157
namunasining (namunalar soni 3 tadan kam bo‗lmaydi) kolonkasi orqali bosimlar
farqining rejimida bir necha marta kerosin haydaladi.
Bosim farqida kerosinning sarfiga bog‗liq holda Q = f(AR) egrilik bog‗lanishi
quriladi hamda kern namunasining kerosinni o‗tkazuvchanligi bo‗yicha
o‗tkazuvchanllik koeffitsiyenti hisoblanadi. Undan keyin kern namunasining
sirtlariga burg‗ilash eritmasining xuddi qatlamga mahsuldor qatlamni ochish
jarayonidagi kabi repressiya bosimining gidrostatik
yoki gidrodinamik bosimlari
amalga oshiriladi.
Masalan FDES-650Z qurilmasi yordamida kern namunasiga beriladigan
gidrostatik bosimning ta‘sir qilishi amalga oshiriladi [2]. Kernning chetki sirtlari
orqali burg‗ilash eritmasining AR bosimi ostida xuddi quduqdagi repressiyaga teng
bosim
hosil qilinadi, kern namunasining teskari sirtlariga maxsus sig‗imdan oqib
chiquvchi burg‗ilash eritmasi filtratining filtrlanish hajmi va tezligi aniqlanadi.
Kern namunasiga gidrodinamik ta‘sir qilishning qo‗llanilishida kern
namunasining chetki sirtlar bo‗ylab burg‗ilash eritmasini bosim farqi bilan haydash
amalga oshiriladi. Bu bosimlar farqi mahsuldor qatlamni ochish vaqtidagi burg‗ilash
eritmasining sirkulyatsiyasida qatlamga beriladigan repressiyaga mos keladi.
4.2 – rasmda kern namunalariga burg‗ilash eritmasining gidrodinamik va
gidrostatik bosimlarini termobarik sharoitda laboratoriya tadqiqotlari olib borishda
qo‗llaniladigan FDS-350 qurilmasining umumiy ko‗rinishi keltirilgan. Kern
namunalariga burg‗ilash eritmasini ta‘sir qilishidan keyin teskari yo‗nalish bo‗yicha
bosimlar farqining bir nechta rejimlarda kerosin haydaladi
va kern namunasining
qoldiq o‗tkazuvchanlik koeffitsiyenti aniqlanadi.
Kern namunalariga burg‗ilash eritmasining ta‘sir qilish darajasini baholash
uchun o‗tkazuvchanlik koeffitsiyentining tiklanishi aniqlanadi ya‘ni, namunaning
qoldiq o‗tkazuvchanligini unga burg‗ilash eritmasi ta‘sir qilgandan keyingi kj
o‗tkazuvchanligini dastlabki o‗tkazuvchanligiga k0 ga nisbatlari aniqlanadi.
v = kj/ko - 100 %. (4.1)
Quyida har xil turdagi burg‗ilash eritmasining ta‘sirini
mahsuldor qatlamning
o‗tkazuvchanligini o‗zgarishiga baho berish o‗tkazuvchanlikning tiklanish
koeffitsiyenti orqali aniqlangan ma‘lumotlar keltirilgan [10].
FDS-350 qurilmasining kern ushlab turgichining umumiy ko‗rinishi 4.2 –rasmda
keltirilgan.
Laboratoriya tadqiqotlari ma‘lumotlariga asoslanib texnologik suyuqliklarni
qatlamning kollektorlik xossasiga ta‘siri qilishini hamda qatlamning tuzilishini
geologik xususiyatlari bilan bir qatorda qazib olinishi mumkin bo‗lgan
va neftni
qazib olish koeffitsiyentiga mahsuldor qatlamlarni ochishning texnologik
jarayonlarining amalda ta‘sir qilishi ko‗rsatilgan.
Tadqiqot ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, quduq qurilishida texnologik ta‘sir
qilishlarni quduq tubi zonasidagi mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xossalariga
ta‘sir etishini o‗rganish dolzarb hisoblanadi.
Bunday holat pasto‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan qatlamlarda ya‘ni qo‗shimcha
gidrodinamik qarshilik qatlam quduq tubi zonasida
quduqni qurishda texnologik
suyuqliklarni ta‘sir etishi hisobiga amalda qazib olinishi mumkin bo‗lgan hajmni
kamaytiradi va NQOK (neftni qazib olish koeffitsiyentiga ) amaliy ta‘sir ko‗rsatadi.
4.3-rasmda o‗tkazuvchanlik koeffitsiyentini tiklanish dinamikasini biopolimerli
va polimer loyli burg‗ilash eritmalarining kern namunasiga gidrostatik ta‘siridan
keyingi dinamikasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: