tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Siklik ishsizlik - iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq
bo’lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bolmaydi. Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog’liq bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo’llash hisoblanadi. Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida
to‘lish joyini yo‘qotgan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.
«To’la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq
mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy
ishsizlikning bo’lishini tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to’la bandlik ishchi kuchining 100 foizdan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to’la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo’ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo’lganda to’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog’liq bo’lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko‘rsatadi.
To’la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari soniga
teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir
darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion»
ishsizlarga mos keluvchi ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga»
ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish
uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |