Lokomotivlarni ta’mirlash texnologiyasi 25-amaliy mashg’ulot
SOVUTGICHLARNI TA’MIRLASH
Sovutgich bo'limlari (6.1-rasm).
Sovutgich bo'limlarining nosozliklari:
naychalarning 5 sinish va kavsharlangan joyining buzilishi;
bo'limlarning tashqi va ichki yuzalarining ifloslanishi.
Naychalarning qutiga 2 kavshar joyidan suv oqishi sabablari:
agar bo'limlar to'g'ri mahkamlanmagan bo'lsa;
suv va moyning bosimi va haroratidagi tebranishlar;
qishda, sovutgich pardalarini keskin ochish bilan bo'limlarni muzlatib qo’yish.
Bo'limlar tashqaridan chang, moy va qurum aralashmasi bilan ifloslanadi, naychalar ichi esa cho’kma bilan to’lib qoladi. Bu holat bo'lim naychalaridan havoga issiqlik uzatishni yomonlashtiradi, bu esa suv va moyning haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi. Bo'limlarning ifloslanishi qo'shni bo'limlarning haroratiga nisbatan yuqoridagi va pastdagi harorat farqi bilan paypaslab aniqlanadi.
6.1-rasm. Sovutgich bo'limi:
1 - kollektor; 2 - naycha qutisi; 3 - mustahkamlash taxtasi; 4- yonbosh qalqonlar; 5 - naychalar
Texnik xizmat ko'rsatish TXK-3 va joriy ta'mirlash JT-1 jarayonida bir qator profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Dizel dvigatel ishlayotganida, sovutgich pardalarining ochilishi va yopilishini va burmalarning ramaga birikishini zichligi, bo'limlarda va bo'limlarning sovutgich kollektorlari bilan ulanish joylarida suv oqmasligini, ularning mahkamlash ishonchliligini tekshiradilar; bo'limlar siqilgan havo bilan yon pardalar tomondan kichik yon lyuklari olingan holda puflab tozalanadi.
Dizel dvigatelni to'xtatgandan so'ng, sovutgich bo'limlarining teng ravishda isigani tekchiriladi. Xuddi shu xajmdagi ishlar JT-1r ta'mirlash paytida ham amalga oshiriladi va bunga qo'shimcha ravishda zarur issiqlik almashinuvini ta'minlamaydigan sovutgich bo’limlari naychalarning ichki yuzalarini tozalash va yuvish uchun lokomotivdan demontaj qilinadi. Demontaj qilingan sovutgich bo’limlari tekshiriladi, tozalanadi va yuviladi; aniqlangan nuqsonlar ta'mirlash vaqtida tuzatiladi. JT-3 joriy ta'mirlash jarayonida sovutgich bo’limlari lokomotivdan chiqariladi, tekshiriladi va kerak bo'lganda ta'mirlanadi. Dizel lokomotivlarining sovutgichlarida ishlatiladigan radiator bo'limlari umumiy qurilmaga ega, bu esa ularni umumiy texnologiya yordamida ta'mirlashga imkon beradi.
Radiator bo'limlarini lokomotivdan demontaj qilishda, suv sovutish tizimidan to’kiladi, lyuklar 7, 8 ochiladi (6.2-rasm), yon pardalarning harakatlantiruvchisi 1 ajratiladi, yon pardalar echib olinadi, radiator bo’limlari 3, 5 yuqori 2, o'rta 4 va pastki 6 kollektordan Bo’limlarni chiqarih dastagi (6.3-rasm) yordamida yechib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |