97
Burg‗i birinchi reysni bajarganda mustahkamlash tizmasi boshmoq tagidan
chiqqandan keyin quyidagilar aniqlanadi:
-
belgilangan burg‗ilashdagi qatlamning bosimi;
-
quduq stvoli ochiq bo‗lganda maksimal ruxsat etilgan bosim kattaligida
(yutilishni boshlanish bosimiga) quduqning stvolini
bosim ostida siqish
amalga oshiriladi;
-
aylanuvchi preventorning rezina metalli zichlamalarining qarshilik kuchini;
-
sirkulyasiya to‗xtatilgandan keyin monefolddagi qoldiq bosim;
-
quvur orqa halqasidagi gidravlik qarshilik;
Yuqorida aniqlashtirilgan ma‘lumotlar asosida quyidagilar amalga
oshiriladi: qatlam bosimining gradientini va yutilishning boshlanish
bosimini oldindan tezkor aniqlash; burg‗ilash
eritmasining zichligini
kattaligini
korreksiyalash
(tuzatish); gidravlik og‗irlik indikatori
ko‗rsatkichini korreksiyalash.
2.4-rasm. “Quduq-qatlam” tizimida depressiya va muvozanat bosimda quduqni burg„ilashda
jihozlarning bog„lanmasi va joylashuv sxemasi.
1-ikki tomoni yopiq plashkali preventor; 2-quvur plashkali preventor; 3-universal preventor; 4-
aylanuvchi preventor; 5-quduq
usti boshqaruv bloki; 6-drosellash blokini boshqaruv pulti; 7-
sundirish va drosellash bloki; 8-ajratgich; 9-tozalash bloki; 10-100 mm.li manifold.
―Quduq-qatlam‖ tizimida belgilangan depressiya yoki muvozanat bosimini
ushlab turish reglamentda keltirilgan burg‗ilash eritmasining zichligi (
ρ
kel
),
quduqning halqa oralig‗idagi gidrodinamik qarshilikni, tushirish-ko‗tarishda va
burg‗ilash eritmasining sirkulyasiyasini hamda quduq usti
bosimining kattaligining
mavjudligini hisobga olish yo‗li orqali amalga oshiriladi.
Burg‗ilash eritmasining keltirilgan zichligining minimal qiymati suyuqlikni
sirkulyasiyasiz davomida burg‗ilash tizmasini ko‗tarish sharoitida kelib chiqqan
holda aniqlanadi. Burg‗ilash eritmasining keltirilgan maksimal qiymati quduqni
yuvish bilan burg‗ilash asboblarini turish sharoitida aniqlanadi.
Yuvuvchi
suyuqliklarning yutilishi eng katta xavf tug‗diradi, zichlikning
max
kel
qiymati
yuvilishni boshlanish bosimidan yuqori bo‗lgan bosimni paydo qilmasligi kerak.
AYUQBni oraliqlarga kirishning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi.
1)
mexanik burg‗ilash tezligini kuchayishi va chiqadigan qo‗yqumning
o‗lchami;
2)
burg‗ilash asboblarini ushlanishini va o‗tirib qolishini paydo bo‗lishi;
3)
burg‗ilash asboblari aylantirilganda burovchi momentni oshishi;
4)
ustunda bosimni oshishi.
Bunday turdagi belgilar paydo bo‗lganda g‗ovaklik bosimining qiymatini
aniqlashtirish, burg‗ilash eritmasini zichligini korrektirovka qilish,
ushlab qolish
bartaraflanguncha quduq tubining stvol qismiga ishlov berish va quduqni qazishni
davom ettirish kerak.
Burg‗ilash sharoitida loyihaviy va haqiqiy qiymatlardagi farqlar oshib ketganda
tog‗-geologik sharoitlarni aniqlashtirish uchun quduqda geofizik tadqiqot olib
boriladi.
Burg‗ilash jarayonida burg‗ilash eritmasining zichligi pasayadi. Burg‗ilash
asboblarini ko‗tarish oldidan burg‗ilash eritmasining zichligi normativ qiymatdan
oshadi. Boshqa zichlikdagi burg‗ilash eritmasiga o‗tish ikki usulda amalga oshiriladi:
-
katta zichlikdagi eritma haydash yordamida;
-
sirkulyasiya tizimidan foydalanib burg‗ilash
eritmasini tiklanishini
ta‘minlash va uni og‗irlashtirish uchun qayta tiklovchi mahsullardan
foydalanish. Gidrotsiklonli qo‗rilma yordamida zichlikni pasaytirish
ta‘minlanadi. Bunda kerakli zichlikdagi burg‗ilash eritmasi burg‗ilash
nasosining o‗lchov sig‗imiga kiradi, og‗irlashtirilgani esa – maxsus
sig‗imga to‗planadi. Burg‗ilash tizmasini ko‗tarib
olishda sirkulyasiyadagi
99
burg‗ilash eritmasining zichligi dastlabki ko‗rsatkichga olib kelinadi.
Burg‗ilash eritmasiga og‗irlashgichlar tebratish elakidan keyin qushiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: