KURS ISHI
Mavzu: Korporativ moliyada xorijiy kapitalni jalb qilish yo’llari
.
TOSHKENT – 2021
REJA:
Kirish
1.Korxonalarda xorijiy kapitalni jalb qilishning mohiyati va zarurligi
2.Korxonalar uchun xorijiy kapital jalb qilish amaliyoti
3.Korxonalarda kapital jalb qilish amaliyotining xorij tajribasi va uni O’zbekistonda takomillashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.
Bugungi kunda qabul qilinayotgan sohaga oid hujjatlar quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish;
ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish;
xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik.
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.
Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar:
Hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish;
100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;
Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.
Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo‘yiladi:
Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi;
Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim;
Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim.
Iqtisоdiyotni mоdernizatsiyalash sharоitida investitsiyalar bоzоridagi masalalarni ijоbiy hal qilishning asоsiy vazifalaridan biri investitsiоn faоliyat barqarоrligini ta’minlash natijasida iqtisоdiyotni, shu jumladan mоliya bоzоrini ham rivоjlantirishga erishishdir. Inqirоzga qarshi chоralar dasturini amalga оshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalо, ichki manbalarni safarbar etish hisоbidan iqtisоdiyotimizning muhim tarmоqlarini jadal mоdernizatsiya qilish, teхnik va teхnоlоgik qayta jihоzlash, transpоrt kоmmunikatsiyalarini yanada rivоjlantirish va ijtimоiy infratuzilma obyektlarini barpо etish hal qiluvchi ustuvоr yo’nalishga aylandi. Yuqoridagi fikrlarni tasdig’i sifatida o’tgan yili mamlakatimizda mоliya-bank tizimi barqarоrva ishоnchli faоliyat yuritib, yuqоri ko’rsatkichlarni namоyon etib kelmоqda.
“Investitsiya bilan shug‘ullanuvchi kadrlar yetishmaydi. Investorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish zarur. Shu bois bu soha bo‘yicha hali yana ko‘p ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Tashqaridan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi ''1-dedi Shavkat Mirziyoyev
Investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun korxonalar mutaxassislari tegishli bilimlarga ega bo'lishlari kerak, chunki investitsiyalarni boshqarish korxonaning investitsiya strategiyasini shakllantirish, uning investitsiya portfeli va xatarlarini, potentsial investitsiya ob'ektlarining investitsion jozibadorligini, real investitsiya loyihalari va istiqbolli investitsiyalar va qimmatli qog'ozlarning samaradorligini asoslash va baholashni o'z ichiga oladi. Ushbu faoliyatni (shu jumladan korxonalarda) muvaffaqiyatli boshqarish uchun mutaxassis investitsiyalarni boshqarishning barcha masalalarini puxta bilishi, ya'ni uning o'ziga xos xususiyatlarini, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun nazariy bilimlarni amalda to'g'ri qo'llay olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |