Topshiriq
ABSTRAKSIYA-iqtisodiyot nazariyasining asosiy tadqiqot uslubi. U ko'pincha soxta tasavvur berib, yuzaga chiquvchi iqtisodiy hodisalarning tub mohiyati va yo'nalishini ochish uchun turli-tuman murakkab hodisalar orasidan eng asosiysini sof holda ajratib oladi hamda tadqiqotni qiyinlashtiruvchi, ikkinchi darajalilarini yo'q deb faraz qilishni anglatadi. Ilmiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy hodisalarning mohiyatini tushunib olish hamda uni yanada chuqurroq ifoda etuvchi tushuncha va qonunlarni shakllantirish mumkin. Chunki dalillarni tartiblab, bir xulosaga kelishda abstraksiya usuli asosiy usul hisoblanadi.
ABSTRAKT MEHNAT - shaklidan qat'i nazar, insonning aqliy, ruhiy, jismoniy energiyalarining birgalikdagi sarfi.
AHOLI - oʻzining hayotiy faoliyatini ma'lum ijtimoiy va hududiy jamoalar doirasida amalga oshirayotgan insonlar guruhi.
AHOLI DAROMADLARI - aholining ma'lum vaqt davomida pul va natura shaklida olgan daromadlari miqdoridan iborat. Aholi daromadlariga ish haqi, tadbirkor daromadi, pensiya, nafaqa, stipendiya, kapitaldan olinadigan foyda, puldan olingan foiz, dividend, renta, ko'chmas mulk, qishloq xo'jalik mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlarini sotish hamda har xil xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar.
AKSIONERLIK JAMIYATLARI - mas'uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli boʻlib, odatda, ko'proq foyda olish maqsadida moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo'ladi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar)ga tegishli bo'lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas.
AKSIYA - frans. "action" so'zidan olingan boʻlib, aksiyador shirkat, jamiyat chiqargan qimmatbaho qog'oz bo'lib, unga ega bo'lgan a'zoga jamiyatni boshqarishda qatnashish, foydadan ulushini olish va jamiyat tarqalib ketgan holda uning mol-mulklarini taqsimlashda qatnashish huquqini beradi. Aksiya qiymati aksiyadorlar tomonidan so'm bilan yoki xorijiy valyutalarda toʻlanishi mumkin. Biror mulkni aksiyador jamiyat mulkiga o'tkazishi yoki uni foydalanishga berishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining a'zolari aksiyalar qiymatini jamiyatga qaysi shakl va ko'rinishda to'lashlaridan qat'i nazar, u so'mda ifodalanadi. Aksiyaning eng kichik nominal qiymati 100 so'm. Aksiyadorlarga aksiyalarining nominal qiymati summasiga teng miqdorda sertifikat berilishi mumkin. Aksiya boʻlinmasdir. Agar 1 ta aksiya bir necha kishiga tegishli bo'lsa ham ularning barchasi aksiyadorlar jamiyati tomonidan I ta a'zo sifatida tan olinadi va o'z huquqlarini umumiy vakil orqali amalga oshirishlari mumkin. Aksiyada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim: aksiyadorlar jamiyatining nomi va manzili; qimmatli aksiyalarning nazorat paketi - aksiya egasiga aksiyadorlar jamiyatida amaldagi hukmronligini ta'minlaydigan aksiyalar miqdori; u aksiyadorlar jamiyatining yig'ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega boʻlish huquqini beradi. Aksiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aksiyadorlar jamiyatida hukmronlikni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan davlat ham yirik tashkilotlar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo'lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |