3.2.Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari
Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida hosil qilinadigan quduq tubi bosimi
bilan qatlam bosimining nisbatlari muhim rol o‗ynaydi.
Bularga muvofiq ravishda mahsuldor qatlamlarni ochish usullari muhim
hisoblanadi:
qatlamni repressiya sharoitida quduqlarni burg‗ilash (quduq tubining
gidrostatik bosimining qatlam bosimidan yuqoriligi);
muvozanat bosim sharoitida burg‗ilash (gidrostatik quduq tubi bosimining
qatlam bosimiga tengligi);
qatlamga depressiya bosimi ostida burg‗ilash (qatlam bosimi gidrostatik
bosimdan yuqori bo‗ladi).
Shunday qilib mahsuldor qatlamlarni ochish muvozanatli bosim usulida
(qatlamga repressiya sharoitida burg‗ilash) va movozanatlanmagan bosim ostidagi
usullarda (qatlam bosimi va quduq tubining tenglik sharoitlarida hamda qatlamga
depressiya sharoitida burg‗ilab) ochiladi.
Qatlamni repressiya sharoitida burg‗ilash quduqqa qatlam flyuidlarining
kirib kelishini oldini oladi hamda quduqni qazish rejimini taminlaydi.
Bunda mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‗llaniladigan an‘anaviy
repressiyada ochish usulida bosimlar farqi burg‗ilash eritmalarining qatlamga kirishi
uchun va ularni qatlamning kollektorlik xossasiga ta‘sir qilishiga sharoit yaratadi.
Neftgazpaydo bo‗lishini oldini olish maqsadida neft gaz sanoatidagi
texnik xavfsizlik qoidalariga mos ravishda [24] qatlamni repressiya sharoitida
ochishda quduq tubi zonasida minimal-kerakli gidrostatik bosim ustunini hosil qilish
uchun burg‗ilash eritmasining talab qilingan zichligi aniqlanadi va bu bosim
loyihaviy qatlam bosimining qiymatidan kichik bo‗lmasligi kerak:
10% quduqning chuqurligi 1200 m.gacha (oraliqlar 0 metrdan 1200 m.gacha);
5% quduqni burg‗ilash oralig‗i 1200 metrdan to loyihaviy chuqurlikgacha.
Tog‗ jinslarini murakkab uchastkalaridagi geologik qirqimlarini
burg‗ilashda tushirish-ko‗tarish operatsiyalarini hisobga olib, eritmaning zichligini
oshirishga ruxsat etiladi, lekin repressiyaning oshishi mahsuldor qatlamning
kollektorlik xossalarini saqlanish darajasini ta‘minlanishi hisobga olinadi.
Quduq tubi zonasida qatlamning o‗tkazuvchanligining pasayish
sabablarini o‗rganish burg‗ilashni muvozanatlashmagan qatlam bosim sharoitida
burg‗ilashni olib borishga olib keldi.
Mahsuldor qatlamlarni sifatli ochishning zamonaviy usullarini
qo‗llashga olib keldi: qatlamni depressiya va muvozanat sharoitida burg‗ilash ya‘ni,
muvazanatlanmagan qatlam bosimi sharoitida.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda kollektorlik xossalarini maksimal
darajada saqlashning eng yaxshi usuli qatlamni depressiya sharoitida ochish
hisoblanadi. Ikkinchidan mahsuldor qatlamni ochishda kollektorlik xossasining
saqlanishini ta‘minlaydigan usul bu bosimlar tengligi sharoitida burg‗ilash
hisoblanadi.
Qatlamga depressiya sharoitida mahsuldor qatlamni ochishda mahsuldor
qatlamni ochishning to‗liq davrida qatlam bosimi quduq tubi bosimidan yuqori
bo‗lganda qatlamga beriladigan ortiqcha bosimni hosil bo‗lishining oldi olinadi.
109
Qatlam bosimini gidrostatik bosimga tenglik sharoitida burg‗ilash eritmasining
zichligi 1,0 g/sm3 bo‗lgan suv asosli yoki uglevodorod asosli yengillashtirishgan
yuvuvchi suyuqliklar qo‗llaniladi. Bunda mahsuldor qatlamlarni qatlamga depressiya
sharoitida ochishda kengroq uglevod asosidagi eritmalar qo‗llaniladi.
Shunday qilib, qatlamni depressiya sharoitida burg‗ilash ishlatish obektlarining
mahsuldor yotqiziqlarini ochishda qatlam flyuidlarini oqimini doimiy quduqqa kirib
kelish (neft yoki gazni) jarayonlari bilan birlashtiriladi. Bunda burg‗ilash eritmasi
qatlamdan kirib keladigan flyuidlardan va burg‗ilangan tog‗ jinslarining
quyqumlaridan
doimiy
ravishda
tozalanadi.
Qatlam
flyuidlari
burg‗ilash
eritmalaridan ajratilgandan keyin maxsus sig‗imlarda to‗planadi.
Qatlamni depressiya sharoitida burg‗ilashda maxsus yer usti va yer osti
jihozlari qo‗llaniladi, quduq tubi bosimini va quduqqa kirib keladigan neft va gaz
oqimining kirib kelish nazoratini ta‘minlaydi hamda quduq tubi bosimini boshqaradi
va sig‗imning avariyasiz ishlashini ta‘minlaydi.
Qatlam bosimining qiymati va qatlamga beriladigan depressiya kattaligi
burg‗ilash kolonnasining ostki jamlanmasida joylashtirilgan maxsus manometrlar
yordamida nazorati amalga oshiriladi.
Tenglik bosimlar sharoitida burg‗ilashda mahsuldor gorizontlarni ochish
jarayonida quduqqa qatlam flyuidlarining kirib kelishini oldini olish imkoniyati
mavjud bo‗ladi.
Shuning uchun ham suvli yoki uglevodorod asosidagi yengillashtirilgan
burg‗ilash erimalari qo‗llaniladi. Bosimlar tengligi sharoitida mahsuldor qatlamlarni
ochishning eng afzali uglevodorod asosli eritmalar hisoblanadi.
Quduqlarda avariyasiz qazishni olib borishni ta‘minlashda quduqlarni
burg‗ilash jarayonida neftgazpaydo bo‗lishini nazarot qiladigan va oldini oladigan
maxsus jihozlardan foydalaniladi.
Muvozanatlashmagan qatlam bosimi sharoitida burg‗ilashda neftgazpaydo
bo‗lishini nazorat qilishda aylanuvchi preventorlardan foydalaniladi.
Bosimlar tengligi va qatlamga depressiyada quduqlarni burg‗ilashni
boshlashdan oldin mahsuldor qatlamning shipiga ishlatish kolonnasi tushiriladi va
sementlanadi. Eng oxirgi vaqtlarda muvozanatlashmagan qatlam bosimi sharoitida
burg‗ilash texnologiyasi ishlangan va qo‗llanilishi boshlab yuborilgan. Qatlamni
depressiyada burg‗ilashda uzluksiz egiluvchan burg‗ilash quvurlaridan (koltyubing)
foydalanish texnologiyasi keng qo‗llanilmoqda.
Kon sharoitida mahsuldor qatlamlarni depressiya sharoitida ochish
texnologiyasining natijalarini tahlil qiladigan bo‗lsak, mahsuldor qatlamning
kollektorlik xossalarining maksimal darajada saqlanganligi ma‘lum ya‘ni,
repressiyada ochilgan quduqlarni ekspluatatsiyasida mahsuldor qatlamning
beraoluvchanligi yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi.
Bundan tashqari kon tajribasida olingan ma‘lumotlarni tahlil qiladigan bo‗lsak,
mahsuldor qatlamlarning beraoluvchanlik ko‗rsatgichi repressiya sharoitida ochilgan
quduqlarni ochishning geologik sharoitlarga bog‗liqligini ko‗ramiz. Bu usulda
ochilgan quduqlarda kollektorlik xossalarini maksimal saqlanib qolinishi
ta‘minlanadi.
Murakkab geologik sharoitdagi samaralarda qatlamni repressiya sharoitida
ochishda burg‗ilash ishlarining sifati va samaradorligi amalda pasayishi mumkin. Bu
holat burg‗ilash eritmasi komponentlarining mahsuldor qatlamning quduq tubi
zonasiga va qatlamga repressiya tufayli qatlamning o‗tkazuvchanligini katta
qiymatga pasaytirishi bilan bog‗liqdir.
Shunday qilib, qatlamni repressiya sharoitida burg‗ilashda ifloslanish
darajasining oshib ketishining oldini olish uchun mahsuldor qatlamni ochishda
tenglik va qatlamga depressiya sharoitida ochishni qo‗llash maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish usulini tanlashni asoslash uchun
mahsuldor qatlamni ochishda qo‗llaniladigan har xil usullarni qo‗llanilishi quduq
qurilishini texnik – iqtisodiy ko‗rsatgichlari hisoblari bajarilib asoslaniladi. Aniq
geologik sharoitda flyuidlarni qazib olishning rentabelligi va quduqning qurilish
bahosi hamda quduqni ishlatish jarayonida kutiladigan mahsullik baholanadi [23].
Mahsuldor qatlamlarni past kollektorlik xossalarida flyuidlarni qazib olish
nuqtai nazaridan quduqni depressiyada yoki tenglikda ochishda quduq qurilishining
111
qimmatlashishiga qaramasdan bu usullarning qo‗llanilishi quduq qurilishi va
ishlatilishi bo‗yicha texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlarning samaradorligi bo‗yicha
baholanadi.
Keltirilgan tahlillarimizga muvofiq mahsuldor qatlamni ochishning har xil
usullari taqqoslanganda mahsuldor qatlamning ochishning eng afzal usuli aniq
geologik sharoitdan kelib chiqib tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |