Kurs ishi mavzu: Korporativ moliyada xorijiy kapitalni jalb qilish yo’llari


Korxonalar uchun xorijiy kapital jalb qilish amaliyoti



Download 482,58 Kb.
bet5/9
Sana08.06.2022
Hajmi482,58 Kb.
#643144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

2. Korxonalar uchun xorijiy kapital jalb qilish amaliyoti.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag‘lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart- sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo‘l bilan respublika iqtisodiyotini ko‘tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘li bilan investitsiyalarni, ko‘proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga, hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud, ya’ni:
1) ulushi qo‘shilib qatnashishi orqali qo‘shimcha korxonalarni tashkil etish;
2)100% mol-mulk xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
3) yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
4) konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
5) tenderlar e’lon qilish;
6) erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
7) moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo‘shma korxonalarni tashkil etishdir. O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 25 % i xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam miqdori 150000 AQSH dollariga teng bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi.5 Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg‘armasining 150000 AQSH dollaridan kam bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan kichik qo‘shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o‘z mol-mulklarining bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo‘shma korxonalarga qo‘yilgan talablar belgilangan.
Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o‘z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
Konsessiya shartnomalari – tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o‘zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalar.
Lizing shartnomasi - chet el investitsiyalari ishtirokida asbob-uskunalarni, texnika-texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish.
Tenderlar - tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishi.
Erkin iqtisodiy hudud – ma’lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hudud.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo‘llab- quvvatlovchi, rag‘batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohatchi bo‘lishi lozim. Davlatning bosh islohatchi sifatida qatnashishi xorijiy tajribasida aniq namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy aktivlar – qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi.
Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini milliy va xalqaro darajada rag‘batlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. Shunisi xarakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat, hududlar, balki tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya faoliyatining subyekti va obyektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarur. Bunda, asosan, chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari bo‘yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, 3 guruhga, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy sohalarga bo‘lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga yo‘naltirib, so‘ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda, iqtisodiyot rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Jahon amaliyotida kredit notalari (credit linked notes – CLN) ta’minlanmagan qarz mablagʻlari ajratish usuli sifatida koʻzga tashlanadi. Hozirgi kunga kelib bu instrument xalqaro amaliyotda yirik sanoat korxonalari oʻrtasida keng koʻlamda qoʻllanilmoqda.
Qarz oluvchi nuqtai nazaridan CLN xorijiy bankning valyutadagi kreditini oʻzida aks ettiradi. Lekin bu amaliyotning asosiy farqli xususiyati bank kredit taqdim etgandan soʻng birdaniga qimmatli qogʻozlardagi qarzdorlikni qayta tarkiblab, CLNni bozorda sotadi.
Texnik tomondan CLN chiqarish yevroobligatsiya chiqarishga oʻxshash. Bunda CLN chiqarish bilan shugʻullanuvchi lid-menejer sifatida odatda banklar ishtirok etadi.
Bank tomonidan CLN muomalaga chiqarishni tashkil etishning dastlabki bosqichida investorlar oʻrtasida qarz oluvchining majburiyatlariga nisbatan potensial talabni baholash amalga oshiriladi. Qarz oluvchining faoliyati va moliyaviy holati, tarmoq xususiyatlari, bozor kon’yunkturasi atroflicha oʻrganiladi, investorlar bilan faol muzokaralar olib boriladi. Ijobiy qarorga kelingan holatdagina CLN emitenti hisoblangan bank qarz oluvchiga xorijiy bank krediti taqdim etadi. Odatda, emitent sifatida yuqori reytingga, CLN dasturini amalga oshirish boʻyicha tajribaga ega bank tanlanadi. CLN muomalaga chiqarish bir nechta bosqichli dastur asosida tashkil etiladi. Qarz oluvchining kredit boʻyicha majburiyatlarini bajarish holatida CLN boʻyicha toʻlovlarni bank-emitent amalga oshiradi. Agarda kredit oluvchi korxona oʻz vaqtida va toʻliq olingan kreditni qaytara olmasa yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risklar bank-emitent zimmasiga emas, balki CLN sotib oluvchilar zimmasiga tushadi.
CLN muomalaga chiqarilgandan soʻng ularning savdosi ikkilamchi bozorda tashkil etiladi. Kredit notalari birjadan tashqari bozorlarda muomalada boʻladi.
Korporativ yevroobligatsiyalarga nisbatan kredit notalari boʻyicha risklarning yuqoriligidan kelib chiqqan holda bunday qimmatli qogʻozlar qoʻshimcha mukofotlar e’lon qilingan holda sotiladi. Shuningdek, ham iqtisodiy, ham yuridik ma’lumotlar ochiqligi aniq belgilab qoʻyilgan standartlarga mos kelishi talab qilinadi.
Yevroobligatsiyaga nisbatan CLNning asosiy afzalligi sifatida ularni muomalaga chiqarishning birmuncha tezligi va arzonligini keltirish mumkin. Xalqaro amaliyotda CLN muomalaga chiqarish uchun 8 haftadan 12 haftagacha vaqt ketadi. CLN muomalaga chiqarish qiymati respublikamizdagi koʻpgina mahalliy korxonalar uchun ogʻirlik qiladi. Xorijda bu qiymat 30 mingdan 50 ming AQSH dollarigacha xarajatni talab qiladi va bu qiymat rivojlangan davlatlar kompaniyalari uchun juda past hisoblanadi. CLN muomalaga chiqarishda alohida talablar mavjud boʻlib, emissiya risolasida axborotning toʻlaligicha ochiqligi, shuning- dek, yuqori reyting koʻrsatkichlari berilganligi va xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan qarz oluvchi va operatsiya tashkilotchisining mustaqil baholanishi kabilarga alohida e’tibor qaratiladi. Kredit notalarini muomalaga chiqarish yevroobligatsiya muomalasi oldidan kredit tarixini shakllantirishning samarali usuli sifatida xizmat qiladi. Masalan “AFC Sistema” kompaniyasi tomonidan 100 million AQSH dollarlik kredit notalari chiqarilgandan soʻng ikki oy oʻtib kompaniya yevroobligatsiya emissiyasini amalga oshirgan. Lekin boshqa tomondan kredit notalari oʻrtacha foiz stavkasi yevroobligatsiyalarga nisbatan 1 – 2 foiz yuqori belgilanadi.
Bugungi kunda xalqaro amaliyotda 250 million dollardan yuqori boʻlgan yillik oborotga ega kompaniyalar kredit notalarini 100 million dollardan kam boʻlmagan miqdorda muomalaga chiqarmoqda.
Bugungi kun amaliyotida kompaniyalar milliy valyutadagi korpo- rativ obligatsiyalari bilan bir qatorda yevroobligatsiya deb ataluvchi xorijiy valyutadagi qimmatli qogʻozlarning ham xalqaro fond birjalaridagi muomalasi ham kuzatilmoqda.
Yevroobligatsiyalar (ingl. eurobond) mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalardir. Ularga misol sifatida yevrodollar obligatsiyalari, yevroien obligatsiyalarini keltirish mumkin. Bunda obligatsiya soʻziga yevro soʻzining qoʻshib ishlatilishini AQSH kompaniyalarining Yevropa fond birjalarida sotish uchun maxsus obligatsiyalar chiqarganligi bilan izohlanadi. Lekin bugungi kunga kelib yevroobligatsiyalar har qanday mamlakatda chiqarilishi mumkin va aksariyat holatlarda yevro yoki AQSH dollarida muomalaga chiqarilmoqda.
Yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarish ma’lum bir tayyorgarlik ishlarini va xarajatlarni talab qiladi. Lekin boshqa tomondan nisbatan past foizlarda uzoq muddatli yuqori miqdordagi moliyaviy resurslar jalb qilish imkonini beradi.
Odatda, yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng tarqalgan muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur kompaniyalar (masalan, Gazprom) tomonidan muomalaga chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha boʻlgan muddat boʻyicha amal qiladi.
Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, yevroobligatsiyalar bozoriga chiqish tayyorgarlik koʻrish va emissiya qilish, chet eldan moliyaviy konsultantlar va anderrayterlar jalb qilish, xalqaro investorlar uchun taqdimotlar oʻtkazish, huquqiy xizmat uchun toʻlovlar va boshqalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yuqori miqdordagi xarajatlarni talab qiladi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish bilan shugʻullanuvchi dunyoga mashhur tashkilotchilar sifatida Deutche Bank, ABN Amro, CSFB, UBS, DrKW, Citigroup, J.P.Morgan kabilarni keltirish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar hukumati tomonidan yevroobligatsiyalar bozorini tartibga solishning biror bir mezoni oʻrnatilmaganligiga qaramasdan emitentlar odatda Xalqaro obligatsiyalar birlamchi bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi Xalqaro qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi standartlari va talablari asosida boshqarib boriladi. Mazkur qimmatli qogʻozlarning asosiy savdo markazi tarixan London hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda yevroobligatsiyalar muomalasi Angliya moliya xizmatlari agentligi tomonidan ham tartibga solinadi va bu agentlik tegishli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha talablar bajarilishining qat’iy nazoratini amalga oshiradi. Bunda xalqaro standartlar boʻyicha tuzilgan uch yillik ijobiy auditorlik hisoboti, S&P, Fitch, Moody’s va boshqa yetakchi agentliklarning kredit reytingi majburiy talablar sifatida belgilangan. Shuningdek, kompaniya egalari haqidagi axborotlarning toʻliq ochiqligi, qarz oluvchining asosiy aksiyadorlari pasport nusxasigacha talab qilinadi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish jarayonida yuristlar xizmatlari boʻyicha xarajatlar miqdori 600 mingdan 1 million AQSH dollarigacha tashkil etishi kuzatiladi. Anderrayterning oʻrtacha komissiya haqi esa odatda muomalaga chiqarilgan yevroobligatsiya umumiy summasining 0,5 – 0,7 foizini tashkil etadi.
Yevroobligatsiyalar odatda, London yoki Lyuksemburg fond birjalarida sotiladi. Lekin ular savdosining kattagina qismi birjadan tashqari bozorlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Moliyalashtirish manbasi sifatida yevroobligatsiyalarning asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- jalb qilinadigan mablagʻ miqdorining yuqoriligi (muomalaga chiqarishning oʻrtacha qiymati – 300 million AQSH dollari);
- muomala muddatining uzoqligi (3 yildan – 30 yilgacha); - foiz stavkalarining juda pastligi (yillik 5%);
- ta’minot va garov boʻyicha talablarning mavjud emasligi; - xalqaro miqyosda kredit tarixi yuzaga kelishi.
Qarz mablagʻlari jalb qilishning mazkur instrumenti kamchiliklari sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin:
- axborotlarni oshkor etish boʻyicha qarz oluvchiga nisbatan jiddiy talablarning mavjudligi;
- yevroobligatsiya muomalaga chiqarish jarayonining yuqori miqdorda xarajatlar talab qilishi;
- jahon miqyosidagi yetakchi reyting agentliklarining biridan kredit reytingi olish zarurati;
- qimmatli qogʻozlarni tayyorlash va joylashtirishning koʻp vaqt talab qilishi (4–6 oy);
- valyuta riskining yuzaga kelishi va boshqalar.
Yuqori miqdordagi xarajatlar va koʻp vaqt talab qilishiga qaramasdan 500 million dollarlik yevroobligatsiyani 5 yil muddatga joylashtirish bugungi xalqaro amaliyotda oʻzini oqlamoqda. Bundan tashqari xalqaro bozorlarda IPO oʻtkazish uchun yaxshigina repititsiya vazifasini ham oʻtamoqda.
Bugungi kunda butun jahon iqtisodiyoti xarakteri fond bozorlari orqali gavdalanganligiga shubha yoq. Iqtisodiy jabhalarda moliya bozorlari asosiy o`yinchi vazifasini bajarib beradi. Mamlakat iqtisodiyoti albatta mamlakatda mavjud rezident va norezident sub’yektlarning moliyaviy institutlari va kompaniyalari tomonidan ozuqa oladi. Ushbu sub`yektlar o`z ob’yektlariga qayerdan ozuqa olishini biz bilamiz. Bular: kredit orqali; imtiyozli ssudalar, qimmatli qog`ozlar emissiyasi orli va boshqalar orqali bo`lishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda kompaniyalar kreditlash tamoyilidan ko`ra qimmatli qog`ozlar emissiyasi orqali pul mablag`larini jalb qilish tamoyilini ilgari suradi, ikkila tamoyildaham pul mablag`lari jalb qilish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo qimmatli qog`ozlar orqali pul mablag`lari jalb qilishning o`ziga xos yaxshi jihatlari bor. Bunda eng asosiysi kompaniya IPO/SPO6 lar orqali jahon bozoriga chiqa olishidir, uning statusi keyinchalik ham saqlanib qolishi va o`z manfaati uchun ham bozorda faol ishlaydi. O`z mavqei uchun raqobat qiladi, investorlarni jalb qilish uchun kurashadi. Bu jarayon albatta kompaniya rivojalanishi uchun katta harakat bo`lib xizmat qiladi
O`zbekiston iqtisodiyoti azaldan qishloq xo`jaligiga tayanib kelgani bois fond bozorlari orqali muomala unchalik rivojlanmagan. Bu sohada mamlakat rezidentlari tomonidan ehtiyoj sezilmaydi chunki ular kreditlash orqali, ssuda, subsidiya, jalb qilish orqali cheklanib qolishgan, “Toshkent” RFB da mamlakatning asosan davlat ulushi yuqori bo`lgan tashkilotlarining qimmatli qog`ozlarini ko`rishimiz mumkin, buning zamirida bozor iqtisodiyoti liberalligi ta’minlash, aksiyadorlik jamiyatlarini xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, koorparativ moliyani rivojlantirish, va ularga investitsiya jalb qilib faoliyat ko`lamini rivojlantirish kabi vazifalar yotadi.
Ushbu tashviqot va targ`ibot ishlarini jadallashtirish uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan 07.10.2019 sanada fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi. Bu yig`ilishda quyidagilar muhokama qilingani mavzuga munosib.
Bugungi kunda bu soha 100ga yaqin normativ hujjatlar bilan tartibga solinib, ko`plab cheklovlar o`rnatilgan. Masalan, rivojlangan davlatlarda banklar fond bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi, yurtimizda banklarga boshqa subyektlarning aksiyalarini birlamchi bozorda xarid qilish taqiqlangan.
Davlatimiz rahbari qonun hujjatlarini qayta ko`rib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini taʼkidladi.

  • Jahon amaliyotidan kelib chiqib, kapital bozorida muomalada bo`lgan qimmatli qog`ozlar turlarini ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

  • Qimmatli qog`ozlarga bo`lgan talabni ko`paytirish, xorijiy birja, brokerlar va banklarni mamlakatimiz fond bozoriga jalb qilish choralari muhokama qilindi.

  • Sug`urta kompaniyalariga aktivlarining maʼlum foizini fond bozoriga yo`naltirish, banklarga birlamchi bozorda yuqori likvidli qimmatli qog`ozlarni xarid qilish uchun ruxsat berish masalalari ko`rib chiqildi. 

  • Investorlar va minoritar aktsiyadorlar huquqi himoyasini kuchaytirish, dividendlar to`lash va undirishni takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, xalqaro moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o`tish bo`yicha topshiriq berildi. Soha rivoji mutaxassislar malakasi va aholining bu boradagi savodxonligiga ham bog`liq. Bugungi kunda yurtimizda tegishli malaka guvohnomasiga ega atigi 300 nafar mutaxassis bor. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada minglab kishilar ishlaydi.
Shu bois Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga Toshkent moliya institutining tegishli kafedrasini otaliqqa olgan holda, ilg`or xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish va talabalarni o`qitish vazifasi qo`yildi. 
Fond bozoridagi o`zgarishlar haqida ko`proq axborot berib borish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi deb ma’lumot keltiriladi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti www.president.uz da7.
Albatta bu borada qilishi kerak bo`lgan ishlar talaygina, xususan tahlilchilar kapital bozori o`rni haqida shunday ta’kidlaydi Ayrim tahlilchilarning fikricha, rivojlanayotgan mamlakatlar ko`pincha aynan tan olingan ikkilamchi kapital bozorlarining mavjud emasligi va o`z navbatida, investitsion uzoq muddatli moliyalashtirishning yetishmasligi tufayli industrial hamda iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishadi.
Albatta inkor qilmay ilomiz, biz iqtisodiyotni mexanik tizimda boshqarsak bu jamiyat qatlamlariga o`girlik qiladi, avtomatik tizimda esa iqtisodiyot ancha yengilliklari beradi. Shulardan eng asosiysi bu passiv daromad topishdir. Mexanik tizimda biz doim daromad topish yo`lida harakatda bo`lamiz.
Aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog`ozlarini ivestitsion jozibadorligini susaytiruvchi bir qancha nisbiy faktorlar bor.
Xususan, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar daromadliligining banklardagi axoli uchun ochilgan omonatlarning daromadlilik darajasi nisbatan pastligi. Bu xolat albatta axolining o`z qo`yilmalarini fond bozorida emas, balki banklarda saqlashlariga sabab bo`lmoqda. Shu bilan birga axoli o`z omonatlarini qimmatli qog'ozlarga joylashtirishda ijobiy natijalarga erishilishga to`siq bo`layotgan bir qator omillar ham borki, ular sirasiga qimmatli qog'ozlar bo`yicha etarli axborotga ega emasligi, qimmatli qog'ozlar oldi – sotdi jarayonining murakkabligi, mazkur jarayonga ketadigan xarajatlarning sezilarli ekanligi, investorlar huquqlarini ximoyalashda qonunchilikni takomillashtirish zarurligi va axoli qonuniy – me'yoriy xujjatlar bo`yicha savodxonligining etarli darajada emasligi, professional ishtirokchilar faoliyatining axolini bozorga jalb qilish va o`z maxsulotini taklif etishda faol emasligi.
Qimmatli qog'ozlar bozorining xajmi mamlakat yalpi ichki maxsulotiga nisbatan past ekanligi, ya'ni kapitalizatsiya darajasining nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlar ko`rsatkichlariga nisbatan ham past ekanligi.
Aksionerlik jamiyatlari ikkilamchi bozorda faol emasliklari, kompaniya va ba’zi tashkilotlar o`z mavqe’ini aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirishda bir qancha to`siqlar borligi yoki bu jarayon noommaviy deb tan olinishi va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Ya'ni shu va boshqa omillar ta'sirida axoli o`z jamg'armalarini qimmatli qog'ozlarda emas, balki boshqa vositalarda saqlashni afzal bilmoqda. Bu esa qimmatli qog'ozlar bozorida muxim o`rin tutuvchi qatlamning bozordagi ishtiroki sust bo`lib qolayotganligiga sabab bo`lib qolmoqda.
O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorini turli organlar tomonidan muvofiqlashtirilishi ta’siri. Bu muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishda o'zining institutsional xususiyatlaridan kelib chiqadilar va bu xolat ular faoliyatining ayrim jixatlarida qarama – qarshilik qimmatli qog'ozlar bozori strategik rivojlanishi nuqtai nazaridan samaradorligining past bo'lishiga olib keladi.
Hozirgi kunda jahonda megaregulyatorni joriy qilish jarayoni kechmoqda. Bunda davlat organlarining moliya bozoridagi o'zaro munosabatlarining bir qancha modellari mavjud. Ulardan biri yagona nazorat qiluvchi organning va bozorni normativ regulirovaniyasini amalga oshiruvchi bir – ikki organning mavjud bo'lishi hisoblanadi. Ya’ni bu orqali yagona regulyatorga asos solinadi. Ushbu model orqali Germaniya moliya bozori qurilgan.
O'zbekiston 2030 va 2023 yillarda mos ravishda 555 million dollar va 2 trillion so'mlik ikki transh evro obligatsiyalarini muomalaga chiqardi. Tashkilotchilar ularni yillik 4,25% va 15,25% rentabellikga yo'naltirdilar, ammo obuna paytida u kamaytirildi. Moliya vazirligi, shuningdek, evrobondlarni joylashtirishdan tushadigan mablag 'qaerga ketishini ma'lum qildi.
O'zbekiston Moliya vazirligi London fond birjasida umumiy qiymati 750 million dollar bo'lgan ikkita suveren xalqaro obligatsiyalarni (evrobondlar) joylashtirdi, deb xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Dastlab nashr tashkilotchilari evrobondlarni yillik 4,25% va 15,25% rentabellik bilan nishonga olishgan, ammo obuna paytida u pasaygan.
London vaqti bilan soat 9:00da buyurtma kitobi ochiq deb e'lon qilindi. Ikki soat ichida evrobondlarga dollar va so'mda arizalar hajmi mos ravishda 1,6 milliard dollar va 1,9 trillion so'mni tashkil etdi.
«Shakllangan buyurtmalar hajmi va anderrayter-moliyaviy maslahatchilar tahliliga asoslanib, London vaqti bilan soat 13:00da dollar va so'mdagi obligatsiyalar bo'yicha foiz stavkalari mos ravishda 3,875% va 14,75% gacha tushirildi. AQSh bozorlari ochilishi bilan buyurtmalar o'sishda davom etdi va maksimal ravishda 3,8 milliard dollar va 5 trillion so'mni tashkil etdi, bu esa foizlarni yana pasaytirish imkoniyatini yaratdi », - deyiladi xabarda.
Kim oshdi savdosi natijasida yiliga 3,7% daromad bilan 555 million dollarlik dollarlik transh 10 yil muddatga chiqarildi (muddati 2030 yil 25-noyabrgacha). 3 trillion (2023 yil 25-noyabr) yiliga 14,5% daromad bilan 2 trillion so`mlik qimmatli qog`ozlar joylashtirildi8
Xalqaro obligatsiyalarni milliy valyutada chiqarish valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qiladi va kelajakda xalqaro sarmoyadorlarni ichki moliya bozoriga, shu jumladan hukumat g'aznachilik obligatsiyalari bozoriga jalb qilishga asos yaratadi, deb hisoblaydi Moliya vazirligi.
«Xalqaro moliya bozorlarida O'zbekiston tarixida birinchi marta milliy valyutadagi 2 trillion so'mlik suveren obligatsiyalar joylashtirildi. Ushbu yutuq o'zbek so'mining moliya bozorlarida o'z o'rnini topishi uchun dadil qadam bo'lsin », - deb yozdi moliya vaziri Timur Ishmetov tvitterda.
Yevrobondlarni joylashtirish mablag'lari byudjet kamomadini qoplashga, shuningdek 2021 yilda O'zbekistonni barqaror rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan qator loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.
O'tgan yilning fevral oyida O'zbekiston o'z tarixida birinchi bo'lib 5 milliard dollarlik 5 va 10 yillik evrobondlarni joylashtirdi. Sotish London fond birjasida ham bo'lib o'tdi, emissiya har biri 500 million AQSh dollarini tashkil etadigan 2024 va 2029 yillarda va yillik 4,75% va 5,375% rentabellik bilan ikkita transhga bo'lingan. Moliya vazirligining ta'kidlashicha, o'shanda savdolar ochilgandan so'ng buyurtmalar hajmi (talab) 8,5 milliard dollardan oshgan, O'zbekiston esa 1 milliard dollardan oshmagan.
Keyin joylashtirishdan olingan mablag'lar tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga, shuningdek "Agrobank" ga qarz sifatida va Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarz sifatida yo'naltirildi.
Yevrobondlar - bu emitent uchun chet el valyutasida ko'rsatilgan uzoq muddatli qimmatli qog'ozlar. Yevrobondlarni xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, yirik korporatsiyalar tomonidan uzoq muddatli - 1 yoshdan 40 yoshgacha mablag 'olishga qiziqqan shaxslar chiqaradi. Muayyan vaqtdan keyin sotib olish amalga oshirilishi kerak. "Yevro" prefiksiga qaramay (birinchi bunday qimmatli qog'ozlar Yevropada paydo bo'lgan), bugungi kunda ular turli xil valyutalarda turli bozorlarda chiqarilmoqda.
Viloyatlar kesimida 2020 yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishining eng yuqori dinamikasi Namangan (1,6 barobar), Toshkent (1,6 barobar), Qashqadaryo (1,5 barobar) va Sirdaryo (1,4 barobar) viloyatlarida kuzatildi.
Quyidagi grafikdan ko’rinib turibdi-ki, 2020-yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmining o’tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 89,8 % ni tashkil etdi.




Download 482,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish