Mavzu: Eritma tarkibidagi kadmiy (II) miqdorini spektrometrik aniqlash. Kurs ishi



Download 14,05 Mb.
bet1/4
Sana06.06.2023
Hajmi14,05 Mb.
#949306
  1   2   3   4
Bog'liq
Jumaboyev Mahmud

MAVZU: Eritma tarkibidagi kadmiy (II) miqdorini spektrometrik aniqlash.

Kurs ishi

2023/05/11


Bajardi: Jumaboyev Mahmudjon
Qabul qildi:
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Spektroskopik analiz usullari.
2.2. Molekulyar spektroskopiya.
2.3. Kadmiy va uning brikmalari.
III. Amaliy qism
3.1. Kadmiy eritmasini tayyorlash.
  • Eritma tarkibidagi Cd (II) miqdorini spektrometrik aniqlash.
  • IV. Xulosa

  • V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati VI. Mundarija

Kirish
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020-yil 16- oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo`lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi. Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim. Shu bois yig`ilishda “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Shu bilan birga sohaga inovatsiyalar umuman joriy qilinmagan, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya-kimyo texnalogiyalari ilmiy-tadqiqot institute (KRICT) bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot institute negizida ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo etishni tezlashtirishni zarurligini ta`kidladi. “Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar o`tkazadi.
Kirish
XX asrning boshiga kelib fizikaviy kimyo modda tuzilishi, kimyoviy termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyolarni o`rganuvchi fan sifatida namoyon bo`ldi. Yangi nazariy usullarning qo`llanilishi bilan atom, molekula va kristallarning tuzilishini tadqiqot qilish birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu sohada Rezerford tomonidan taklif qilingan atomning yadro tuazilishi (1911) va Bor (1913) tomonidan vodorod atomining birinchi miqdoriy nazariyasining yaratilishi juda katta yutuq bo`ldi. Kimyoviy bog`ning tabiati va molekulalarning tuzilishini o`rganish atom tuzilishini bilan birgalikda olib boriladi. 1920-yillarda Kossel va Lyuis kimyoviy bog`ning electron nazariyasini ishlab chiqdilar. 1927-yilda Geytler va London kimyoviy bog`ning kvant mexanik nazariyasini rivojlantirdilar.
Yorug‘likning tabiati, yorug‘lik hodisalaridagi qonuniyatlar va yorug‘lik bilan moddalarning o‘zaro ta’siri insonlarni juda qadimdan qiziqtirib kelgan, jumladan, yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar ham doimo fiziklarning diqqat markazida bo‘lgan. Yorug‘likning nurlanish jarayoni, har xil muhitlarda tarqalishi va yorug‘likning moddalar bilan ta’sir jarayonlari fizikaning optika bo‘limida o‘rganiladi. Optikaning rivojlanishi bilan fizikada spektroskopiya yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Spektroskopiya – elektromagnit nurlanishning hamda akustik to‘lqinlarning modda bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fan bo‘lib, spektroskopik usullardan bu o‘zaro ta’sirlarning xususiyatlarini o‘rganishda keng foydalaniladi. Bu fanning vazifasi moddaning tuzilishi, tarkibi va xossalarini ularning spektrlari orqali aniqlashdir.
Moddalarning xossalari uning qanday molekulalardan tuzilganligiga va bu molekulalarning o‘zaro qanday joylashganligiga bog‘liq. Fizika, kimyo va biologiya fanlaridagi ko‘pgina fundamental masalalarni hal qilishda moddadagi molekulalarning miqdorini, ularning tuzilishini va ular orasidagi o‘zaro ta’sirlarni keng temperatura, bosim va konsentratsiya intervalida hamda turli holatlarda bilish talab etiladi. Bunday talablarga javob bera oladigan universal usullardan biri molekular spektroskopiyadir. Ushbu qo‘llanmada molekular spektroskopiyaning asosiy muhim qirralari, spektroskopiya turlari bu fanni o‘rganish uchun zarur ma’lumotlar yoritib berilgan. Qo‘llanma fizika yo‘nalishi bakalavriatura va magistraturasida tahsil olayotgan talabalar uchun va spektroskopiya sohasida ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
  • Molekular spektroskopiya – fizikaning bir bo‘limi bo‘lib, elektromagnit nurlanishning molekula va uning birikmalari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Uning asosida shartli ravishda alohida molekulani nazariy va tajriba yo‘li bilan o‘rganish yotadi. Tajribada alohida molekuladan ma’lumotni o‘ta siyraklashtirilgan gaz yoki molekulalar o‘zaro deyarli ta’sirlashmaydigan holda olish mumkin. Tabiiyki, erkin molekulalarning spektri spektroskopiyaning nazariy asosini yaratish uchun zarur. Alohida, erkin molekulalar spektroskopiyasiga asoslanib, o‘zaro ta’sirlashuvchi molekulalar spektroskopiyasini, boshqacha aytganda kondensirlangan sistemalar spektroskopiyasini tuzish mumkin. Bunda real gazlar, eritmalar va suyuqliklar, qattiq jismlar va kristallarni o‘rganish mumkin. Bu sistemalarda zarrachalarning o‘zaro ta’siri natijasida molekulalarning aylanma, tebranma va elektron spektrlari (chastotalar, intensivliklar, spektral chiziqlarning kengligi) o‘zgaradi. Gazlardan suyuqliklarga o‘tish tufayli real sistemalarning spektri alohida molekulalar spektridan ko‘proq farq qila boradi.


Download 14,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish