154
5. Tafakkur sifatlari deganda nimani tushunasiz?
6. Analiz, sintez, taqqoslash operatsiyalari
haqida nimalar-
ni bilasiz?
7. Tasniflash va sistemalashtirishning farqi nimada?
8. Muammoli vaziyat nima?
3.5. Nutq. Nutq haqida tushuncha
Kishilarning til vositasida o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayo-
ni nutq deb ataladi. Nutq va tilni aynan bir narsa deb hisoblash
yaramaydi. Nutq odam boshqa kishilar bilan munosabatda bo‘lish
maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Har bir odam muoma-
lani o‘zicha amalga oshiradi.
Kishilar nutq yordamida o‘z zamondoshlariga muayyan vaqt-
da nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar, balki
insoniyat to‘plagan bilimlarining hamma boyligini avloddan av-
lodga o‘tkazib beradilar ham. Bola
nutqni egallab olgandan
so‘ng o‘zi tugilgan jamiyat hayotida kishilar bilan munosabat-
da bo‘ladi. Til milliy xarakterga ega ijtimoiy tarixiy hodisadir.
Turli kishilarda jumla tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Agar
bola biror sabablarga ko‘ra
nutqni egallab olmasa, uning aqliy
kamoloti juda past darajaga tushib qolgan bo‘lar edi.
Yuqorida
aytib o‘tilganidek tafakkur va nutq bir-biri bilan bog‘lanib ket-
gan. Odam o‘ylayotganda odatda fikrlar jumlalar tarzida,
ichki
nutq deb ataluvchi nutq tarzida ifoda etiladi. Darhaqiqat, bir-ik-
ki so‘zni ichingizda aytmasdan turib, biror narsa haqida so‘zlab
ko‘ringchi, siz bunga erisha olmaysiz.
Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari.
Nutq jarayoni
periferik organlarning ishi bilan ham, bosh miya po‘sti faoliyati
bilan ham bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Nutq apparatning peri-
ferik qismiga nutq organlari, eshitish va ko‘rish organlari kiradi.
Nafas olish organlari (o‘pka, bronxlar, nafas olinadigan bo‘g‘iz),
ovoz vibratori (bo‘g‘izning ovoz muskullari)
va ovoz muskulla-
rining tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan ovozni kuchaytiruv-
chi rezonator (og‘iz, burun bo‘shliqlari, halqum) nutq organlari
hisoblanadi. Eshitish organi nutqni, ko‘rish organi yozma nutq-
ni, shuningdek, og‘zaki nutqni to‘ldiruvchi
imo-ishoralarni id-
rok etishni ta’minlaydi. Yozishda (ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarni
155
o‘qitishda) nutq apparatiga qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham
qo‘shiladi. Bola dastlab nutqni egallayotgan davrida uning nutq
tovushlariga bo‘lgan rеaksiyasi juda umumlashgan xaraktеrga ega
bo‘ladi. Masalan, agar soatni bolaga «chiq-chiq» dеb tushuntirilgan
bo‘lsa u «tik-tik» dеgan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsatavеradi.
Bolalarda hali nutq tovushlari yaxshi diffеrеnsirovka qilinmagan
bo‘ladi.
Bosh miya po‘slog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va nutq-
harakat markazlari deb ataluvchi qismlari nutq apparatining
markaziy qismi hisoblanadi. Nutqning eshitish markazi bosh mi-
ya po‘slogining chap chakka tomonidagi nutqning orqaroq qis-
mida joylashgan. Nutqning harakat
markazi chap yarimshar-
ning manglay qismida joylashgan. Bu markazning ishi buzilsa,
ha rakat affaziyasi paydo bo‘ladi, ya’ni kishi gapira olmaydigan
bo‘lib qoladi. Bola qo‘lida qo‘ng‘iroq ushlab turibdi deb faraz qi-
laylik. Bu holda bolada muskul harakat sezgilari paydo bo‘lishi
bilan bir vaqtning o‘zida, qo‘ngiroqni ushlash paytida u chiqar-
gan ovoz, bolaning eshitish nervini ham qo‘zg‘atadi,
shundan
so‘ng harakat vujudga keladi va nihoyat harakat bolaning ongida
ancha kengroq aks ettiriladi: yuqoridagi uch refleksga to‘rtinchisi
qo‘shiladi.
I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, odamda muaffaqiyatli nerv
bog‘lanishlari qo‘zg‘atuvchilarning faqat bevosita ta’sir ko‘rsatish
natijasiga emas, balki ana shu bevosita qo‘zg‘atuvchilar o‘rniga
keluvchi so‘z ta’sirida ham paydo bo‘ladi. Bunda so‘z
bevosita
qo‘zg‘ovchilar bilan, voqelikning birinchi signallari bilan uzviy
bog‘lanishi tufayli, ya’ni o‘zining ma’nosiga ko‘ra qimmati tufay-
ligina voqelikning signali bo‘lib xizmat qiladi. Odam so‘zni voqe-
lik bilan bog‘lay olgan taqdirdagina uning ma’nosiga tushunadi.
Nutq turlari
Ovoz chiqarib talaffiiz etiladigan nutq
Do'stlaringiz bilan baham: