159
4.8.Qatlamlarni birlamchi ochishda mahsuldor qatlamlarni potensial
mahsulligini saqlash
Ko‗p qatlamni obektlarni ishlashda har bir mahsuldor qatlamni birlamchi
ochish sifatini oshirish uchun konni so‗nish davrida ishlatilayotganda har xil
parametrlar bo‗yicha qatlamlarni noyaxlitligi oshgan, asosiy masalalardan biri neft
qazib
olishni oshirish, quduqni ishlatishga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish
hisoblanadi.
Qatlamlarni ochish sifatini oshirishda quduqlarni burg‗ilash jarayonida
qatlamlarning potensial mahsulligini pasaytiruvchi va yomonlashtiruvchi asosiy
sabablar aniqlanadi. Bu ishlarni o‗rganishga ko‗pgina ishlar bag‗ishlangan
[6,7,19,43,45,48 ]. Burg‗ilash eritmasining qatlamga salbiy ta‘sir etish darajasining
alohidagi samaralarini tadqiqot etilgan asosiy ishlardagi
xulosalarini va amaldagi
ahamiyatini ko‗rib chiqamiz:
-qatlamlarning loyli zarralarini bo‗kishini burg‗ilash eritmalari bilan kontaktda
davom etishi va kapillyar kuchlar ta‘siri ostida mustahkam suvneft emulsiyalarining
shakllanishi;
-burg‗ilash eritmasining qattiq zarralarini va filtratlarini qatlamning quduq tubi
zonasiga chuqur kirib borishi;
8V
То„лиq
бир кернисиз иккита кернсиз
■ Flo-Pro эритмаси таъсиридан кейин
о„тказувчанлик коэффиsиентининг тикланиши
Kern namunalarni o‗tkazuvchanlik
koeffitsiyentini tiklanishini
dinamikasi tasvirlangan
4.3 – расм. О„тказувчанлик коэффиsиентини тикланиш динамикаси
- burg‗ilash eritmalari eng katta zararni past o‗tkazuvchan qatlamlarga beradi
hamda past bosimli mahsuldor gorizontga;
-burg‗ilash eritmasi qatlam bilan uzoq muddat kontaktda bo‗lganda hamda
quduq tubi stvoli va quduq tubi zonasining oralig‗ida bosimlar farqi katta bo‗lganda
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Burg‗ilash eritmasini quduq tubi zonasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatish holatini oldini
olish uchun quyidagi talablarga rioya qilinadi:
-qatlamning quduq tubi zonasiga burg‗ilash eritmasining filtratlarini va qattiq
zarralarini minimal kirishini ta‘minlash;
-qatlam suyuqligi va loyli zarralarni o‗zaro reaksiyalanishi natijasida g‗ovaklik
kanallarida reaksiyalanishiga va har xil cho‗kindilarni paydo bo‗lishiga yo‗l
qo‗ymaslik;
-qatlamga kirgan filtrat va qattiq zarralarni quduqlarni o‗zlashtirish jarayonida
nisbatan yengil chiqib ketishini ta‘minlash.
Burg‗ilash jarayonida qatlamlarni samarali ochilishini ta‘minlash maqsadida
uglevodorod asosidagi gidrofobli emulsiyali eritmalardan samarali foydalaniladi.
TatNIPIneftda terrigen yotqiziqlarida uglevodorod asosidagi texnologik suyuqliklarni
(UATS) qo‗llab mahsuldor qatlamlarni ochish va ajratish bo‗yicha
kompleks
texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu texnologiya asosida quduqning mahsulligini 40%
ga oshirishga imkoniyat beradi va quduqlarni o‗zlashtirish muddatini 40-75%
kamaytirishni ta‘minlaydi. UATS ni qo‗llash kam mahsulli qatlamlarni
o‗zlashtirishda samaralidir. Oqimsiz qatlamlarda UATSni qo‗llash asosida neft
oqimining debitini 3 – 4 t/kun.ga oshiriladi.
Ramashkin konlari sharoitida mahsuldor qatlamlarni ochishda loyli eritma
qo‗llanilgan bo‗lib, qatlam bosimiga bog‗liq, VM-6 bo‗yicha suvberuvchanligi 10
sm3/30 min va qatlamning ochilgan perforatsiya orqali gidroimpulsli yo‗l orqali
UATS
bilan ishlov berilgan, oraliqlari 5 m.dan kichik bo‗lmagan loyli to‗siqlar:
UATS ning tarkibi: bitumli distillyat —98%, emultal - 2%. Quduqqa bir marta ishlov
berishda UATSning miqdori hisoblash yo‗li orqali 0,5 m3teshilgan qatlamning bir
metr qalinligiga.
Xulosa
Quduqlar burg‗ilangandan so‗ng neft va gaz mahsulotlari chiqmasa yoki kerak
miqdordagi zaxirasiga ega bo‗lmasa, sarf qilingan mablag‗lar qoplanmaydi. Natijaviy
ishlarni
samarasi oqim kattaligi, quduqni o‗zlashtirish davomiyligi, yuvish
aralashmalarini burg‗ilash uchun ishlatilgan uskunalarni sifati, mahsuldor qatlamga
kirish va sifatli tugallash bilan baholanadi.
Mahsuldor qatlam yuvish aralashmalari bilan burg‗ulanganda, undan suyuqlik
fazasi ajralib chiqadi. Qatlamdagi filtrat qancha katta bo‗lsa,
yuvish-aralashmasini
suv berishi, qatlamni burg‗ulash davomiyligi uzoq davom etadi. Bosim sakrashi,
xalqa fazasiga oqim haydash aralashma harorati yuqori, mustahkamlash tizmasi bilan
quduq devori orasidagi faza shunchalik kichik bo‗ladi.
Qatlam ustuni zonasidagi ifloslanishga burg‗ulashni davomiyligi va quduqlarni
o‗zlashtirishni murakkabligi va uning boshlanish debitiga ta‘sir qiladi. Kuchli
ifloslangan qatlamni o‗zlashtirishda depressiyani kuchaytirishga, quduqdan
aralashmani surib chiqarish uchun ko‗p vaqt sarflanadi
va ustun devori zonasidan
filtratlarni chiqarib olishga to‗g‗ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: