Ma’ruza №1 Yengil atletika sport turining fiziologik tasnifi reja yugurishning ta’rifi


Yurak-tomir faoliyatidagi o’zgarishlar



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana09.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#646338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1 маъруза

Yurak-tomir faoliyatidagi o’zgarishlar
.Velosiped sporti bilan sistemali 
shug’ullanish, buning oqibatida yuqori jismoniy chiniqish yurak-tomir faoliyatida 
o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu o’zgarishlarni velosipedchi qanday masofani 
o’tishi bilan shug’ullanishiga qarab o’ziga xos bo’ladi. Yaxshi jismoniy chiniqqan, 
ayniqsa haddan tashqari uzoq masofalarni o’tish bilan shug’ullanuvchi 
sportchilarda sinusli bradikarsiya kuzatiladi. Yurak qisqarishlarining soni 
ko’pincha minutiga 35-50 marta bo’ladi (M.A. Ortiqov, 1968, V.V. Vasilyeva va 
boshqalar, 1974). Poygachi-sprinterchilarning tinch holatida puls soni stayerlarga 
va o’rta masofa poygachilariga nisbatan birmuncha tez bo’ladi. 
Sezilarli bradikardiya bo’lganda yurakning har bir qisqarishida arteriyaga 
chiqarilayotgan qon miqdori tinch holatda 80-100 
ml
gacha boradi (N.G. 
Dmitriyeva, 1975). 


Velosipedchilarning jismoniy chiniqqanligi rivojlanishi bilan tinch holatda 
qonning minutlik hajmini kamayishi kuzatiladi. Mellerovichning fikri bo’yicha 
(1956), sportchilarning tinch holatidagi qonning minutlik hajmini kamayishi, 
ayniqsa chidamlilikka mashq qilayotgan sportchilarda “sport yuragi”ning yuqori 
funksional rezervini ta’minlaydigan muhim faktorlardan biridir. 
Shiddatli muskul faoliyatida velosipedchilarning yuragini sistolik hajmi 170-
204 
ml
gacha yetadi. Shu bilan birga yurakning sistolik va minutlik hajmining eng 
ko’p ortishi yurakning minutiga 130 dan 180 martagacha qisqarishida bo’ladi. 
Yurakning 1 minutda 180 dan ortiq qisqarishi uning sistolik va minutlik hajmini 
kamayishiga olib keladi. 
Mashq qilish va musobaqalarda qatnashish vaqtida yurakning qisqarish soni 
ortadi. Uning qanday darajada ortishi velosipedchining harakatlanish tezligi va yo’l 
relyefiga bogliq. Tekis yo’lda soatiga 30-32 
km
tezlik bilan harakatlanishda (bu 
maksimal tezlikni 60-70% ni tashkil qiladi) puls minutiga 140-156 marta, soatiga 
40-42 
km
tezlikda 165-175 marta, soatiga 50 
km
yurishda esa puls minutiga 200-
220 martaga boradi (G.V. Mellenberg, A.V. Sedov, 1973). O’rta tog’lik 
sharoitlardagi velosiped poygalarida sumbaksimal quvvatdagi ish bajarish yurak 
qisqarish sonining kamayishi bilan kuzatiladi. Masalan, dengiz sathidan 2800 
m
balandlikda oxirgi imkoniyat bilan ish bajarish pulsning minutiga 175 marta urishi 
bilan xarakterlanadi va dengiz sathidagiga nisbatan 20-30% kamdir. 
Poygachilarda yurak qisqarishlarining ishga kirishib ketish davrini 
o’rganishganda yurakning “ishchi” ritmi yurishdan keyin 40-50 
sek
o’tishi bilan 
belgilanishini ko’rsatadi, biroq bu davr ko’p jihatdan razminkaga va ishning 
tezligiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik velosipedchilarda yurakning ishchi 
gipertrofiyasi kuzatiladi. Yurak muskullarining gipertrofiyasi asosan muskul 
tolalarining yo’gonlashishi hisobiga bo’ladi. Yurakning ishchi gipertrofiyasi 
birinchi navbatdagi qo’llar va tana muskullarining uzoq vaqt statik kuchlanishi, 
shuningdek, oyoq muskullarining kuchli dinamik ish bajarishi va pedallarni 
aylantirishda ularning to’liq bo’shashmasligi bilan shartlangan, chunki bunday 
sharoit qon oqimiga qo’shimcha qarshilikni yuzaga keltirish bilan yurakning ancha 


kuchli ishlashga majbur qiladi.Yuqori malakali velosipedchilarda 1 
mm
3
qonda 
eritrotsitlar soni 6,5 
mln 
gacha ortishi, gemoglobin esa 17-18% gacha ko’payishi 
bo’ladi. Buning natijasida qonning kislorod sig’imi 25% gacha (sport bilan 
shug’ullanmay-diganlarda kislorod sig’imi 17-18%) ko’payadi. Qonning kislota-
ishqor tezligini buzilish darajasi sportchining chiniqqanlik darajasi va ish tezligiga 
bog’liq. Masalan, eng og’ir ishdan keyin CO

ning bosimi (HCO
2
) yuqori malakali 
velosipedchilarda 35 
mm.s.u
. gacha (tinch holatda 43,3 
mm.s.u
.) pasaygan, pH esa 
kam o’zgargan. Past malakalilarda CO
2
juda kam pasaygan, lekin qonning pH esa 
ancha ortiq bo’lgan. Bu dalillar yuqori malakali sportchilarda moddalar 
almashinuvining chala oksidlangan mahsulotlarini qonga tushishiga javoban 
kislota-ishqor muvozanatini saqlovchi turg’un kompensator mexanizm bo’lishini 
tasdiqlaydi. Qonda sut kislotasining konsentratsiyasi (5 dan 25 
km
gacha bo’lgan 
masofadan keyin 1500-200 
mg%
gacha ortishi mumkin. O’rtacha tezlikdagi 
ishlarni uzoq davom etishi bilan organizmda qondagi qand miqdori ancha 
pasayishi mumkin. Distansiyaning oxirida qondagi qand konsentratsiyasi 60-70, 
hatto 40-50 
mg%
gacha kamayishi mumkin. Bu uglevodlarni depodan safarbar 
qilinishining buzilishi va organizm zapasining kamayishini ko’rsatadi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish