Perseptiv timsollarning tashkil topishi: o’rganish metodlari Rajabova Shaydo Reja: - Muloqot kishilarning bir-birini tushunishi.
- Ijtimoiy perseptiya haqida.
- Muloqot jarayonining mexanizmlari.
Muloqot nima? Muloqot- odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jarayondir. Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilar faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo’lish ehtiyoji tug’iladi. O’zaro muloqot esa , tabiiyki , kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi. Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning perseptiv tomonini o’rganish zaruratini vujudga keltiradi. Insonning inson tomonidan idrok etilishi “Ijtimoiy persepsiya” deyiladi. Dastlab bu atama Dj.Bruner tomonidan 1947-yil ishlatilgan bo’lib , u perseptiv ijtimoiy determinatsiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama , boshqacharoq ma’noga ega bo’lib , u ijtimoiy ob’ektlarni ,ya’ni, odamlar ijtimoiy guruhlar katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin: - 1 . O’z guruhiga munosib individni;
- 2 . Boshqa guruhga mansub;
- 3 . O’zining guruhini;
- 4 . O’zga guruhni;
Ijtimoiy perseptsiya - Rus psixologi A.A.Bodalev “ Insonni inson tomonidan idrok etilishiga” sinonim ravishda “ Insonning boshqa insonni bilishi” iborasini qo’llaydi. Inson jamiyat a’zosi sifatida qabul qilinganligi sababli muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo’ladi . S.L.Rubinshteyn aytganidek, “ Biz insonni tashqi xulq- atvoriga qarab uni o’qiymiz” . Bundan , insonni tashqi qiyofasi uni qanday shaxs ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin.
“ Boshqa odamni bila turib, o’rganayotgan individning o’zi ham shakllanadi”- deb yozadi L.S.Vigotskiy. Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan bo’lishi lozim bo’lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. Demakki o’zaro idrok jarayonida ikkala tomon bir – birlarining ehtiyojlari, motivlari va yo’nalishlarini bilishlari va o’zaro qarama –qarshi tomon o’rniga g’oya olishlari lozim. Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir – birini tushunishga harakat qiladilar. Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan bo’lishi lozim bo’lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. Demakki o’zaro idrok jarayonida ikkala tomon bir – birlarining ehtiyojlari, motivlari va yo’nalishlarini bilishlari va o’zaro qarama –qarshi tomon o’rniga g’oya olishlari lozim. Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir – birini tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mexanizm ishga solinadi: - Indenfikatsiya
- Refleksiya
- Sterotipizasiya
- Empatiya
Indifikasiya(lotincha tenglashtirish) – u kishiga tenglashtirish , baravarlash ma’nosini anglatib, insonning o’zini xayolan suhbatdoshi, o’rniga qo’yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi. Indifikasiya(lotincha tenglashtirish) – u kishiga tenglashtirish , baravarlash ma’nosini anglatib, insonning o’zini xayolan suhbatdoshi, o’rniga qo’yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi. Refleksiya(lotincha aks ettirish)- insonning suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Stereotipizasiya- grekcha o’zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni anglatib, insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi yo’lida muayyan shablondan foydalanishi. Stereotipizasiya- ma’lum yoki taxminan ma’lum bo’lgan voqealarni tiklash , nisbat berish yo’li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba’zida muomala jarayonida noto’g’ri stereotip vujudga keladi. Empatiya- insonning o’zini xayolan suhbatdoshi o’rniga qo’yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda insonning emotsional muammolariga yondashishi tushuniladi. Foydalanilgan adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi F.I.Xaydarov va N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya” darslik E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |