Topshiriq -test



Download 30,09 Kb.
bet1/2
Sana28.09.2021
Hajmi30,09 Kb.
#187821
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiyot 2-semestr 1



MMT-82 guruh talabasi Choriyev Baxtinurning

Iqtisodiyot nazariyasi

Fanidan bajargan uyga vazifasi



Toshkent moliya instituti



TOPSHIRIQ -TEST-

1. Yer taklifi ...

a) mutloq noegiluvchan; b) qisman egiluvchan;

c) mutloq egiluvchan; d) egiluvchan; e) noegiluvchan.

2. Yer rentasi miqdoran ortadi (boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda), agar:

a) yer narxi tushsa; b) yerga talab ortsa;

c) yerga talab qisqarsa; d) yer taklifi ortsa; e) yer taklifi o‘zgarmasa.

3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabning ortishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda,

a) yer rentasi miqdorini ko‘paytiradi; b) yer rentasi miqdori kamayadi; c) renta miqdori o‘zgarmaydi; d) narx ko‘tariladi, renta o‘zgarmaydi; e) daromad ko‘payadi, renta kamayadi.

4. Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va iste’molchilarga nisbatan joylanishidagi farq tufayli vujudga keladitgan renta:

a) monopol renta; b) absolyut renta; c) differensial renta I; d) differensial renta II; e) iqtisodiy renta deb ataladi.

5. Agrar ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlardan alohida ajralib turuvchi xususiyati shundaki, u ...

a) energiya to‘plashga qaratilgan; b) energiyani sarflashga qaratilgan; c) yuqori malakali bo‘lishni talab qiladi; d) yuqori malaka talab qilmaydi; e) maxsus malaka talab qiladi.

6. Yerning narxi...

a) yer rentasi va ijara haqi nisbatiga; b) bank foizi va shu yer uchastkasida mavjud asosiy kapitalamortizatsiyasiga; c) yer rentasi va ssuda foiziga; d) yer rentasi va bank foiziga; e) ijara haqi va ssuda foiziga bog‘liq.

7. Ijara haqi qachon yer rentasiga teng bo‘ladi?

a) yer uchastkalarida avval qurilgan bino-inshootlar bo‘lsa; b) mavjud asosiy kapitalga amortizatsiya hisoblansa; c) yer uchastkalarida ijara shartnomasi tuzilgunga qadar asosiy kapital mavjud bo‘lmasa; d) ijara shartnomasi tuzilgunga qadar asosiy kapital mavjud bo‘lsa; e) ijara shartnomasi qisqa muddatga tuzilsa.

8. Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi as0siy omil bu –

a) yerga bo‘lgan talab; b) shu yerda yetishtiriladigan mahsulot narxi; c) yerning unumdorligi; d) qo‘llaniladigan boshqa resurslar narxi; e) yerning joylashgan joyi.

9. Quyidagilardan qaysi biri yerga bo‘lgan mulkchilik huquqini to‘liq ta’minlaydi? a) yerga egalik qilish; b) yerdan foydalanish; c) ishlab chiqarish natijalarini tasarruf qilish; d) yerni tasarruf qilish; e) yerni ijaraga berish.

10. Yer uchastkalarining iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi?

a) absolyut renta; b) differensial renta-I; c) differensial renta-II; d) monopol renta; e) iqtisodiy renta.

11. Quyidagi yer uchastkalarining qaysi birida differensial renta hosil bo‘lmaydi? a) unumdorligi juda yuqori; b) unumdorligi yuqori; c) unumdorligi o‘rtacha; d) unumdorligi past; e) unumsiz.

12. Agrar munosabatlarning qaysi jihati qishloq xo‘jalik yerlarining o‘rnatilgan urf-odatlar, udumlar yoki qonuniy tartibda ularning doimiy va muddatli ishlatish uchun berilishini bildiradi?

a) egalik qilish; b) tasarruf etish; c) foydalanish; d) o‘zlashtirish; e) meros qilib qoldirish.

13. Renta munosabatlari qachon vujudga keladi?

a) qishloq xo‘jalik maqsadidagi yerlarga egalik qilingandi; b) qishloq xo‘jalik maqsadidagi yerlar tasarruf etilganda; c) qishloq xo‘jalik maqsadidagi yerlardan foydalanilganda; d) qishloq xo‘jalik maqsadidagi yerlar meros qilib qoldirilganda;e) yaratilgan qo‘shimcha sof daromad yer egalari va undan foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanganda va o‘zlashtirilganda.

14. Yerga egalik huquqining iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilish shakli qanday nomlanadi?

a) sof daromad; b) foyda; c) iqtisodiy renta; d) yer rentasi; e) ijara haqi.

15. Yer rentasining tarixiy shakllaridan qaysi biri uning yer egalariga mahsulot ko‘rinishida to‘lanishini anglatadi?

a) barishchina; b) obrok; c) pul rentasi; d) differensial renta; e) absolyut renta.

16. Foydalanishga jalb qilingan yerlarning unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlarning mavjud bo‘lishi, bu differensial rentaning…

a) mavjud bo‘lish sababi; b) vujudga kelish shart-sharoiti; c) manbai; d) iqtisodiy asosi; e) o‘zlashtirish omilidir.

17. Quyidagilardan qaysi biri qishloq xo‘jalik maqsadlarida ishlatiladigan yerlarga talab va renta miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydi?

a) yerlarning unumdorligi; b) yetishtirilgan mahsulotlarning bozor narxlari; c) birgalikda foydalaniladigan resurslarning narxlari va unumdorligi; d) yerlarning bozorlar, yo‘llar va suv manbalariga joylashuvi; e) yerlardan sanoat, qurilish va boshqa maqsadlarda foydalanilishi.

18. Qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotini qayta ishlovchi, iste’molchiga yetkazib beruvchi va tarmoqqa xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning o‘zaro yaqinlashib, bir – biriga qo‘shilib borishi qanday jarayonni anglatadi?

a) iqtisodiy integratsiyani; b) agrosanoat integratsiyasini; c) mintaqaviy integratsiyani; d) hududiy integratsiyani; e) tarmoqlararo integratsiyani.

19. Hozirgi davrda aholi iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining qancha qismi agrar tarmoqda yetishtiriladi?

a) 78-80 foiz; b) 95-97 foiz; c) 83-85 foiz; d)91-93 foiz; d)73-75 foiz.

20. Respublikada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qancha miqdordagi yerlardan foydalaniladi?

a) 35,0 mln. ga; b) 41,0 mln. ga; c) 37,0 mln. ga; d) 25,0 mln. ga; e) 23,0 mln. ga .

-SAVOL-

1. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.

2. Iqtisodiyotning agrar sektori va uning tutgan o’rni.

3. Renta miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.

4. Renta turlari va uning mazmuni.

5. O’zbekistonda erga yagona soliq va uni ro’yobga chiqarish amaliyoti.




Download 30,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish