3-Ma’ruza. Mavzu: sistema bloki komponentlarini o‘rganish. Mikroprosessorlar va ularning turlari



Download 1,4 Mb.
bet1/15
Sana01.04.2022
Hajmi1,4 Mb.
#523364
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 SISTEMA BLOKI KOMPONENTLARINI O‘RGANISH. MIKROPROSESSORLAR VA ULARNING TURLARI

3-Ma’ruza. MAVZU: SISTEMA BLOKI KOMPONENTLARINI O‘RGANISH. MIKROPROSESSORLAR VA ULARNING TURLARI


Reja

  1. Kompyuterlarni qismlarga ajratish.

  2. Sistema blokiga texnik qurilmalarni ulash.

  3. Sistema blok portlari bilan tanishish.

Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.


Asosiy plata yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalar bo'lib, unga ba'zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali - shinalar (simlarning o'ramlari) yordamida bog'lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan ma'lumotlar) shinasi, Asosiy plata adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
Tizimli blok ichida quyidagi qurilmalar joylashgan bo’ladi:

  1. Bosh plata (Ona plata, materinskaya plata) - asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprosessor, BIOS, CMOS, operativ xotira kabi elementlar biriktiriladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi. Qurilmalar orasida “ko’prik” cvazifasini bajaradi.



  1. Mikroprosessor arifmetik-logik qurilma bo’lib, kompyuterning “yuragi” hisoblanadi. Mikroprosessor sekundiga millionlab har xil amallarni bajaradi. IBM PC kompyuterlarida INTEL, AMD, CYRIX, IBM va boshqa firmalarning mikroprosessorlari ishlatiladi.


Mikroprotsessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU)-dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo’lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko’rinishda tayyorlangan. Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:
•asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o’qish va deshifrlash (ochish);
• ma’lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o’qish;
• so’rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko’rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash;
• ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining registrlariga yozish;
• SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish.
3) Qattiq disk (Vinchester) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir. Zamonaviy kompyuterlarda 20 Gb dan 1Tb gacha bo’lgan qattiq disklar qo’llanilmoqda.

4) Operativ xotira (Tezkor xotira) – mikroprosessor ish tezligini oshirish uchun ishlatiladi, ya'ni asosiy axborotlar o’qish va yozishda shu xotirada joylashadi. Opreativ xotirada axborot faqat kompyuter yoqilgan holda saqlanadi, o’chirilganda tezkor xotira tozalanadi. Operativ xotiraning 1, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256, 512 Mb, 1Gb, 2Gb li turlari mavjud. Zamonaviy kompyuterlarda operativ xotira sig’imi 64 Mb dan kam bo’lmaydi.

Kompakt disk diskovodlari yoki (CD–ROM- Compakt Disk-Read Only Memory) - diametri 4,7 dyum va qalinligi 0,6 dyum bo’lgan kompakt lazer disklarga yozilgan ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Keyingi paytlarda bunday diskovodlarga bo’lgan talab oshib bormoqda. Chunki, ko’pgina amaliy dasturlar (OC Novell; Windows NT; Borland C ++ kompilyatori; Coler Draw grafik paketi) kompakt disklarga yozilgan holda sotilmoqda. Bundan tashqari bunday diskovodlar musiqa eshitish, videoroliklarni va maxsus multimedia-filmlarni tamosha qilish imkonini beradi. Bunga kompakt disklarning quyidagi qulayliklari sabab bo’ldi: -ma’lumotlar juda ishonchli holda saqlanadi;
-bitta kompakt diskga juda katta hajmdagi (700 Mb gacha) ma’lumotlarni sig’dirish mumkin;
-diskovodagi ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kiritish tezligi ancha yuqori (500 Kb/sek. gacha). Hozirgi paytda Acer, Astech, Cold Star, Toshiba, Verbatim, Agfa, Canon, Epson, Fijitsu, HP, Microtek, Primax, Visionner, LG, Sony, Samsung, Panasonic va boshqa firmalar tamonidan bunday diskovodlarning sig’imlari 650Mb va 700Mb bo’lgan ikki turi ishlab chiqilmoqda: -kompakt-diskdagi ma’lumotlarni o’qishga mo’ljallangan (CD-Read yoki CD-R) diskovodlar;
-kompakt-diskdagi ma’lumotlarni o’qishga hamda shunday disklarga yozishga mo’ljallangan (CD-ReWriter yoki CD-RW) diskovodlar.
Bunday diskovodlar maxsus DVD (Digital Video Discs – raqamli videodisk) disklaridagi ma’lumotlarni o’quvchi diskovodlardir. Ular DVD disklarida yozilgan videoroliklarni, videofilmlarni ham kompyuterda tamosha qilish imkonini beradi. CHunki ishlab chiqarilayotgan DVD disklarining sig’imi 17 Gb gacha boradi. Bu esa bir yoki ikki seriyali to’lametrajli badiiy filmni yozish uchun etarlidir (bir seriyali film o’rtacha 4,7Gb joy egallaydi).Hozirgi paytda ishlab chiqilayotgan DVD disklari quyidagi turlarga bo’linadi. Sig’imlari bo’yicha:
-bir tomonli va bir qatlamli (DVD5 disklari, sig’imlari 4,7 Gb);
-bir tomonli va ikki qatlamli (DVD9 disklari, sig’imlari 8,5 Gb);
-ikki tomonli va bir qatlamli (DVD10 disklari, sig’imlari 9,4 Gb);
-ikki tomonli va ikki qatlamli (DVD18 disklari, sig’imlari 17 Gb);

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish