Kurs ishi mavzu: Korporativ moliyada xorijiy kapitalni jalb qilish yo’llari


Korxonalarda xorijiy kapitalni jalb qilishning mohiyati va zarurligi



Download 482,58 Kb.
bet2/9
Sana08.06.2022
Hajmi482,58 Kb.
#643144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

Korxonalarda xorijiy kapitalni jalb qilishning mohiyati va zarurligi.

Bugungi kunda mahalliy korxonalarda oʻrta yoki uzoq muddatli davrlar uchun ma’lum qiymat asosida moliyaviy resurslarni yetarli darajada jalb qilish muammoli holat hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish usullaridan biri sifatida xorijiy kapitalni jalb qilishni keltirish mumkin.
Xorijiy kapitalni jalb qilish shakllari xilma-xillikka ega. Bugungi kun amaliyotida keng miqyosda qoʻllanilayotgan shakllar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- xorijiy bank kreditlarini jalb qilish;
- qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qogʻozlarni xorijda joylashtirish;
- aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish va boshqalar.
Xorijiy kapitalni jalb qilishning keltirib oʻtilgan usullari xususida qisqacha tavsif berib oʻtamiz.
Bugungi kunda kompaniyalar loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy banklardan uzoq muddatli kreditlar jalb qiladi.
Xorijiy kreditlarning keng tarqalishi zarur miqdordagi moliyaviy resurslarni nisbatan past foiz stavkalarida jalb qilish imkoniyati bilan izohlanadi. Xorijiy banklar tomonidan odatda, suzib yuruvchi foiz stavkalari qoʻllaniladi. Bunda asos sifatida ba’zi indikativ har kunlik oʻzgaruvchan stavkalar, masalan LIBOR (London Interbank offered rate – London banklararo oʻrtacha foiz stavkasi), PIBOR (Paris Interbank offered rate – Parij banklararo oʻrtacha foiz stavkasi), AQSH bazis stavkasi (prime rate) va boshqalar olinib, ularga individual mukofot summalari qoʻshiladi. Bankning individual mukofot miqdori 0,5 foizdan 5 foizgacha amal qiladi. Har qanday korxona xorijiy kreditlar olish uchun xorijiy bankka yoki uning vakolatxona, boʻlinma, filiallariga murojaat qilishi mumkin. Banklar hududiy joylashuvidan qat’iy nazar qarz olish uchun quyidagi majburiy talablar amal qiladi:
- moliyalashtiriladigan loyihaning asoslangan biznes-rejasi mav- judligi;
- xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar taqdim etish;
- dunyoga mashhur, masalan “katta toʻrttalik”ka kiradigan audi-
torlik tashkilotlari xulosalari;
- yuqori darajadagi rentabellik va qat’iy belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarning ta’minlanganligi;
- korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va tashkiliy tuzilishining shaffofligi va boshqalar.
Qayd etib oʻtish kerakki, hozirgi kunda aksariyat xorijiy banklar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dunyoga mashhur boʻlgan korxonalargagina kredit ajratishga tayyor. Xalqaro amaliyotda xorijiy kreditlar sindikatli kreditlar shaklida jalb qilinadi. Qarz oluvchiga taqdim etiladigan sindikatli kreditlar xorijiy kreditlar amaliyotida ham risklarni kamaytirish imkonini beradi. Bu jarayonda qarz taqdim etish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgan bank shakllantiriladigan sindikatni boshqaradi. Bunday kredit qiymati foiz stavkasidan tashqari odatda umumiy kredit summasining 0,5 foizidan 2 foizigacha miqdorda belgilanadigan sindikat komissiya toʻlovini ham oʻz ichiga oladi. Moliyalashtirishning mazkur shakli keng koʻlamli loyihalarni amalga oshiruvchi yirik qarz oluvchi kompaniyalar uchun juda qulay. Xorijiy ekspertlarning baholashi boʻyicha dunyo miqyosida 80 foizga yaqin yirik loyihalar aynan sindikatli kreditlardan foydalanish orqali moliyalashtiriladi.
Sindikatli kreditlarga misol sifatida “Gazprom” OAJ tomonidan “Sibneft” OAJni sotib olish uchun jalb qilingan 13,091 milliard AQSH dollari miqdoridagi kreditni keltirishimiz mumkin. Bunda kredit Dresdner Bank va ABN Amro bank boshchiligidagi oltita bank sindikati tomonidan uch va besh yil muddatga mos ravishda LIBOR + 0,7% va LIBOR + 0,75% stavkalarda taqdim etilgan edi.
Umumiy holda xorijiy kreditlarning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- foiz stavkalarining ancha pastligi va kreditdan foydalanish muddatining uzoqligi (3 yildan 10 yilgacha);
- garov sifatida debitorlik qarzlari yoki eksport shartnomalari boʻyicha tushumlardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
- xorijdan mablagʻ jalb qilishning boshqa shakllariga nisbatan taqqoslaganda rasmiylashtirish qiymatining yuqori emasligi va boshqalar.
Xorijiy banklardan kreditlar jalb qilishning kamchiliklari sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin:
- koʻp sonli talablar va kelishuvlarning amal qilishi;
- valyuta riskining yuzaga kelishi;
- xalqaro yuridik me’yorlarga asoslanuvchi huquqiy tartiblarga
asoslanishi va boshqalar.
Ta’minot taqdim etish zarurligi va qarzni boshqarishning qulay
mexanizmi mavjud emasligi xorijiy bank kreditlari bilan bogʻliq boʻlgan salbiy holatlardan hisoblanadi.
Albatta, kuchli investitsiya siyosati o‘tkazish orqaligina biz o‘z
iqtisodiyotimizni yanada gullab-yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning o‘rni katta hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunida “Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari”2 deb e’tirof etiladi .
Bizningcha, xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutlaq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbayiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag‘batlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ham moliyalashtirishning tashqi manbayi bo‘lmasligi mumkin. Bu, birinchi navbatda, foiz to‘lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taalluqli.
Chunki chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari ma’lum vaqt o‘tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talab etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o‘ziga xos farqlari mavjud. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan, chet el kreditlari esa risklari kengligi bilan farqlanadi.
Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlar iqtisodiy subyektlari hamda qo‘shma korxonalar real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag‘laridir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka – kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag‘lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib ketish, qochish, ya’ni mamlakatlararo ko‘chib yurish xosdir. Huquqiy nuqtayi nazardan ular o‘zlarining milliy-huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan o‘z milliy investitsiya muhitini o‘zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromaddorlik, kapitallashuv va likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining o‘ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko‘zlash hisoblanadi. Ularning e’tiborini tortuvchi iqtisodiyot ham o‘z maqsadlariga erishishga intiladi.
Bu maqsadlar samaradorlik, ishlab chiqarishni o‘stirish, tashqi bozorlarga kirib borish yoki noiqtisodiy mazmundagi vazifalar bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishining asosi hisoblanadi.
“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;

  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;

  • chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shahslar boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;

  • chet el davlati fuqorolari bo‘lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shahslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Bugungi kunda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda bevosita xorijiy investitsyalarning eksportini oshirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy,
mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytrishga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, faol investitsiya faoliyatiga undaydi.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra chet ellik investorlar xorijiy davlatlar, ajnabiy fuqarolar, fuqarolarning uyushmalari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, chet elda doimiy ravishda yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishtirokchilardan biri albatta xorijiy yuridik shaxslardan bo’lishi talab etiladi. Xorijiy investitsiyalarning tarkibini qo’yidagicha guruhlash mumkin:


Download 482,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish