Ishsizlar soni
Ish sizlik darajasi = ------------------------------------------------ x 100% .
Ishchi kuchining umumiy soni
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki ishsizlikning
o‘zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy
oqibatlami keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YalM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YalMning potensial YalMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YalM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi. Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YalM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YalM hajmining orqada qolishi 2,5 foizni tashkil qilishini ko‘rsatadi. Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib ketishi ham mumkin. Bundayhol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi.1 Ishlab chiqarishga ishchilaming qo‘shimcha smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan belgilangan me’yordan ortiqcha darajada foydalanish, ish vaqtidan keyin qo‘shimcha ishlash va o‘rindosh ishlarda band bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.
Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi ishchilaming o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda
o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi,
atrofdagilarga nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni
keltirib chiqaradi. Natijada uzoq davom etgan surunkali ishsizlik
millatning ruhiy sog‘lomligiga putur yetkazadi. Ishsizlik o‘sishining
muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o‘sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlami ijtimoiy himoyalash davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Inflyatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri boiib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy boigan holat hisoblanadi. «Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflatsion - shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861- 1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida qoilanilib, muomalada qog‘oz pullaming haddan ortiq ko‘payib kyyetishini ifodalagan edi.
Inflyatsiya - bu muomalada mavjud bo’lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd
bo’lmagan qog‘oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan
haddan tashqari ko‘payib ketishi; - pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi2.
Bu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama yondashishga yo‘l qo‘yilib, uning mazmunini to‘la va yetarli darajada ochib bera olinmagan. Inflyatsiyani to‘g‘ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog‘oz pullargagina xos bo‘lgan hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo‘llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o‘zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan, deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko‘proq oltin pul kerak bo‘ladi. Demak, bu holatda tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro‘y beradi;
2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan
ma’lum bo‘lgan metall pullarrni soxtalashtirish jarayoni bilan ham
bog‘laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va
keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og‘irligini o‘zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o‘z qadrini yo‘qotishini keltirib chiqargan. Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo‘lgan chog‘da ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro‘y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo‘lgan pul massasi - oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko‘payib, muomala vositasini bajarish uchun pul yetishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg‘arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar о‘zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi.
Real qiymatga ega bo‘lmagan qog‘oz pullarning muomalaga kirib
kelishi esa inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog‘oz pullarni jamg‘arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo‘lib, ular pullaming ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha qog‘oz pullarning ko‘payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning o‘sishini tezlashtiradi. Inflyatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi
keltirib chiqargan narxlaming o‘sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu
narxlar ma’lum muddat o‘tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullaming qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yerda qog‘oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflyatsiya - tovarlar narxining o‘sishidir,
degan ta’rifning to‘liq va yetarli emasligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullar
inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 1) oltinga nisbatan - bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida o‘z ifodasini topadi; 2) tovarlarga nisbatan - bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi; 3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan - bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi. Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar sotib olinayotganligi uchun qog‘oz pullarning tovar va xizmatlarga nisbatan inflyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflyatsiya darajasi narxlarning o‘zgarishiga qarab o’lchanadi.3 Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar indeksi joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:
bu yerda NI - narxlar indeksi; TNj -joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi; TNb - bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi. Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining quyidagi turlarini hisoblash mumkin:
- iste’mol narxlari indeksi;
- ulgurji narxlar indeksi;
- narxlar indeksi - YalM deflyatori;
- eksport va import narxlar indeksi. Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyatsiya sur’atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |