3.8.Burg„ilash eritmasining tarkibiga bog„liq holda mahsuldor qatlamlarni
ochishdagi samaralar
Neft va gaz konlarida mahsuldor qatlamlarni ochishda granullangan, yoriqli va
aralash turdagi qatlamlarni ochishga to‗g‗ri keladi. Filtratsiya kanallarining
o‗lchamlari mikronning bir ulushidan bir necha santimetrgacha (kovaklar va yoriqlar)
oraliqlarda o‗zgaradi. Tog‗ jinsi kollektorlarining minerologik tarkibi har xil
shakllidir – kvarsli va polimiktiv qumoqtoshlar, alevrolitlar, argillitlar, karbonatli tog‗
jinslaridan tashkil topgan. Ba‘zi bir minerallar burg‗ilash eritmalari bilan reaksiyaga
kirishganda filtratsiya kanallarining parametrlari o‗zgaradi.
Neftgazlilik qatlamlarining tarkibida hamma vaqt har xil moddalarga to‗yingan
suvlar mavjud bo‗ladi ya‘ni, bu suvlar burg‗ilash eritmasi bilan osongina
reaksiyalanganda cho‗kmalar paydo bo‗ladi va natijada ular salbiy ta‘sir qilganda
filtratsiya kanallarini berkitib qo‗yadi. Mahsuldor qatlamlar birinchi marta izlov-
qidiruv quduqlarini burg‗ilash jarayonini olib borishda ochiladi ya‘ni, burg‗ilanib
ishlatish jarayoniga uyumlarni kiritishda. Bunda asosan suvli asosdagi loyli
burg‗ilash (baritli, gematitli normal zichlikdagi yoki bur bilan og‗irlashtirilgan)
eritmalari qo‗llaniladi.
Qatlamdagi bosim gidrostatik bosimga yoki undan past bo‗lganda mahsuldor
qatlamlarni ochishda ρ = 1150...1250 kg/m3 zichlikdagi loyli eritmalar qo‗llaniladi,
bosim gidrostatik bosimdan yuqori bo‗lganda bur bilan og‗irlashtirilgan ( ρ =
1440...1450 kg/m3) loyli eritmalar, baritli va gematitli ( ρ = 1800...2200 kg/m3)
eritmalar qo‗llaniladi. Bir xil loyli eritmalar – qumoqtoshlar, alevrolitlar, har xil
tarkibli, tuzilishli va tuzilmali, tarkibi va turi sementlangan moddalar, sortirovka
qilingan va maydalangan materiallarning qirralari ishlangan va boshqa xossalari,
xuddi shu turdagi salbiy ta‘sir qiluvchi hajmiy va filtratsiya xossalariga qarab har xil
qatlamlarni – kollektorlarni ochishda qo‗llaniladi.
131
Loyli eritmalarni qo‗llab karbonat kollektorlari va boshqa yoriqli turdagi
kollektorlar ochiladi. Karbonatli tog‗ jinslarida faqat granulli va yoriqli turdagi
g‗ovakliklarning tuzilmasidan karsli turdagi g‗ovakliklar mavjud bo‗ladi ya‘ni,
karbonatli tog‗ jinslari asosan yirik bo‗shliqli o‗zgaruvchan tuzilmalar shakllida ham
joylashadi.
Hozirgi vaqtda bu xususiyatlari mahsuldor qatlamlarni ochishda e‘tiborga
olinmaydi, oraliqdagi natijalar – quduqlarni muvaffaqiyatli burg‗ilashni tugallash –
burg‗ilash tashkilotlarining asosiy ko‗rsatgichlaridan hisoblanadi. Mahsuldor
qatlamlarni ochishda yuqorida keltirilgan ya‘ni, tarkibida har xil kimyoviy reagentlar
va polimerlar bo‗lganda qo‗llanilganda qatlamlarning tubi zonasidagi fil‘tratsiya
xossalarini yomonlashtirishga olib keladi.
Qidiruv va ishlatish maydonlarida ochilgan neftlilik va gazlilik qatlamlarning
holatlarini tahlil qilib chiqqanimizda har xil burg‗ilash eritmalarini mahsuldor
qatlamlarning g‗ovaklik muhitini o‗tkazuvchanligiga ta‘sir qilishi tizimli
tadqiqotlanganda asosan mahsuldor qatlamlarni ochish kollektorlarning geologik-
fizik xossalari va suyuqlik bilan to‗yingan fizik-kimyoviy tavsiflarini hisobga
olmasdan ochilgani to‗g‗risida xulosa qilishga olib keladi.
Neft va gazni geologik qidiruv ishlaridagi asosiy maqsad mahsuldor
qatlamlarni haqiqiy neftgazliligi va kollektorlik xossalarini o‗rnatishdan iboratdir.
Bu maqsadga erishish uchun qatlamlarni sifatli ochish va sinash orqali erishiladi.
Istiqbolli maydon qirqimlarini ochish va sinashda shunday usullar qo‗llanilishi
zarurki, bunda kollektorlarning tabiiy o‗tkazuvchanligini saqlanishini, shu bilan
birgalikda neft va gazning sanoat oqimini sinashda ishonchli natijalar olingan
bo‗lishi kerak.
Faqatgina shunday ma‘lumotlar kollektorning haqiqiy holatini yoritadi hamda
neft va gazning olinadigan zaxiralarini va umumiy baholashda foydalanishi mumkin.
Burg‗ilash jarayonida kollektorlarning geologik – fizik xossalarini va to‗yingan
flyuidlarning fizik - kimyoviy tavsiflarini yetarlicha hisobga olmaslik obektning
haqiqiy neftgazliligi haqida umuman noto‗g‗ri xulosa chiqarishga olib keladi hamda
qirqimdagi ba‘zi bir mahsuldor qatlamlar qoldirilgan bo‗lishi mumkin.
Neft kon amaliyotida shunday samaralar uchraydiki, qaysiki, quduqlarni
burg‗ilab ochishda neftgazni jadal paydo bo‗lish holati belgilanadi, quduq ishlatishga
topshirilgandan keyin neft va gaz oqimini umuman bermaydi yoki juda past
mahsullikka ega bo‗ladi. Bunga o‗xshash holatlar uyumlarni alohida ishlashning
texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlarini pasaytirib yuboradi va istiqbolli maydonlarda
neftgazlilikni o‗z vaqtida aniqlanishini ushlab qoladi.
Suvli asosli burg‗ilash eritmalarining ko‗p yillik qo‗llanilishi va laboratoriya
sharoitida olib borilgan tadqiqotlar ochish davrida qatlamga kirib borgan filtratlar va
burg‗ilash eritmalari qatlamning kollektorlik xossalarini yomonlashishining asosiy
sabablaridan hisoblanadi [41].
Laboratoriyada olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini ko‗rib chiqadigan
bo‗lsak, qatlamga kirib borgan suv g‗ovaklik muhitining 50% va undan ham ko‗proq
tabiiy o‗tkazuvchanligini pasaytiradi.
Tadqiqot ma‘lumotlari ko‗rsatadiki, burg‗ilash eritmasiga qo‗shilgan har xil
reagentlar eritmaning tuzilmali-mexanik xossalarini yaxshilaydi, kollektorning tabiiy
o‗tkazuvchanligini pasaytiradi.
Burg‗ilash eritmalarining qayta ishlashda qo‗llanilgan kimyoviy reagentlari va
tuzlarning berkituvchi xossalari tadqiqotlangan. Bunda o‗nta turdagi suvli
eritmalarning kimyoviy tarkibi va har xil konsentratsiyadagi tuzlar o‗rganilgan.
Tadqiqot
natijalarni
taqqoslash
uchun
texnik suvlarning tog‗ jinsining
o‗tkazuvchanligiga ta‘sir qilish holati o‗rganilgan [44].
Tadqiqotlar natijasida olingan hamma ma‘lumotlar har xil darajadagi kimyoviy
reagentlarning hammasi tog‗ jinslarining o‗tkazuvchanligini pasaytiradi. G‗ovaklik
muhitini yuqori darajada berkituvchi eritmalarga gipan, USHR, KSSB, TPFN
hisoblanadi.
Kimyoviy
reagentli
suvli
eritmalar
texnik
suvga
nisbatan
o‗tkazuvchanlikni pasaytiradi, unga ta‘sir qilgandan keyin o‗tkazuvchanlikning
tiklanish koeffitsiyenti 60%ni tashkil qiladi.
Gipanning suvli eritmasini berkituvchi xossasi uni eritmaning tarkibidagi
ulushi oshishi bilan keskin oshadi. Gipanning 10% li eritmasi haydalgandan keyin
tog‗ jinsi namunasining o‗tkazuvchanligi umuman yo‗qolgan. Ma‘lumotlarning
133
tahlilidan ko‗ramizki, reagentli va tuzli eritmalar tadqiqotlanganda eng kam
o‗tkazuvchanlikka xrom kaliyli yoki natriy va kalsiy xlorid eritmalari salbiy ta‘sir
ko‗rsatgan [45].
Bir qator holatlarda loyli eritmalar qo‗llanilganda quduq tubi zonasida tog‗
jinsining o‗tkazuvchanligi kolmatatsiya evaziga qaytmas holatda pasaygan va
quduqning mahsulligini katta qiymatga kamaytirib yuborgan. Loyli burg‗ilash
eritmasining qattiq fazalari qatlamga kirib borganda ochiladigan qatlamning
g‗ovakliklarini qaytmas bekitib qo‗ygan va natijada o‗tkazuvchanlik nolgacha tushib
ketishi mumkin.
Granulli kollektorlarning g‗ovaklik kanallarini kolmatatsiyalanish mexanizmini
to‗liq tassavvur qilish uchun kolmatatsiya bo‗lgan qatlamda mikroskopik tadqiqot
olib borilgan. Yuqori o‗tkazuvchan qatlamlarda tog‗ jinsi namunasining kolmatatsiya
chuqurligi o‗rtacha T>-6 mm.ni, past o‗tkazuvchan qatlamlarda esa - 1,5-2 mm.ni
tashkil qilgan.
Tadqiqot ma‘lumotlariga asosan mahsuldor qatlamlarni burg‗ilashda
o‗tkazuvchanlikning nisbiy o‗zgarishi [12]:
dastlabki o‗tkazuvchanlik 0,1-0,5 mkm, ochilgandan keyingi o‗tkazuvchanlik
50-30 % gacha kamaygan;
dastlabki o‗tkazuvchanlik 1,0-2,0 mkm, ochilgandan keyingi o‗tkazuvchanlik
25-20 %.gacha kamaygan;
Shuni belgilash kerakki, mahsuldor qatlamda past o‗tkazuvchan qatlamchalar
mavjud bo‗lganda ko‗pchilik holatlarda quduqning mahsulligi qaytmas kamaygan.
Mahsuldor qatlam zonasiga burg‗ilash eritmasining filtratlarini kirib borishi
natijasida quduq tubi zonasida sodir bo‗ladigan mexanizm holatlarini o‗rganish shuni
ko‗rsatadiki, bo‗shliq fazosini suv egallagan bo‗ladi. Buning evaziga neft (gaz)
quduqlarini o‗zlashtirishda quduq tubi tomon harakatlanganda yengishi qiyin
bo‗lgan to‗siqqa uchraydi ya‘ni, suv mahsuldor qatlamga kirib borgandan kiyin siqib
chiqarilmaydi hamda uning bir qismi quduq tubi zonasida qoladi va quduqning
debitini pasaytiradi. O‗tkazuvchanlik ko‗rsatgichi past bo‗lganda suv g‗ovaklik
kanallariga kirib borib kapillyar kanallarga shimilgandan keyin katta miqdordagi suv
qatlamlardan va qatlamchalardan qazib olinmaydi va uning evaziga debit pasayib
ketadi.
Mahsuldor qatlamlarda yondosh bo‗lgan tog‗ jinsining katta miqdordagi
loyliligi uni ochish uchun maxsus yondoshuvni talab qiladi. Quduq tubi zonasiga
kirib borgan filtratlar loyni bo‗kishga chaqiradi, g‗ovaklililik kanallarini qisqarishga
hamda dispergirlanishi va suyuqlik oqimi bilan loyli zarralarni siljishi natijasida
kapillyar kanllarini berkitib qo‗yadi.
Eng katta kollektorlarning o‗tkazuvchanligini pasayishi loylarni bo‗kishi
natijasida quduqning tubi zonasida past o‗tkazuvchan tog‗ jinslarida sodir bo‗ladi.
Quduqlarning devorida davriy ravishda gidrodinamik bosimini o‗zgarishi
natijasiga bog‗liq ravishda suvni (filtratlarni) va neftni o‗zaro dispergirlanishi sodir
bo‗ladi hamda aniq sharoitlarda quduq tubi zonasida g‗ovaklik fazosida mustahkam
(barqaror) emulsiya shakllanadi. Bunga neftning tarkibida mavjud bo‗lgan asfalt -
smolali moddalar to‗siq ko‗rsatadi va emulgator hisoblanadi.
Ba‘zida aniq bir sharoitlarda qatlamga burg‗ilangan tog‗ jinslari ham kirib
boradi. Loyli eritmalardan foydalanilganda tog‗ jinsining alohida zarralari quduq tubi
sirtidan quduq tubidagi loyli quyqumlarning qatlamiga qiyinchilik bilan to‗planadi.
Bunda dolotaning zarbali ta‘sir qilishini qiyinlashtiradi va ezilgan tog‗ jinsini
qaytadan maydalash holati sodir bo‗ladi.
Bunday sharoitda tabiiy holda oldindan tassavvur qilish mumkinki,
quyqumlarning bir qismi qatlamdagi asosan yoriqli kollektorlarga kirib boradi va
cho‗kma hosil qiladi. Yuqorida ko‗rsatib o‗tkanimizdek suv (suv asosidagi burg‗ilash
eritmalarining filtratlari) qatlam - kollektorning past o‗tkazuvchan govakli
kanallariga kirib boradi va tabiiy o‗tkazuvchanlikni pasaytirib yuboradi.
Suv quduq devorining g‗ovaklik kanallarining sirt yuzasida kapillyar kuchlar
va adsorbsiyali qatlamlarni shakllanishi evaziga bog‗lanadi. Ko‗rinib taribdiki, tog‗
jinsi – kollektorlarning qattiq tanasining xususiyati tufayli suv bilan o‗zaro
reaksiyalanib ularni xossasini aniqlaydi: kimyoviy tarkibi, kristallik panjarisining
turlari, sirt yuzasining holati.
135
Sirt holatlari uchun qaysiki, suyuqlik va qattiq fazaning o‗zaro ta‘siriga
muvofiq o‗zaro reaksiyalanuvchi yuzalarning qutblanishi muhim qiymatga ega
bo‗ladi: kompensiyalanmagan elektr statik zaryadlar jism sirtida qanchalik ko‗p
joylashganda u jadal gidratatsiyalanadi. Jismning (tananing) suv bilan namlanish
xususiyati uni yuzasining holatiga bog‗liq bo‗ladi.
Bir qator holatlarda qattiq fazaning molekulalari suv bilan o‗zaro reaksiyaga
kirishadi. Buning natijasida qattiq jismning ionlarini eritmaga o‗tishi uning sirt
yuzasida zaryadlarni egallaydi. Bundan tashqari yangi kimyoviy moddalar hosil
bo‗ladi (kristalli gidratlar, gidrooksidlar va boshqalar) va sirt yuzasi suv bilan yaxshi
namlanadi. Tog‗ jinslari - kollektorlar bilan suvni o‗zaro reaksiyalanishida ularga
begona ionlarning mavjudligi ta‘sir ko‗rsatadi. Tog‗ jinsining sirt yuzasidagi
adsorbsiyali suvning qatlami suv bilan tegishib turganligi va uning bug‗larining
kondensatsiyalanishi evaziga to‗g‗ri-to‗g‗ri paydo bo‗ladi.
Termodinamik xossasi bo‗yicha qattiq bog‗langan suvlar amaliyotda yangi
fazolar ko‗rinishida bo‗ladi. Adsorbsiyalangan suv odatda ba‘zi bir anomallik
xossalari bilan farqlanadi. Suv gidrofillangan yuza bilan tegishib ketganda shu
yuzaning
gidratatsiyalanishi
sodir bo‗ladi ya‘ni, suv molekulalarining
adsorbsiyalanishi.
Sirt yuzasidagi mikrorelef (burtmalar, to‗siqlar, yoriqlar) adsorbsiyalangan
suvning molekulalarini siljishiga katta qiyinchiliklarni hosil qiladi. Suv
molekulasining tortilgan tashqi uchlari yangi yuzalarni hosil qiladi va navbatdagi
molekula qatlamini tortish uchun katta qarshilik ko‗rsatadi hamda uni qattiq yuzaning
molekulyar maydonining kuch chiziqlariga yo‗naltirish bo‗yicha to‗g‗ri yo‗nalishni
oladi. Suv molekulasining ikkinchi adsorbsiya qatlami uchinchiga, uchinchi esa –
to‗rtinchiga va shu yo‗nalishda qattiq jismning maydon kuchining energiyasi Broun
harakatining energiyasidan kichik bo‗lguncha davom etadi.
Suyuqlikning chuqurligiga tortiluvchi suv molekulalarining zanjiridan tuzilgan
adsorbsiya qatlami tuzilmasining xususiyatlari oddiy suvning xossalaridan keskin
farq qiluvchi adsorbsiyalangan suv pardalarini ko‗p xossalari to‗g‗risida ma‘lumot
beradi.
Adsorbsiyalangan
suvning
yupqa
qatlamini
o‗zaro
reaksiyalanish
xususiyatlaridan biri tog‗ jinsi – kollektorlari bilan ularni yorilib chiqishida –
bosimning paydo bo‗lishi ya‘ni, qattiq jismning mikro yoriqlarida hosil qilingan
solvatli adsorbsiya qatlamlari hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda tasavvur
qilish mumkinki, quduqlarni o‗zlashtirish va ishlatish jarayonida ma‘lum sharoitlarda
adsorbsiya va kapillyar kuchlarning harakati natijasida tog‗ jinsi bilan bog‗langan
qatlamidan katta bo‗lmagan miqdorda suv qazib olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |