150
da, qandaydir, tushunib bo‘lmaydigan, noma’lum, tashvishli
narsalarga duch kelib qoladi. Muammoli vaziyat bamisoli «ni-
malardir ko‘ngildagidek emasligi»dan go‘yo signal beradi. Ma-
salan, uchuvchi samolyotni
boshqarib ketayotganda, to‘satdan
motorda noaniq shovqinni payqay boshlaydi. Lekin u motorning
qaysi qismida nima sababdan, qanday hodisa ro‘y berayotgani-
ni aniqlay olmagan. Bundan tashqari, u yuz berishi mumkin
xavfning oldini olish uchun qanday harakat qilish ke rakligini
hali bilmaydi. Mana shunday tarzdagi
muammoli vaziyatdan
tafakkur jarayoni boshlanib ketadi. Muammoli vaziyatni tah lil
qilish natijasida sof ma’nodagi masala, sof ma’nodagi mu ammo
paydo bo‘ladi.
Tafakkurning tuzilishi
Tafakkur
turlari
Ko‘rgazmali harakat. Nazariy, amaliy.
Ko‘rgazmali-obrazli. Konvergent, divergent.
Mavhum. Reproduktiv, produktiv.
Tafakkur
shakllari
Hukm –
tasdiqlovchi, inkor qiluvchi, juziy, yakka,
xususiy, umumiy,
shartli, ayiruvchi, qat’iy, taxminiy, chin, xato,
ehtimollik, voqelik, zarurlik.
Tushuncha – yakka, umumiy, to‘planma.
Xulosa –
induktiv, deduktiv, analogik – chin,
taxminiy, yolg‘on.
Tafakkur
sifatlari
Mazmundorligi, mustaqilligi, kengligi,
chuqurligi,
sertashabbusligi,
pishiqligi, tanqidiyligi, ixchamligi, tezligi,
samaradorligi…
Tafakkur
operatsi-
yalari
Analiz, sintez, taqqoslash,
abstraksiya, umumlashtirish,
konkretlashtirish, tasniflash, sistemalashtirish.
Aqlning muhim xossalari
Fikrlash faoliyati shaxsning aqliy xossalarini tavsiflab beradi.
Aqlning eng muhim sifatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:
151
a)
fikrning chuqurligi, ya’ni nazariya va praktikaning eng qi-
yin masalalari mohiyatiga kirib bora olish, ularni bilib, voqealar
sa bablarini tushunib olish, hodisalarning bundan keyingi jara-
yonini oldindan ko‘rish. Aqlga teskari chuqurlik sifati odam ar-
zimagan narsalarga e’tibor berib, asosiy narsalarni ko‘rmagan
vaqtda chiqarilgan hukm va xulosalarning yuzakiligidir;
b) fikr kengligi odamning muayyan ishining mohiyatiga tu-
shunibgina qolmasdan, balki u nima bilan bog‘liq ekanligi haqi-
da ham o‘ylaydigan, ayni vaqtda jarayon yoki hodisalarning ikir-
chikirlarini nazardan ham qochirmaydigan
umuman masalani
qamrab olish qobiliyatidan iboratdir;
d) aqlning o‘tkirigi, ya’ni o‘zgargan sharoitga qarab o‘z xu-
losa va qarorlarini qayta ko‘rib chiqa olish, olingan flkrlardan
tashkil topgan masalani yechishda tayyor andazalarning yo‘qligi.
Ana shu sifati bilan ajralib turmaydigan
kishilar faqat bir an-
daza asosidagina o‘ylay va ishlay oladilar, fikrlarida sustkashlik
bo‘ladi, yangiliklardan qo‘rqadilar;
e) aqlning tanqidiyligi, ya’ni har bir fikrga ishonavermaslik,
balki unga tanqidiy qarash, uning uchun va unga qarshi hamma
dalillarni o‘lchab ko‘rish, ana shundan keyingina muayyan fikrga
rozi bo‘lish yoki uni rad etish.
Do'stlaringiz bilan baham: