1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (22.1-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa muddat ichida yalpi talabni dan ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining ro‘y berishiga olib keladi.
1-rasm. Talab inflatsiyasi
2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va
bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlaming oshishini bildiradi. Bu holatni ham rasm orqali ko‘rib chiqamiz.
2-rasm. Taklif inflatsiyasi
Rasmdan ko‘rinadiki, xarajatlaming o‘sishi natijasida yalpi taklif egri chizig‘ining dan ga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat miqdorini oshirib, narxlaming dan darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab chiqarish hajmining esa dan ga qadar qisqarishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin:
- monopolistik faoliyatlaming paydo bo‘lishi va amal qilishi;
- noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish;
-jahon bozorlaridagi narxlaming o‘sishi;
- harbiy sohadagi xarajatlaming o‘sishi va hokazo.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ortib boradi. Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud. O‘rmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlaryiliga 10 foizgacha, jadal inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o‘sishi kuzatiladi.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan
inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini
oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan
aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy
oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin.4
Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat
iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |