha sarflanishi 
charchashning rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Uzoq muddatli tezlanishlarda 
organizmda adenil, adenozindifosfat, pirouzum va sut kislotalari to’planadi, bular 
markaziy nerv sistemasining faoliyat sharoyit-larini yomonlashtiradi va 
charchashning yuzaga kelishini tezlashtiradi. 
100 
km
dan ortiq masofalardagi velosiped poygalari vaqtida orga-nizmning 
termoregulyatsiyasini buzilishi – sovqotish (yomg’irli va past haroratli 


sharoyitlarda) va juda issiqlash (tashqi muhit harorati yuqori bo’lganda) 
oqibatlarida ham ish qobiliyatlari pasayishi mumkin. 
Velosiped sporti bo’yicha trenirovka mashg’ulotlari aerob sharoitidagi ish 
unumini ancha o’zgartiradi. Jumladan, bu maksimal kislorod o’zlash-tirishini 
pasayishida namoyon bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda mumkin bo’lgan ish quvvati, 
son, boldir, tana muskullarining kuchi, ularning statik chi-damliligi pasayadi, 
ixtiyoriy qisqarish va bo’shashish vaqti uzayadi. Ko’r-satilgan o’zgarishlar ish 
hajmi va trenirovka mashg’ulotlarining soni ortgan sari chuqqurlashadi. 
Harakat apparatining fiziologik o’zgarishi.
Velosipedchilarning ish 
bajarishda asosiy yuklama oyoq muskullariga tushadi, oyoqlar tartibli ravish-da 
pedallarni aylantirishi bilan siklik xarakterdagi dinamik ishni bajaradi. Velosiped 
ustida gavdani engashgan holatida boshni bir oz orqaga tashlab o’tirish tananing 
orqa muskullarini, qo’l va bo’yin muskullarini ma’lum darajada tarang turishi bilan 
ta’minlanadi, ya’ni orqa va bo’yin muskullari statik kuchlanishda bo’ladi. Bu 
muskullarning taranglanish darajasi velosi-pedchining gavdasini qanday holatda 
engashganiga qarab yuqori va past bo’ladi. Agar velosipedchi velosiped rulini past 
o’rnatgan bo’lsa, uning gavdasi ko’proq engashgan holatda bo’ladi, bu gavda 
pozasini ushlab turuvchi muskullarning kuchli taranglashishiga olib keladi va 
ko’krak qafasining harakatini qiyinlashtiradi. Velosiped rulini baland o’rnatilganda 
velosipedchi gavdasi ancha tik holatda bo’ladi va velosipedda o’tirish ancha qulay 
bo’lib, gavda holatini saqlovchi muskullar kamroq darajada tarang-lashadi. Nafas 
harakatlariga ortiqcha xalaqit berilmaydi. Velosiped sporti bilan shug’ullanishda, 
ayniqsa ruli past o’rnatilgan velosipedda uzoq vaqt mashq qilishda velosipedchi 
qomatining buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Bu asosan umurtqa suyaklari 
tuzilishining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, ko’pincha ko’krak qismidagi 
umurtqalarning orqaga bo’rtib chiqishi – “kifoz” kuzatiladi.
Ba’zida umurtqaning bunday egilishi to’g’rilanib ham ketadi. Shu bilan birga 
shuni ko’rsatish kerakki, velosiped sporti bilan shug’ullanishda qomatning 
velosipedchining umumiy jismoniy tayyorgarligiga qattiq bog’-langan bo’ladi. 


Agar velosipedchi umumiy jismoniy tayyorlanishni unutmasa, unga yaxshi e’tibor 
bersa, uning qomatida o’zgarishlar yuzaga kelmaydi.
1-jadval

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish