Mahsuldor qatlamni ochish jarayonida ayniqsa, katta chuqurlikda bosimlar
farqini 10 MPa.gacha yetishini va undan katta bo‗lganda ruxsat burg‗ilashni davom
ettirish mumkin emas.
Qaysiki, mahsuldor qatlamning bosimi gidrostatik bosimdan kichik bo‗lganda
ochish jarayonida loyli eritmalarni qo‗llash umuman mumkin emas. Bunday
sharoitda kollektorlik xossasi shunchalik darajada yomonlashadiki,
quduqning
mahsuldorligi bir necha barobar kamayib ketadi.
Umuman olganda quduq inshootini qurilishida ikkita mustaqil tugallangan
bo‗limlar qo‗shilgan bo‗ladi:
1) mahsuldor qatlamni shipigacha quduqni burg‗ilash;
2)mahsuldor qatlamni ochish, ishlatish kolonnasini sementlash, perforatsiya
qilish va o‗zlashtirish.
Loyihaning ikkinchi bo‗limida mahsuldor qatlamni
ochish va neftgazlilik
qatlamlarini o‗zlashtirish jarayonlaridagi quyidagi masalalar o‗rganilgan bo‗lishi
shart:
1)qatlamning tabiiy o‗tkazuvchanligini saqlashga imkoniyat beradigan
burg‗ilash eritmasining turini tanlash;
2) kollektorning fizik xossasini va uning moddali tarkibini o‗rganish;
3)suvneft, gazsuv va gazneft kontaktlarining holatini aniqlash;
4)mahsuldor
qatlamning
qirqim
qismida
mahsuldor
qatlamni
va
qatlamchalarning sinash tartibini aniqlash;
5)mahsuldor qirqim qismidagi alohida qatlamlarni va qatlamchalarni mumkin
bo‗lgan neftberaoluvchanligini o‗rganish;
6) obektni ishlatishga ajratish.
Mahsuldor qatlamning geologik – fizik xossasi quduqning stvolini oxirgi
chuqurligigachi va mahsuldor qatlamning yotish chuqurligigacha bir xil burg‗ilash
eritmasidan foydalanib burg‗ilashni davom ettirish mumkin bo‗lganda ishlatish
kolonnasi quduqning tubigacha tushiriladi.
Agar burg‗ilash eritmasi quduqning stvolini burg‗ilashda
muvaffaqiyatli
foydalanilganda, kollektorning o‗tkazuvchanligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi hamda
143
kolonna mahsuldor qatlamning shipigacha tushiriladi va uni ochish uchun boshqa
turdagi burg‗ilash eritmasi qo‗llaniladi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda kollektorning geologik - fizik xossalarini
hisobga olib har xil burg‗ilash eritmalarini navbatdagi zonasida qo‗llanilishi uchun
tavsiya qilinadi.
Agar qatlamning bosimi gidrostatik bosimdan yuqori bo‗lsa, kollektor past
o‗tkazuvchanlikni tavsiflaydi va tarkibida bo‗kuvchi
loyli zarrachalar mavjud,
mahsuldor qatlamni ochishda neftli asosli og‗irlashtirilgan eritmalarning qo‗llanilishi
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Agar kollektorning tarkibida bo‗kuvchi loyli zarralar bo‗lmaganda va yuqori
o‗tkazuvchanlikni tavsiflaganda maxsus SFMlardan qo‗shib suvli asosli
og‗irlashtirilgan eritmalarni qo‗llash mumkin. Bunda og‗irlashtirgichlar kislotalarda
erishi shart.
Agar qatlam bosimi gidrostatik bosimga teng bo‗lganda kollektor past
o‗tkazuvchanlikni tavsiflaganda va tarkibida bo‗kuvchi
loyli zarralar mavjud emas,
unda neftli asosli burg‗ilash eritmalarini qo‗llash mumkin. Kollektorda bo‗kuvchi
loyli zarralar bo‗lmaganda, o‗tkazuvchanlik yuqori yoki o‗rtacha qiymatga ega, unda
suv asosidagi SFMli qo‗shmali suvli asosdagi loysiz bo‗rg‗ilash eritmasini qo‗llash
mumkin.
Xulosa
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish jarayonlarining ketma-ketligi batafsil
keltirilgan bo‗lib, mahsuldor qatlamni ochishda kollektorlarni ifloslantirmaslik uchun
burg‗ilash eritmalarining tarkibini ilmiy jihatdan asoslash zarurligi ko‗rsatib berilgan.
Konlarda quduqlarni ishlatish jarayonlarida kollektor kanallarining berkilib
qolishi va ularni beraoluvchanlik xususiyatlariga salbiy ta‘sir etishi amaliy
ma‘lumotlar bilan boyitilgan. Ko‗pgina amaliy va ilmiy ma‘lumotlar o‗rganilganda
kollektorlarni tabiiy xossalariga burg‗ilash eritmalari va sementlash jarayonida
tamponaj aralashmalarini salbiy ta‘sir qilishi asoslangan
va ularni tarkibini ilmiy
jihatdan ishlab chiqishni o‗rganish ko‗rsatib o‗tilgan.
Mahsuldor qatlamni kafolatli ishlatilishini ta‘minlash bo‗yicha bir qator quduq
tubi konstruksiyalari keltirilgan va qatlamni joylashuv xususiyatiga mosligi
asoslangan hamda ularni turini tanlash bo‗yicha amaliy misollar keltirilgan.
Mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishni samaradorligi ta‘minlash uchun
ko‗rsatmalar keltirilgan bo‗lib, yangi texnologiya va texnikalarni qo‗llash bo‗yicha
mulohazali fikrlar bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: