Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

psixologiya 
deb ataladi. 
PSIXIKANING NAMOYON BO‘LISH SHAKL-
LARI VA ULARNING BOG‘LIQLIGI
Shaxsning indi-
vidual-psixologik 
xususiyatlari
Qobiliyatlar
Temperament
Xarakter
His-tuyg‘ular
(emotsional ton, affekt 
kayfiyat, stress, ehti-
ros). Iroda (qat’iylik, 
dadillik, mustaqillik, 
uyushqoqlik, intizom-
lilik, sabr-bardosh).
Sezgi
Iroda
Xotira
Tafakkur
Nutq
Xayol
Diqqat
Shaxsning his-
siy-irodaviy ho-
latlari
Shaxsning psixik 
jarayoni
Kundalik turmush va ilmiy psixologiya. 
Har qanday fan negi-
zida ma’lum darajada odamlarning turmushi va amaliy tajribasi 
o‘z aksini topadi. Har qanday shaxs kundalik turmushning o‘ziga 
xos psixologik bilimlarini egallagan bo‘lib, o‘z saviyasi, salohi-
yati bilan turlicha kamolot ko‘rsatkichiga egadir, hatto uning tur-
mush tajribasi va bilimlari ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq 
bo‘lishi mumkin (masalan: «Qari bilganni pari bilmas»). Kunda-
lik muloqot davomida boshqa odamlarni kuzatib borgan kishi-
larning o‘zaro birgalikda harakat qilishga ehtiyoji, ularni tash-
qi xulq-atvor ortida yashirinib yotgan psixik jarayonlarni farqlay 
bilishga majbur qilgan. Maqsadlar, mayllar, u yoki bu voqeadan 


9
ta’sirlanish zamirida esa xarakteriga xos asosiy belgilar tushunil-
gan. Shuning uchun ham psixik holatlar, jarayonlar, xususiyat-
lar ilmiy predmetga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir-bir-
lari to‘g‘risida sodda psixologik bilimlar to‘plana boshlagan. Bu 
bilimlar avloddan avlodga o‘tgan holda tilda, xalq ijodiyoti yod-
gorliklarida, san’at asarlarida o‘z ifodasini topa bordi. Jumladan, 
maqol va matallarda, «O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan 
afzal», «Odat – kishining ikkinchi tabiati» va hokazolar. Kishi-
ning shaxsiy hayot tajribasi ham unga psixika haqida muayyan 
tasavvur bera oladi; biron-bir matnni qaytadan o‘qib chiqish kishi 
xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishiga yordam berishini, garchi 
«Takrorlash – ilmning onasi» degan maqol unga tanish bo‘lmasa 
ham, o‘z shaxsiy tajribasidan bilib oladi. Masalan, bola o‘z talabi-
ni qondirish istagida o‘z yaqinlariga turli uslubda ta’sir o‘tkazadi, 
ya’ni katta yoshdagilarning individual-psixologik xususiyatlarini 
o‘zi anglamagan holda hisobga olib ish tutadi. Demak, kundalik 
turmushning psixologik bilimlari farosatlilik, sezgirlik, topqirlik 
intuitiv tarzda namoyon bo‘ladi.
Ilmiy psixologiya ma’lum metodlar, vositalar, operatsiya-
lar yordamida ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirish-
ga intiladi. Izlanayotgan obyektning xususiyati, holati, muno-
sabati, bog‘lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, 
ta’riflar, qonuniyatlar yordamida psixologik mexanizmlarni kashf 
qiladi. Insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qo-
biliyati, xa rakteri yuzasidan umumiy xulosalar chiqariladi. Bu-
ning natijasida shaxs psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim 
nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish im-
koniyati tug‘iladi. Turmush mashaqqatlarini, jismoniy va ruhiy 
zo‘riqishlarni kamaytirish, shaxslararo nizolarni oldini olish, bar-
taraf etish singari harakatlar faqat ilmiy psixologik ma’lumotlarga 
asoslangan holda amalga oshiriladi.
Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik 
ma’lumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilim-
larni tashkil qiladi. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilgan-
da, avvalo, psixik hayotning aniq dalillari nazarda tutiladi. Tur-
li psixologik tajribalar juda muhim faktlarni aniqlagan. Masalan, 
qorong‘ida ham qog‘oz oppoq deb idrok qilinadi. Ilmiy jihatdan 


10
bilish hodisalarni tasvirlashdan tushuntirib berishga o‘tishni ta-
lab qiladi. Shuning uchun ham psixologik faktlar bilan birgalikda 
psixologik qonunlar psixologiyada o‘rganiladigan predmet bo‘lib 
yuzaga chiqadi.
Taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqidagi ta’limotlar
Psixologiya bundan 2–2,5 ming yillar muqaddam qadimgi 
Gretsiyada vujudga kelgan. Psixologiya tarixi ikki davrga ajra-
tiladi:
1-davr.
Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. 
Bu davr eramizdan avvalgi VI asrdan XIX asr o‘rtasigacha 2,5 ming 
yillar davom etgan davrdir. 
2-davr.
Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan 
davri. Bu davr XIX asr o‘rtasidan hozirgi kungacha davom etib 
kelayotgan davrdir.
Qadim zamonlardanoq odamlar olamni har xil tushuntir-
ganlar. Bizning qadimiy ajdodlarimiz tabiatdagi ko‘p hodisa-
larni tushuntirishga ojiz bo‘lganlar va shu sababli ular tabiat-
dagi hodisalar go‘yo olamga keng tarqalgan g‘ayritabiiy, moddiy 
bo‘lmagan, ko‘zga ko‘rinmas kuchlar tufayli yuz beradi, deb 
hisoblaganlar. Odamning sezgilari, his-tuyg‘ulari, fikrlarini ko‘z 
bilan ko‘rib bo‘lmaydi, shu sababdan ularni odamlar moddiy 
bo‘lmagan alohida mavjudod – jonning ishi deb bilganlar, jon-
ni esa odam tanasida vaqtincha yashovchi va odam o‘lgandan 
keyin tanani tark etuvchi narsa deb bilganlar. Ijtimoiy hayot 
ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak-atrofda-
gi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay 
bilishga va ularni o‘z xatti-harakatida hisobga olishda majbur 
etib kelgan. O‘sha davrdagi mutafakkirlar jon (ruh)ni tanadan 
xoli ravishda o‘rganishga harakat qilganlar. Bunday tasavvur-
lar uyqu, o‘lim, xushdan ketish holatlarini noilmiy talqin qilish 
oqibatida tarkib topgan.
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari jonning moddiy-
likdan xoli tabiati haqidagi g‘oyalar paydo bo‘la borgan. Bun-
day qarashlar keyinchalik filosofiyada o‘z ifodasini topgan. 
Eramizdan avvalgi VII–IX asrlar oralig‘ida yashab o‘tgan mu-
tafakkirlar Fales, Anaksimen, Geraklit, Demokrit, Epikur, Plo-


11
ton, Lukretsiylar ta’limotidan keyin ruh tanaga jon bag‘ishlovchi 
moddiy asos, hayotiy jarayonni boshqaruvchi, idora etuvchi a’zo 
sifatida qaralgan. 
Psixika haqidagi ta’limotlarning rivojlanishi uchun Aflotun 
(er.av. 427–347-yillar) alohida sharoit yaratib berdi. U jonning 
qismlari to‘g‘risidagi tushunchani yaratdi. Aflotunning shogir-
di Arastuning «Jon to‘g‘risida»gi asari psixologiyaning bu davr ga 
kelib bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. An-
tik psixologiyaning eng yuqori cho‘qqisi Aristotelning ruh ha-
qidagi mashhur ta’limoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf Gegel 
aytganidek: «Biz psixologiyada ega bo‘lgan yaxshi narsalar bu 
Aris toteldan olgan narsalarimizdir». 
Shimoliy Gretsiyaning Stariga 
shahrida tabib oilasida tavallud top-
gan Aristotel 17 yoshida Platonga 
shogird bo‘lib tushgan. Ammo Pla-
tonning qarashlari yo‘lidan bormadi. 
Aristotel «О душе», ya’ni «Jon haqi-
da» nomli traktatida ruh muammosini 
izchil o‘rganishga bag‘ishlangan o‘z 
g‘oyalarini yoritib beradi. Aristotelga 
ko‘ra, ruh organik tananing shakli. 
Bu tanani Aristotel quyidagi metafo-
ra bilan tushuntirdi: «Agar ko‘z alo-
hida tirik mavjudod bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati uning ruhi bo‘lar 
edi. Ko‘rish qobili yatini yo‘qotgan ko‘z aslida ko‘z bo‘lmaydi, u 
faqatgina ko‘z degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday nomni 
chizilgan yoki biror narsadan yasalgan ko‘zga ham berish mum-
kin. Tiriklik ruhsiz bo‘lmaydi. Ruh tanani tirik qiladi. Tananing 
barcha xususiyatlari o‘sish, nafas olish, fikrlash asosida ruh tura-
di». Boshqacha aytganda tana va boshqa organlar ruh xizmati-
dagi quroldir. «Tana ruh uchun mavjuddir», – deb yozadi Aristo-
tel va «Ruhni tanadan ajratib bo‘lmaydi», – degan qat’iy xulosaga 
keladi. Ruh harakat qilmaydi, tana harakat qiladi, lekin bunday 
tana ruhlidir. Shu ta riqa Aristotel Platonning tana va ruh ajra-
lishi, ruhning qismlarga bo‘linishi haqidagi g‘oyasini o‘tkir tan-
qid qiladi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish