Avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalar



Download 1 Mb.
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi1 Mb.
#362194
  1   2
Bog'liq
9-AEMS -Maruza -


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

 

 

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi

“AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTROMEXANIK SISTEMALAR”

Fanidan


9-taqdimot slayd

Qarshi‑ 2021

Energiya tejamkor asinxron elektr yuritmalarni yaratishning texnik yechimlari  

Reja:

 1. Asinxron motorning minimum stator toki rejimida ishlash prinsipi

2. Minimum stator toki rejimining qanday afzalliklari va kamchiliklari

3. Izlanuvchi tizimlarning ishlash asoslari 

Energiya tejamkor kontrollerli asinxron elektr yuritma kuyidagi tartibda ishlaydi. (9.1-rasm): Summator (jamlovchi) 4 ning birinchi kirishiga topshirik signali Utop beriladi (ushbu xolda o’zgarmas tokning rostlanadigan kuchlanishi) asinxron motor 1 ning ishga tushib ketishi vaktida elektr yuritma tokining minimumi bilan ishlash rejimi ko’zda tutilmaganligi uchun xotira bloki 5 berk xolatda bo’ladi va tiristorni boshkarish bloki 3 ning kirishiga jamlovchi 4 ning chiqishidan Ud=Utop signali beriladi.

9.1 – rasm. Kontrollerli energiya tejamkor asinxron elektryuritmaning blok sxemasi

Bu katta tokli tiristorlar bloki 2 da Umax shakllanishga mos keladi, bu kuchlanish dvigatel 1 ning kuchlanishi UU ga teng. Motor 1 ishga tushib bulgandan katta tokli tiristorlar bloki 2 ning chikishida kuchlanish dvigatel 1 ning yuklama toki buyicha bevosita tok datchigi 9 orkali rostlanadi. Signal tok datchigi 9 dan tokni differensiallash chikishida di/dt sngnali buladi, bu signal kuchlanishni differensiallash bloki 7 dan olinadigan signal, bu yerda kuchlanish datchigi 6 ning chikishidan olinadigan signal differensiallanadi. Bo’lish bloki 8 da bulish operatsiyasi bajariladi. Bu signal bulish bloki 8 ni chikishidan jamlagich 4 ning ikkinchi kirishiga xotira bloki 5 orkali beriladi.

Xotira bloki xisob –kalitli rejimda ishlaydi, ya’ni uni chikishida signal bor bulsa 5 blokda xozirgi va oldingi signallarni di/du solishtirish bajariladi, va minimum sharti bajarilgan vakt momentida di/du=0 xotira blok 5 ning chikishida di/du ning oldingi kiymati maxkamlanib koladi, bu esa yuklanganligiga karab, dvigatel 1 ga kuchlanishning optimal kiymatini beradi.

Tezligi chastotani o‘zgartirib rostlanadigan asinxron motorlarni minimum stator toki rejimida ishlatishning asosiy afzaliklaridan biri ma’lum o‘zgarmas statik moment qiymati uchun chastotaning rostlash diapazonida stator toki qiymati o‘zgarmasdan qoladi. Maslan, 9.2– rasmda yuklanish momenti bo‘lganida chastota nisbiy qiymatining 0,2–1,0 oralig‘ida o‘zgartirib tezligi rostlanganida stator tokining magnit oqimiga bog‘liq o‘zgarish tavsiflari keltirilgan. Asinxron motor chastotaning 1,0 qiymatida ishlayotganida magnit oqimining qiymatida bo‘lishi stator tokining minimal bo‘lishini ta’minlaydi va motorning magnit tizimi to‘yingan bo‘ladi

9.2 – rasm. Chastotasi o‘zgartirilib tezligi rostlanadigan 4A100L4U3 rusumli asinxron motor validagi yuklanish momenti teng bo‘lgandagi tezligi chastotaning α=0,2 – 1,0 o‘zgarishi oralig‘ida rostlangandagi stator

tokining magnit maydoniga bog‘liq ravishda o‘zgarish tavsiflari

Chastotaning boshqa qiymatlarida, ya’ni chastotaning nominal qiymatidan kamayib borishi bilan stator toki tavsiflarining minimal nuqtalari magnit oqimining kamayishi tomoniga qarab siljib boradi va motorning magnit tizimi to‘yinmagan holda bo‘ladi. Masalan, 0,2 bo‘lganida stator tokining minimal qiymati magnit okimining qiymatiga to‘g‘ri keladi. 9.3–rasmda stator tokining eng kichik qiymatida ishlaydigan chastotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmaning blok sxemasi tasvirlangan.

Avtomatlashtirilgan elektr yuritma tizimining tarkibiy tuzilishi: asinxron motor M va uning stator chulg‘amiga bilvosita tiristorli chastota o‘zgartkich CHO‘ ning kuch sxemasi KS ulangan, CHO‘ ning chastotani boshqarish tizimi CHBT ga to‘g‘ridan tug‘ri vazifalovchi qurilmadan berilayotgan vazifalovchi signal UV ulangan, kuchlanishni boshqarish tizimi KBT ga funksional o‘zgartkich FO‘ ning birinchi kirish qismi orqali UV signal beriladi, ikkinchi kirish qismiga xotira qurilma XQ ning chiqish qismi ulangan, XQ ning kirish qismiga bo‘lish blokining chiqish qismi ulangan, BB ning ikkinchi kirish qismiga birinchi differensiallovchi qurilma 1DQ ning chiqish qismi ulangan, 2DQ ning kirish kismiga kuchlanish o‘lchov o‘zgartkichi KO‘O‘ ning chiqish qismi ulangan,

Asinxron elektr yuritma quyidagi tarzda ishlaydi: vazifalovchi signal UV CHBT ga boshqaruv chastotaga mos signalni uzatadi va bu signal bir paytda 1FO‘ ga ham berilib, yuklanish momenti xarakteriga mos ravishda

ifoda bo‘yicha rostlab KBT ga uzatiladi. CHO‘ ning kuch sxemasi KS ning chiqish qismidan asinxron motor M ning stator chulg‘amiga motor validagi yuklanish momentiga mos chastotali kuchlanish beriladi. Motor validagi yuklanish nominal qiymatda bo‘lsa, ya’ni

bo‘lganida, u holda HQ ning chiqish qismidagi signal bo‘ladi.

Yuklanish momenti bo‘lsa, u holda TO‘O‘ da stator

tokiga mos ekvivalent signal hosil qilinadi.

Bu signal 2DQ ning kirish qismiga yuboriladi va u yerda vakt bo‘yicha differensiallanib,

BB ning birinchi kirish qismiga yuboriladi va shuningdek BB ning ikkinchi kirish qismiga KO‘O‘ dan olingan kuchlanish 2DQ da vaqt bo‘yicha differensiallangan

signal beriladi. BB da bo‘lish amali bajarilib vaqt bo‘yicha bog‘lanmagan signal hosil qilinadi

9.3 – rasm. Stator tokining eng kichik qiymatida ishlaydigan chastotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmaning blok sxemasi

shartining bajarilishi asinxron motorning minimal stator toki rejimida ishlashini ta’minlaydi. Bu shartning bajarilmasligi

ning ma’lum qiymatga ega bo‘lishiga olib keladi va bu signal HQ orqali FO‘ ning ikkinchi kirish qismiga uzatiladi. Bu yerda real yuklanish momenti va chastotani hisobga olgan holda motorning minimal stator toki rejimida ishlashini ta’minlovchi boshqaruv kuchlanishini yuzaga keltirishda ishtirok etadi

Signal


HQ da keyingi yuklanish momenti va shuningdek chastota qiymatining o‘zgarishiga qadar saqlanib turiladi.

Bu avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritma blok sxemasidagi qurilmalari va bloklarini yagona mikroprotsessorli tizimga biriktirish elektr yuritmaning funksional imkoniyatlarini va tezkorligini oshirishi bilan birga konstruktiv ixchamlikka ham olib keladi.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish