3
KIRISH
Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayonida hayo-
timizning barcha jabhalarida inson omilining roli ortib borayot-
gani kuzatilmoqda. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni
jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni
amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qol-
moqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan
asoslariga
nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish
davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. O‘zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеnti I.A. Karimov «Tarbiyachi – ustoz bo‘lishi
uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan
bahramand qilishi, haqiqiy fuqaro etib yеtishtirish uchun eng av-
valo tarbiyachining o‘zi aynan shunday yuksak talablarga javob
bеrishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kеrak» –
dеgan edi. Ta’limning yangi modelida
jamiyatda mustaqil fikr-
lovchi erkin shaxsni shakllantirishga e’tibor berilar ekan, psixo-
logiya fanining vazifalari ham malakali mutaxassislar sifatida
o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, ya’ni shaxsiy fazilat, xis-
latlarini bilgan tarzda ta’lim-tarbiya faoliyatini oqilona tashkil
etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidor-
li kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsata
oluvchi shaxslarni tarkib
toptirishdir.
Psixologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni
psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon
psixologlarining
ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli
yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakl-
lantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash xususiyat-
lari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kas-
biy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy
xislatlarga ega
bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi,
faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi,
psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas’uliyatni
his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va
xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos
xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari
4
haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy
faoliyatga tatbiq etishdan iborat.
Pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar
kollejlarida psixologi-
ya fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarni barcha psixik jarayon-
lar va hodisalarning mohiyatini, hamda maktabgacha yoshda
shaxs ning shakllanishi bilan bog‘liq holda shu jarayon va hodi-
salarning rivojlanishini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushuntirib berishga
o‘rgatishdir. O‘quvchilar psixologiyani o‘rganish natijasida bola-
larning psixik xususiyatlarini tushuntirib bera oladigan tarbiyachi
bo‘libgina qolmay, balki shaxsning voyaga yetishida mas’ul o‘rin
egallaydilar.
Ushbu o‘quv qo‘llanma bolalar psixologiyasi
fanining asosiy
muammolarini o‘z ichiga olib, u pedagogika yo‘nalishidagi kasb-
hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilariga
mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma umumiy psixologiya va bolalar
psixologiyasi asoslaridan iborat bo‘lib, 10 bobdan iborat. Har bir
bob o‘zining mazmuniga asosan yoritilgan bo‘lib mavzu oxirida
mustahkamlash uchun nazorat savollari berilgan.
Psixologiyani o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘z-o‘zini tarbi-
yalash, kasbiy xislatlar: diqqatlilik, kuzatuvchanlik, esda qoldira
olish, oqilona ishlash xislatlarini o‘stirish bilan shug‘ullanishi, o‘z
xayoli, ijodiy mustaqil fikrlashi, o‘z hislarini boshqara olishi, qo-
biliyatini o‘stirish zarurligi masalasi qo‘yiladi va rivojlantiriladi.