3.4.Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan ochish
Gorizontal quduqlarda mahsuldor qatlamlarni ochishda (GQ) tik va qiya-
yo‗naltirilgan quduqlardan farqli ravishda mahsuldor qatlamni gorizontal stvol bilan
burg‗ilash xususiyatlari hisobga olinadi.
Mahsuldor uyumlarni gorizontal quduqlar bilan ochishning xususiyatlari:
113
-gorizontal stvolni katta uzunlikda mahsuldor qatlamni yuvish va tushirish-
ko‗tarish operatsiyalari orqali burg‗ilash;
-ruxsat etilgan silindrga tushish va gorizontal uchastka koridori bo‗yicha
burg‗ilashning murakkabligi;
-gorizontal holatda burg‗ilash asboblari joylashganda murakkabliklarning
paydo bo‗lish ehtimolligi.
Gorizontal quduqlar yordamida mahsuldor qatlamlarni burg‗ilab ochishda
asosiy masala – burg‗ilash jarayonida gorizontal stvolni loyihaviy trayektoriyasini
amalga oshirish hisoblanadi. Mahsuldor qatlamni gorizontal stvol bilan ochishning
boshida ruxsat etilgan silindrga to‗g‗ri kirish hisoblanadi. Silindrga kirish ruxsati
deganda – gorizontal uchastkaning boshlanishiga kirish hisoblanadi. Silindrning
diametri – bu konda neftgazli uyumning ishlash sxemasiga mos ravishda qatlamga
quduqning aylanasiga kirish uchun ruxsat (qiya –yo‗naltirilgan quduqlarda ham
shunga o‗xshash), silindrning balandligi – mahsuldor qatlam bo‗yicha gorizontal
uchastkaning o‗tish karidori hisoblanadi.
Gorizontal stvolni katta uzunlikda burg‗ilash jarayonida burg‗ilash quvurlari va
ishqalanish kuchi ta‘sirida katta yuklanmalarning paydo bo‗lishini hisobga olib
burg‗iga beriladigan yukni shu sharoitga mos holda hosil qilish kerak. Shuning uchun
gorizontal stvolning uzunligi 300 m va undan katta uzunlikda burg‗ilanganda
burg‗ilash qurilmasi quduq ustidagi yuqori uzatma bilan jihozlanadi.
Gorizontal quduqlar bilan mahsuldor qatlamlarni ochishda quyidagi
murakkabliklarning paydo bo‗lish ehtimolligi mavjud:
gorizontal uchastkadan quyqumlarni olib chiqishning murakkabligi sababli
uning evaziga burg‗ilash asboblarining qisilib qolishi;
ishqalanish kuchining katta qiymatga ega bo‗lganligi uchun burg‗ilash jihozlari
tez yemiriladi va nosoz holatning kelib chiqish ehtimolligi;
gorizontal stvolda quduq devorining nomustahkamligi tufayli murakkabliklarni
paydo bo‗lishi;
gorizontal stvol suvneft yoki gazneft kontaktlariga tushganda texnologik
burg‗ilashning buzilishi, uyumning geologik qirqimini loyihaga mos kelmasligi
tufayli.
Gorizontal quduqlarni burg‗ilashda yuvuvchi suyuqliklarga quyiladigan asosiy
talablar:
-quduq stvolini quyqumlardan samarali tozalaydigan hamda burg‗ilash
asboblarini qisilib qolishini oldini olish ehtimolligi;
-mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasini maksimal saqlash;
-quduq stvolining mustahkamligini saqlash;
-burg‗ilash asboblari harakatlanganda ishqalanish kuchlarini kamaytirish.
Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan qatlamni repressiyada
ochishda
biopolimerli
eritmalardan
samarali
foydalaniladi.
Biopolimerili
eritmalarning yutuqlariga mahsuldor qatlamlarni ochishda kollektorlik xossalarini
maksimal darajada saqlash va yuqori psevdoplastik xossasiga ega ekanligi gorizontal
stvoldan quyqumlarni olib chiqishni va murakkabliklarni oldini olishni ta‘minlaydi.
Biopolimerli eritmalar laboratoriyada tadqiqotlanganda kern namunalariga
ta‘sir qilgandan keyin o‗tkazuvchanlik koeffitsiyentining tiklanishi aniqlangan.
Xuddi, shunga o‗xshash tadqiqot FDES-650Z qurilmasida termobarik sharoitda
amalga oshirilganda biopolimerli va polimergli-loyli burg‗ilash eritmalari past
o‗tkazuvchan kern namunalariga ta‘sir qilganda biopolimerli eritmalarning
afzalliklari tasdiqlangan. Biopolimerli eritma ta‘sir qilgandan keyin kern
namunasining o‗tkazuvchanligining tiklanishi 87 %, polimergli - loyli eritma ta‘sir
qilganda – 63%ni tashkil qilgan [13]..
Biopolimerli eritmalar yordamida yuqori o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan
qatlamlar tekshirilganda ham ularning o‗tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham
tiklanganligi tasdiqlangan.
Sanoatda mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar yordamida ochishda
biopolimerli eritmalardan foydalanilganda mahsuldor qatlamlarning kollektorlik
xossalari yuqori ko‗rsatgichda saqlanganligi natijasida quduq qurilishining texnik-
iqtisodiy ko‗rsatgichi oshgan va ishlatishga topshirish muddati qisqargan[26].
115
Aniq geologik sharoitda gorizontal quduqlar yordamida mahsuldor qatlamlarni
ochishda qatlamga depressiya hamda qatlam va quduq tubining bosimini tengligida
qatlamlarni ochish usuli samarali hisoblanadi. Bunda mahsuldor qatlamlarni
qatlamga depressiya sharoitida ochish jarayonida asosan uglevodorod asosli eritmalar
qo‗llaniladi. Sanoat miqyosidagi tajribalardan mahsuldor qatlamlarni gorizontal
quduqlar yordamida qatlamga depressiya sharoitida ochish yuqori texnik-iqtisodiy
samaradorlikka eka ekanligini ko‗rsatadi chunki, quduq ishlatishga topshirilganda
debiti qatlamga repressiyada ochilgan mahsuldor qatlamlarga nisbatan debitini bir
necha marta yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
Yuqorida mulohazalangan fikrlardan gorizontal quduqlar bilan ochilgan
quduqlarning debitining yuqoriligiga sabab har xil burg‗ilash eritmalari
qo‗llanilganda ham kollektorlik xossaldari saqlanib qolganda debiti yuqori bo‗ladi.
Kollektorlik xossalarini maksimal darajada saqlanishini ta‘minlash maqsadida
mahsuldor qatlamlarni ochishda mahsuldor qatlamlarni ochishdan oldin undan
yuqorida joylashgan tog‗ jinslarini izolyatsiya qilish uchun mahsuldor qatlamning
shipigacha kolonna tushiriladi va ishlatish kolonnasi sementlanadi. Bunda mahsuldor
qatlamlarni ochishdan oldin burg‗ilangan tog‗ jinslarida mumkin bo‗lgan
murakkabliklarning oldi olinadi.
Gorizontal stvolni burg‗ilashdan oldin yuqorida joylashgan burg‗ilangan tog‗
jinslarida murakkabliklar sodir bo‗lganda burg‗ilash eritmasining zichligini oshishi,
uning tarkibini o‗zgarishi mahsuldor qatlamni sifatli ochishda salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Shu bilan bir qatorda yuqorida joylashgan tog‗ jinslari mahsuldor qatlamlarni
gorizontal quduqlar bilan sifatli ochish maqsadida maxsus burg‗ilash eritmalarini
qo‗llashda qulay sharoitni paydo qiladi.
Konda oldindan rejalashtirilgan gorizontal stvollar bilan mahsuldor qatlam
uyumi uchastkasining geologik qirqimini aniqlashtirish maqsadida quduqning
qurilish jarayonida gorizontal quduqni burg‗ilashdan oldin pilotli stvolni burg‗ilash
amalga oshiriladi.
Mahsuldor qatlamning geologik ma‘lumotlari bo‗yicha pilot stvol burg‗ilangan
oraliqda geologik qirqim aniqlashtiriladi va zaruriy holatda loyihaviy geologik
qirqim ma‘lumotlari o‗zgartiriladi va quduqning gorizontal trayektoriyasi
korrektirovka qilinadi.
Mahsuldor qatlamning koridorida gorizontal stvolning trayektoriyasini o‗tishda
zamonaviy usullarni amalga oshirish orqali nazorat qilinadi. Bunda haqiqiy
loyihaning geologik qirqimiga mos holda quduq devorining mustahkamligi, qatlam
va quduq tubi bosimining holati hamda burg‗ilash rejimi mahsuldor qatlamni
gorizontal stvol bilan ochish jarayonini aniq vaqt rejimida kuzatish hisoblanadi.
Masalan, mahsuldor qatlamni gorizontal stvol bilan ochish jarayonini aniq vaqt
rejimida nazorat qilishda «Shlyumberje» kompaniyasining texnologiyasini keltirsak,
u jahon amaliyotida ayniqsa, dengizda burg‗ilashda keng qo‗llanilgan.
Burg‗ilash jarayonida mahsuldor qatlamni chegarasini aniqlash uchun
PeriScope (Schlumberger) geonavigatsiya asboblaridan foydalaniladi qaysiki,
quduqni qazishni optimallashtirish va u mahsuldor qatlamning burg‗ilanadigan
oralig‗ining xossasiga baho berish imkonini beradi.
Burchakning 360°C dagi kengligida va katta chuqur tadqiqotlash quduqning
stvolidan 6,4 m.gacha masofada burg‗ilash jarayonida qatlamlarning chegaralarini va
flyuidlarni aniqlashtirish, suvneft kontaktini aniqlash va qochish, pilot stvolni
burg‗ilamasdan mahsuldor qatlamning modelini aniqlash imkoniyatini beradi.
Bu tizim yordamida mahsuldor qatlamning chegarasini va suvneft kontaktini
aniqlashtirish quduqning stvolini kollektor chegarasida ushlab turish imkoniyatini
beradi va natijada debitni va neftni olish koeffitsiyentini oshiradi. Umuman olganda
bu texnologiya qo‗llanilganda tavvakalchilikdan kechilganda burg‗ilashga bog‗liq va
pilot stvolning zaruratining mavjud emasligi burg‗ilashdagi xarajatlarni qisqartiradi.
Gorizontal quduq stvolining nomustahkamligi muammolarni hal qilish uchun
tog‗ jinsi qirqimlarida mavjud yuvilishga moyil va kovaklar shakllanganda burg‗ilash
eritmasini yutilishi evaziga sodir bo‗ladigan yutilishlarni oldini olishda
StethoScopkompaniyasining «Shlyumberje» asboblari qo‗llaniladi. Bu asbob
yordamida burg‗ilash jarayonida karotaj qilish amalga oshiriladi ya‘ni, quduq tubi va
burg‗ilash rejimida bosimlar o‗lchanadi. Bunda ko‗p funksiyali asbob EcoScope
qo‗llaniladi va to‗liq petrofizik tahlilni uning yordamida zamonaviy ta‘minlash
117
programmasi yordamida ma‘lumotlarni uzatish va burg‗ilash jarayonidagi quduq
stvolining oldindan qurilgan modelining mustahkamligini yangilash amalga
oshiriladi.
Quduq stvolining haqiqiy holati model bilan taqqoslanadi va zarur bo‗lganda
haqiqiy holatiga mos holga keltirish uchun o‗zgartirish kiritiladi. Real vaqt rejimida
yangilangan modeli evaziga quduq stvolini mustahkamligini yo‗qotilishi
aniqlashtiriladi.
Aniq vaqt rejimida quduqning stvolini mustahkamligini prognoz qilish va
nazorati gorizontal stvolning mustahkam trayektoriyasini loyihalashda qobul qilinadi.
Shu bilan burg‗ilash eritmasining optimal zichligi, eritmaning ruxsat etilgan
ekvivalent chegarasi va burg‗ilash jarayonining parametrlarini optimallashtirish
amalga oshiriladi.
Murakkab geologik sharoitda qurilgan gorizontal quduqlarning kon tajribalari
geologik sabablar bo‗yicha uyumning mahsuldor qismidan gorizontal stvolni o‗tish
ba‘zida mahsuldor bo‗lmagan qismidan chiqib ketgan holatlari ham uchraydi hamda
suvneft kontaktiga kirish natijada murakkabliklarni bartaraflash yoki burg‗ilangan
gorizontal stvolni batomom tugatishga olib kelgan [33].
Haqiqiy vaqt rejimida gorizontal stvol bilan mahsuldor qatlamni ochish ba‘zida
qurilish samaradorligini katta qiymatga oshirish va gorizontal quduqni ishlatishga
topshirishga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |