Konlarda olib borilgan tajriba ma‘lumotlari qatlamga repressiya bosimida yon
stvollarda mahsuldor qatlamlarni gorizontal stvollar bilan ochishda biopolimerli
eritmalardan foydalanilganda mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasini yuqori
samarada saqlanganligi ko‗rsatadi [8].
«Surgutneftegaz» OAJdagi konlarda olib borilgan tajriba
ishlari biopolimerli
eritmalardan foydalanib yon stvollarni gorizontal tugallab mahsuldor qatlamlarni
ochish ishlari bu eritmani yuqori samarali ekanligini tasdiqlaydi. Biopolimerli
eritmalarni qo‗llab olingan natijalar mahsuldor qatlamni polimer-loyli eritmalar bilan
ochilgan yon stvolli gorizontal tugallangan quduqlardagi samaraga nisbatan 1,5- 2,0
marta yuqori ekanligini ko‗rsatadi [19].
IKF fiomasining va «SurgutNIPIneft». Institutining biopolimerli
eritmalari
ko‗p qo‗llanilmoqda. Shunday qilib yon stvolli gorizontal tugallangan quduqlarni
burg‗ilashda biopolimerli eritmalar qo‗llanilganda
yuqori samaraga ekanligini
ko‗rsatadi va hozirgi vatqda gorizontal tugallashda keng foydalanilmoqdi.
Quduqlarni yon stvollarini burg‗ilab gorizontal tugallashda nomustahkam
bo‗lgan loyli yotqiziqlarni burg‗ilash sharoitida yon stvolning trayektoriyasini yuqori
jadallikda burg‗ilashda ayniqsa, gorizontal yo‗nalishga o‗tishda murakkabliklar sodir
bo‗lishi mumkin.
Xuddi shunga o‗xshash geologik tuzilishga ega bo‗lgan konning uyumlarida
gorizontal stvolni burg‗ilashda mahsuldor qatlamni ochishdan oldin nomustahkam
bo‗lgan tog‗ jinslari izolyatsiya qilinadi ya‘ni, gorizontal stvol bilan ochiladigan
yuqorida joylashgan nomustahkam bo‗lgan tog‗ jinsiga ta‘sir
etish jarayoni
chegaralanadi.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga muvofiq yon stvollarni burg‗ilash ilgari
burg‗ilangan aniq diametrdagi ishlatish kolonnasi bilan mustahkamlangan (masalan
respublikamizda burg‗ilangan aksariyat quduqlarning ishlatish kolonnasi 146 mm.li
diametr bilan tugallangan) quduqlarda burg‗ilanganda mahsuldor qatlamlarni
ochishdan oldin mustahkamlash kolonnasi bilan nomustahkam gorizontal stvol
uchastkasi diametrining kichrayishi sababli, tog‗ jinslarini
izolyatsiya qilish juda
qiyin.
119
Bunday sharoitda yon stvollarni gorizontal uchastkasini burg‗ilashda
burg‗ilash eritmalariga yuqori talablar qo‗yiladi. Gorizontal trayektoriya bo‗yicha
mahsuldor qatlamga kirishda katta egilish burchaklarini olish bilan bog‗liq holda yon
stvollorni to‗qilishi, tog‗ jinslarini nurab ketishini oldini olish uchun burg‗ilash
eritmasining zichligi oshiriladi. Ayniqsa, bu mahsuldor qatlamning oldida
nomustahkam tog‗ jinslari uchraganda, burg‗ilash eritmasining zichligi oshirilganda
qatlamga beriladigan repressiya bosimini oshishga olib keladi natijada, mahsuldor
qatlamning o‗tkazuvchanligini pasaytiradi va ochishda esa eritmalarni qatlamga
yutilishga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga muvofiq nomustahkam bo‗lgan
loyli yotqiziqlarning
mustahkamligi ta‘minlash va mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xossalarini saqlab
qolish uchun burg‗ilash eritmasining minimal zichligining retsepturasini tanlash
asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Loyli tog‗ jinslarining to‗qilishi va nurab
ketishini oldini olishda har xil geologik sharoitdan kelib chiqqan holda burg‗ilash
eritmasining turini, uning tarkibini va xossalarini to‗g‗ri tanlash burg‗ilash
jarayonining muvaffaqiyati amalga oshirilishini ta‘minlaydi.
Loyni burg‗ilash eritmalari bilan fizik-kimyoviy o‗zaro ta‘sir qilish jarayoni
loyli mineralli kristallarni gidratatsiyalanish va mikroyoriqlarda bo‗kish jarayonlarini
boshlanishi hisoblanadi [44]. Loylarni bo‗kish jarayonini bostirish jarayoni fizik-
kimyoviy usulda amalga oshiriladi va ingibirlash jarayoni deb ataladi.
Loyli tog‗ jinslarini gidratatsiyasini va yumshashini
oldini olish uchun
burg‗ilash eritmasining filtrati ingibirlash xossalariga ega bo‗lishi kerak. Reagentlarni
va burg‗ilash eritmalarini ingibirlash xossalariga baho berishda har xil usullar
mavjud, loyli tog‗ jinslarining hajmini har xil muhitlar (bo‗kishi) bilan o‗zaro
reaksiyaga kirishganda uning xususiyatini o‗zgarishiga tayaniladi. Eng yaxshi
ingibitor kaliy xlorid (KCl) hisoblanadi. Masalan, biopolimerning ingibirlash
tarkibiga KCl va NAOH lar kiradi hamda unga ingibirlash xossasini beradi [10].
Bunda ko‗rsatib o‗tishimiz zarurki, kaliy ionlari boshqa kationlar bilan
taqqoslanganda muhim ingibirlash ta‘sir etish xossasiga ega.
Kaliy ionlari amalda
gidratlanmaydi, shuning hisobiga u loyli yuzalarni ishonchli koagulyatsiya qilishga
erishadi. Ikkinchidan kaliy kationining eng kichik o‗lchamlari loyli kristall
panjarisining eng muhim joylariga kirib boradi va loyli yuzalarni salbiy zaryadlar
bilan neytrallashtiradi [8].
Bunday kimyoviy o‗zaro reaksiyalanish natijasida loyning minerologik
tabiatida o‗zgarish sodir bo‗ladi ya‘ni, suvni sezuvchan minerallarga aylanadi –
yaxshi kristallangan gidro-ilviraga aylanadi. Bu
jaaryon amalaiyotda qaytmas
jarayoni hisoblanadi.
Geologik ma‘lumotlarning mavjudligi asosida potensial nomustahkam loyli
oraliq qirqimlarida yon stvollarni burg‗ilashda burg‗ilash eritmalarini turlarini to‗g‗ri
tanlash zarur va uning ingibirlash faolligi shu tog‗ jinsi uchun yetarli bo‗lishi kerak.
Bunday retsepturani ishlash jarayonida uning eritmasiga ingibirlash xossalari
beriladi qaysiki, u burg‗ilash eritmalarining filtratlarini tog‗ jinsiga singib ketganda
ham loyli yotqiziqlarni mustahkamligini ta‘minlashi zarur.
Buning uchun oldindan burg‗ilash eritmalarini filtratlarini tog‗ jinsining
mustahkamligiga ta‘sir qilishi laboratoriya sharoitida tadqiqot qilinadi. Shunday qilib,
yon stvollar gorizontal tugallanganda va mahsuldor qatlamlarni ochishdan oldin loyli
nomustahkam tog‗ jinslari mavjud bo‗lganda, ingibirlashgan burg‗ilash eritmalari
qo‗llaniladi qaysiki, filtratlar loyli yotqiziqning oralig‗idagi quduq devorining
mustahkamligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi, mahsuldor qatlam oralig‗ida eritma
uning kollektor xossalarini saqlashni ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: