145
IV-bob. MAHSULDOR QATLAMLARNI OCHISHDA QO„LLANILADIGAN
ERITMALAR
4.1. Burg„ilash jarayonida qatlamdagi g„ovakliklarni burg„ilash
aralashmasining qattiq fazasi bilan berkilib qolish holatlari
G‗arbiy O‗zbekistonning ko‗pgina neft va neftgazli konlarining mahsuldor
qism tuzosti karbonat kollektorlari bilan qirqilgan. Mahsuldor
qatlakmlarni ochishdan
oldin o‗rtacha 300-500 m qalinligidagi tuzli yotqiziqlarni va 14-20 m oralig‗idagi
angidritli yotqiziqlarni burg‗ilab o‗tishda burg‗ilash eritmalarini og‗irlashtirishga
to‗g‗ri keladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarning tasdig‗i sifatida P.M.Usmonovning [6]
19 ta konni va Buxoro – Xiva maydonidagi 5 ta neftgaz oblastida tadqiqotlar olib
borgan va ular tahlil qilingan. Quduq tubida qatlamga qo‗shimcha ishlov berish
natijasida sanoat oqimlari tiklangan.
Shuning uchun mahsuldor qatlamning kollektorlarini
berkilib qolishi
mexanizmini o‗rganish va mahsuldor qatlamni ochish davrida o‗tkazuvchanligini
maksimal saqlab qolish yo‗llarini tadqiqotlash bilan ko‗pgina olimlar va
mutaxassislar shug‗ullanishgan [7, 8,17,19, 35, 38 va boshqalar].
Xorijiy va MDH davlatlarining mutaxassislarining nazariy, laboratoriya va kon
tadqiqoti natijalari bo‗yicha qatlamning tabiiy o‗tkazuvchanlik darajalarini fizik-
kimyoviy, minerallarning granulometrik tarkibi, qatlamning flyuidi, turi va yuvuvchi
suyuqlikning
parametrlariga, bosimlar farqiga bog‗liqligi o‗rnatilgan [11,12,18,35,
39,41,43,44,48 va boshqalar].
Burg‗ilash eritmalarini tarkibida shunday materiallar mavjudligi g‗ovakliklarni
potensial bekitib qo‗yadi: loylar, burg‗ilangan tog‗ jinslari, og‗irlashtiruvchi
reagentlar va suv beruvchanlikni pasaytiruvchi reagentlar. Bunday materiallar
mahsuldor
qatlamga
tushib
qolganda
asta-sekin
butunlay
kollektorning
g‗ovakliklarini to‗ldirib qo‗yadi. Har qanday urinishlar qazib olishni yangilash yoki
o‗lgan yoki yuqori sarfda tugallashda bunday materiallarning cho‗kindilarini
paydo
bo‗lishiga olib keladi va quduq stvoli atrofida o‗tkazuvchanlikni pasaytirib yuboradi.
Kolmatatsiya bo‗ladigan zonalarning chuqurligi o‗rtacha 7’8 m atrofida bo‗lib,
o‗tkazuvchanlikni 90% gacha pasaytirishga erishadi.
Burg‗ilash eritmalarining qattiq fazalari qatlam tog‗ jinsiga sizilib kiradi va
quyidagicha ta‘sir qiladi:
- qatlam tog‗ jinsining g‗ovakliklarini diametri katta bo‗lganda;
- kollektorda yoriqlarning mavjudligi va tabiiy uzilishlar bo‗lganda;
- burg‗ilash aralashmalarining qattiq komponentlarining zarrachalarining
o‗lchamlari juda kichik bo‗lganda (og‗irlashtirilgan
reagentlar va materiallar,
burg‗ilash aralashmasini suv beruvchanligini pasaytirgichlar, burg‗ilash burg‗ilari
bilan maydalangan kichik o‗lchamdagi zarrachalar);
- mexanik o‗tish tezligi juda kichik bo‗lganda loyli qobiqlarning parchalanishi
evaziga (burg‗ilash eritmasini yutilishi ko‗chayganda) va burg‗ilash aralashmalari
uzoq vaqt qatlam bilan kontaktda bo‗lganda;
- burg‗ilash aralashmasining sirkulyasiya tezligi katta bo‗lganda (loyli qobiqlar
erroziyaga uchraganda);
- burg‗ilash aralashmasining zichligi katta bo‗lganda,
bosimlar farqi paydo
bo‗lganda;
- loyli qobiqlarni to‗planishi tufayli bosimni to‗lqinli ko‗tarilishi va qatlam
kontakt vaqtini oshishi hamda burg‗ini tushirish-ko‗tarish jarayonida burg‗ilash
aralashmalari bilan ko‗proq kontaktlashuvi.
Burg‗ilash suyuqliklari sifatida namokoblar va boshqa tizimlardan
foydalanilganda, tarkibida qattiq materiallarning mikrozarrachalari bo‗lmaydi,
natijada qatlamga mayda dispersli materiallarni minimum siqilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: