O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH ” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot” “Makroiqtisodiy tahlil va
fakulteti prognozlashtirish ” kafedrasi
Ro’yxatga olindi № Ro’yxatga olindi №
“___” ________20__y “ “___” ________20__y “
KURS ISHI
Mavzu: Ishsizlik va inflatsiya darajasining iqtisodiy tahlili
Ilmiy rahbar “MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH”kafedrasi
O’qituvchisi Qosimov Maxamatjon Sulaymonovich
Bajardi: ЭК-75- guruh Talabasi Djalalov Alixon Mo’minxon o’g’li
Toshkent-2021
Mavzu: Ishsizlik va inflatsiya darajasining iqtisodiy tahlili
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………….............4
1. Makroiqtisodiyotda ishsizlik va inflatsiya jaryonlarining iqtisodiy mazmuni hamda ahamiyati……................................................................................................7
2. Ishsizlik va inflatsiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning sabab, oqibatlari..................................................................................................................16
3. O`zbekistonda ishsizlik va inflatsiya jarayonlari darajasining hozirgi holati tahlili........................................................................................................................19
4. Mamlakatimizda ishsizlik va inflatsiya jarayonlari darajasini prognozlash hamda ularni qisqartirish yo’llari.......……………………………………………….......23
Xulosa ……………………………………………………………………….......33
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………....35
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillaridan boshlab olib borilayotgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilib kelinmoqda. Jumladan, o'tgan davr mobaynida milliy xo'jaligimiz iqtisodiy jihatdan inqiroz holatidan chiqarilganini guvohi bo’lganmiz va pandimiya sharoitida iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirilib kelayotganligi barchamizga ma’lum. Lekin bizning mamalakatimizda ishsizlik va inflatsiya darajasi hamon usha-usha, ishsizlik va inflatsiya darajasini kamaytirsak iqtisodiyotimiz yana rivojlanadi va biz kutgan natijaga erishishimiz mumkin.
Bundan ko'rinib turibdiki kurs ishi sifatida bu mavzuning tanlanishi bejiz emas. Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o‘tkaziladi, yangi mahsulot yangi qiymat shu ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishchi kuchining mazmuni, tarkibi, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu
kurs ishi ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab
chiqaruvchi kuchi bo‘lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda
uning xususiyatlari bilan bog‘liq muammolar bayon qilish bilan boshlanadi. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik muammolari batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham e’tibor qaratiladi. Biz mamlakatimizda ishsizlik darajasini qancha qisqartirishga harakat qilsak shuncha ko’p ish o’rinlarini yaratishga mablag’ talab qiladi va o’z-o’zidan inflatsiya darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Bu kurs ishi mavzusining dolzarbligi shundan iboratki biz mamlakatimizni rivojlantirish maqsadida har tamonlama iqtisodiy tahlil qilib chiqib bir yoqadan bosh chqarishimiz kerak bo’ladi. Makroiqtisodiy tahlil natichalaridan kelib chiqqan holda ishsizlik darajasini ham inflatsiya darachasini ham qisqartirishimiz kerak. Tijorat banklari tomonidan ishlab chikaruvchi korxonalarga, xususan, ularning modernizatsiya qilinishi va texnologik yangilanishiga moliyaviy ko'mak berish, yangi ish o'rinlari yaratilishi va aholining bandligi ta'minlanishida, ichki iste'mol tovarlari ishlab chikarish xajmining ko'payishi va minglab oilalar daromadlari ortishida muhim ahamiyat kasb etayotganligini aytishimiz mumkin. Prezidentiz Shavkat Mirzayoyev aytganlaridek “agar xalq boy bo’lsa davlat ham boy bo’ladi” shu sababli davlatimiz xalq uchun juda keng erkinliklarni yaratib berib, yosh tadbirkorlarga kengroq yo’llar ochib berilayotganligini aytishimiz va yanada rivojlantirishimiz kerak. Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YalM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YalM hajmining orqada qolishi 2,5 foizni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi fikrlarimiz barchasi mavzuning dolzarblgini yoritadi desak mubolog’a bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |