163
Tugallanmagan quduqlarning ikkilamchi ochish sifati quduqlarni o‗zlashtirish
va ishlatish jarayonida qatlamdan oqimni chiqirishda ochilgan mahsuldor qatlamning
quduq tubi zonasida qo‗shimcha gidrodinamik qarshilik ma‘lumotlarinri
olish
bo‗yicha aniqlanadi.
Mahsuldor qatlam ikkilamchi ochilgandan keyin gidrodinamik ma‘lumotlari
bo‗yicha ―skin-samara‖ aniqlanadi, qaysiki qatlamdan quduqqa qatlam flyuidlarining
oqimidagi qo‗shimcha gidrodinamik qarshilikni tavsiflaydi.
Qo‗shimcha gidrodinamik qarshilik qatlamning quduq tubi zonasida kollektorlarning
o‗tkazuvchanligi bilan bog‗langan bo‗ladi va bu bog‗lanish mahsuldor qatlamning
birlamchi va ikkilamchi ochilishida kollektorlik xossasiga texnologik suyuqliklarning
ta‘sir etishini hisobga oladi.
Shu bilan bir qatorda qatlamning quduq tubi zonasida qo‗shimcha qarshiliklar
paydo bo‗lishida mahsuldor qatlamning qalinligi bo‗yicha to‗liq ochilmaganligi va
qatlamni ikkilamchi ochishda texnologik parametrlarning (perforatsiya zichligi va
perforatsiya kanallarining o‗lchamlari) salbiy ta‘sir qilishi hisoblanadi.
Shunday
qilib, quduqlarning tugallanmaganligi evaziga qo‗shimcha
gidrodinamik qarshiliklar paydo bo‗ladi va ikki turga bo‗linadi:
mahsuldor
qatlamlarning darajasi va tavsifi bo‗yicha ochilishiga. Mahsuldor qatlamlar
ikkilamchi ochilgandan keyin qiya-yo‗naltirilgan va tik quduqlarni ochishda
qo‗shimcha gidrodinamik qarshiliklarni chaqirilish samaralariga qatlam qalinligi
bo‗yicha to‗liq ochilmaganligi evaziga quduqning ochilish darajasi bo‗yicha
ochilishni tugallanmaganlik koeffitsiyenti bo‗lishi mumkin.
Ishlatish obektining ochilish qalinligiga bog‗liq
holda mahsuldor qatlamlarni
ochishda quduqlarni ochilish darajasi bo‗yicha ochilishni tugallanmaganligi quyidagi
formula orqali baholanadi:
C = f( b, h, D
QUD
.), (5.1)
bu yerda : С – quduqning ochilish darajasi bo‗yicha tugallanmaganlik
koeffitsiyenti;
b- qatlam qalinligining ochilish kattaligi;
h- qatlam qalinligining samarali kattaligi;
Dqud.– quduqning diametri.
Quduqning ochilish darajasi bo‗yicha tugallanmaganlik koeffitsiyenti qo‗shimcha
gidrodinamik qarshiliklarni tavsiflaydi. Qatlam qalinligi to‗liq ochilmagandan keyin
qatlamdan quduqqa kirib keladigan flyuid oqimining o‗zgarishi V.I.Shurov
grafigi
bo‗yicha aniqlanadi. Ochilish darajasi mahsuldor qatlamning ochilgan qalinligini
uning samarali qalinligining nisbati teng bo‗ladi va foizlarda ifodalanadi.
Bu parametrlarga bog‗liq holda har bir nisbatlar uchun: a = h/Dqud., nisbat
uchun ochilishning tugallanmaganlik koeffitsiyenti aniqlanadi. Q=f (b/h). Quduqning
ochilish darajasi bo‗yicha tugallanmaganligini baholashda V.I.Shurovning grafigidan
foydalaniladi.
Mahsulor qatlamlarni ikkilamchi ochishda birlamchi ochishga nisbatan qatlam
flyuidlarining quduqqa filtratsiyasining yuzalari amalda kamayadi va u perforatsiya
zichligigiga bog‗liq bo‗ladi hamda perforatsiya kanallarining o‗lchamlariga, ya‘ni
qo‗shimcha gidrodinamik qarshiliklar paydo bo‗lgan bo‗ladi (С
2
).
Quduqning ochilishini tavsifi bo‗yicha gidrodinamik tugallanmaganlik
koeffitsiyenti (С
2
) V.I Shurovning grafigi bo‗yicha
ikkilamchi parametrlari va
quduqning diametriga bag‗liq holda aniqlanadi.
C
2
= f (n,D
qud
K
e
.,L
1
,d
i
), (5.2)
bu yerda:p–perforatsiya zichligi, tesh./m. (qatlamning 1 metriga to‗g‗ri
keladigan teshiklar soni);
Dqud –quduqning diametri;
L
i
- tog‗ jinsida perforatsiya kanalining chuqurligi, m;
d
i
-perforatsiya teshigining diametri, mm.
Parametrlar aniqlanadi: L = L1/D
qud
.; a = d1/D
qud
.
L-ning
har bir parametri uchun С
2
ga bog‗liq p, Dqud larning bog‗liqlik
grafiklari quriladi. V. I. Shurovning grafigidan qatlamni ikkilamchi ochish va
quduqning diametriga bog‗liq bo‗lgan quduqning ochilish tavsifi bo‗yicha С
2
gidrodinamik tugallanmaganlik koeffitsiyenti aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: