Talabasi Abdusamatova Diyoraxonning



Download 0,59 Mb.
bet1/8
Sana05.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#740553
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
eritmalarning muzlash harorati. Krioskopik1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Kimyo yo‘nalishi 2- kurs 20.64-guruh talabasi
Abdusamatova Diyoraxonning
Fizikaviy kimyo” fanidan
Eritmalarning muzlash harorati. Kriospiya”
mavzusidagi

KURS ISHI



BAJARDI:
QABUL QILDI:
Eritmalarning muzlash harorati. Kriospiya.
Reja: Kirish I BOB. Eritmalarning xossalari.
1.1 Eritmalarning kolligativ xossalari. 1.2 Eritmalarning muzlash harorati. 1.3 Krioskopiya. II BOB. Amaliy qism.
2.1 Moddalarning molekulyar massasini krioskopik usulda aniqlash.
2.2 Krioskopik konstanta.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

Kirish
Respublika Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o‘zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g‘oyalari va intilishlarini o‘zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi.


Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning-Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohotlar ro‘y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli, o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat rivoji iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi paytda har qanday davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va kuch-qudrati kimyo sanoatining, jumladan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sanoati va neft kimyosi rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Chunki mazkur sohalar neftni, tabiiy gazni, toshko‘mirni qayta ishlash, sintetik kauchuk, polimer materiallar, bo‘yoq moddalar, dori-darmonlar, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24- fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo'yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. So'nggi yillarda sohani modernizatsiya qilish, moliyaviy-iqtisodiy sog'lomlashtirish va yuqori qo'shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish bo'yicha ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini ko'tarish maqsadida joriy etilib, narxni shakllantirish tartibi butunlay qayta ko'rib chiqildi. Natijada kimyo tarmog'i o'tgan yilni 2018 - yilga nisbatan 2,3 barobar ko'p foyda bilan yakunladi. "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Sho'rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg'i, "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodlari qurilmoqda. Davlatimiz rahbari shu yil yanvar oyida parlamentga yo'llagan murojaatnomada va Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida kimyo sohasiga alohida e'tibor qaratib, hukumat oldiga uni modernizatsiya qilish, ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish bo'yicha qator vazifalar qo'ygan edi. Bu bejiz emas. Chunki mazkur tarmoqda muammolar, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko'p. Jumladan, yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo'lgan, murakkab tarkibga ega bo'lmagan kimyo mahsulotlari chetdan olib kelinmoqda. Eksport strukturasi diversifikatsiya qilinmagan, bunda hanuzgacha mineral o'g'itlar ulushi juda katta. Ishlatilayotgan uskunalar 60 foiz eskirgan, energiya sarfi me'yordan 2-3 baravar ortiq. Tanqidiy-tahliliy ruhda o'tgan yig'ilishda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo'yicha vazifalar belgilandi. Tarmoqdagi har bir korxona faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hisobiga tannarxni pasaytirish bo'yicha topshiriqlar berildi. "Raqamli texnologiyalar" ni qo'llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasini ko'tarish muhimligi qayd etildi. Kimyo sohasida yangi yo'nalishlarini rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligi ta'kidlandi. To'qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, iste'mol tovarlari, oziq-ovqat va farmatsevtika uchun zarur xomashyo ishlab chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid ishlab chiqarishni tez muddatda loyiha quvvatiga olib chiqish hamda ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. "Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati, Qo'ng'irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodida davlat ulushini investorlarga sotish masalalariga ham to'xtalib o'tildi. Kichik tonnali kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shu maqsadda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida bo'sh turgan maydonlar negizida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil qilish zarurligi qayd etildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020-yil 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “kattalizatori” bo`lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi.
Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim. Shu bois yig`ilishda “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Shu bilan birga sohaga inovatsiyalar umuman joriy qilinmagan, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya-kimyo texnalogiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot institute negizida ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo etishni tezlashtirishni zarurligini ta`kidladi. “Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar o`tkazadi. XX asrning boshiga kelib fizikaviy kimyo modda tuzilishi, kimyoviy termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyolarni o`rganuvchi fan sifatida namoyon bo`ldi. Yangi nazariy usullarning qo`llanilishi bilan atom, molekula va kristallarning tuzilishini tadqiqot qilish birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu sohada Rezerford tomonidan taklif qilingan atomning yadro tuazilishi va Bor tomonidan vodorod atomining birinchi miqdoriy nazariyasining yaratilishi juda katta yutuq bo`ldi. Kimyoviy bog`ning tabiati va molekulalarning tuzilishini o`rganish atom tuzilishini bilan birgalikda olib boriladi. 1920-yillarda Kossel va Lyuis kimyoviy bog`ning elektron nazariyasini ishlab chiqdilar. 1927-yilda Geytler va London kimyoviy bog`ning kvant mexanik nazariyasini rivojlantirdilar. Keyinchalik atom tuzilishidagi katta kashfiyotlarga asoslanib, kvant mexanikasi va statistik fizikaning nazariy usullarini hamda rentgen, spektroskopiya, mass-spektrometriya, magnit usullari kabi tajribaviy usullarga asoslanib, molekula va kristallarning tuzilishini o`rganish va kimyoviy bog` tabiatini tushuntirishda katta yutuqlar qo`lga kiritildi. Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega va kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy kimyoning ishlab chiqarishdagi ahamiyati katta, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar hayotda va texnikada juda katta ahamiyatga ega., shu sababli ham, fizikaviy kimyo fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan. Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, demak, eritma bir necha moddaning aralashmasidir. Lekin har qanday aralashma ham eritma bo`la olmaydi. Eritmalarning xossalari ularning tarkibiy qismlari tabiatiga hamda miqdoriga ya`ni eritmaning tarkibiga bog`liqligini o`rganishda termodinamika usulidan foydalaniladi. Har bir suyuq va qattiq jism biror haroratda o`ziga xos qiymatdagi bug` bosimiga ega bo`ladi. Eritmalar bug` bosimini ko`rib chiqishda, avval, uchuvchan bo`lmagan, ya`ni odatdagi haroratda bug` hosil qilmaydigan moddalardan foydalanamiz. Biz eritmalarning xossalari, eritma nazariyalari bilan tanishib chiqamiz. Kurs ishimizning mavzusi esa eritmalarning muzlash harorati, ya`ni krioskopiyaga bag`ishlangan bo`lib, shu mavzu bo`yicha tushuntirishlar va laboratoriya ishlari xulosalarini kurs ishida yoritishga harakat qildim.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish