Tarmoq fayl tizimi va disklari bilan ishlash



Download 268,44 Kb.
bet1/6
Sana22.07.2022
Hajmi268,44 Kb.
#836238
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Linux fayl tizimi. Fayl turlari. Linux asosiy papkalari


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI AXBOROT TIZIMLARINI MATEMATIK VA DASTURIY TA’MINOTI YO’NALISHI 310-GURUH TALABASI IKMATULLAYEV DOSTONNING LINUX OPERATSION TIZIMI FANIDAN “TARMOQ FAYL TIZIMI VA DISKLARI BILAN ISHLASH” MAVZUSIDA YOZGAN


MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Ikmatullayev Doston
Qabul qildi: Abdirofiyev Norbek


Reja:
1.Linux operatsion tizimi haqida.
2.Linux fayl tizimi.

3. Linuxda, disklarni boshqarish haqida


4. Linux operatsion tizimida disklarni boshqarish

1.Linux operatsion tizimi haqida.
Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba'zida GNU/Linux deb nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta'minlovchi ko'pgina dasturlar GNU dasturiy ta'minoti hisoblanadi. GNU bu Unix emas degan ma'noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin bo'lgan barcha dasturiy ta'minot, tahrirlovchi dasturlar, kompilyatorlar, ishlab chiqarish vositalari, utilitlar, paketlar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo'lishi kerak deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni GNU/Linux deb nomlash to'g'riroq bo'ladi, Linuks termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin.
Linuks operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o'tmishga ega bo'lmasada, ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabopi hisoblanadi. EHM ning birinchi davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash mashinalarini faqatgina bitta odam(foydalanuvchi) foydalana olgan. Unga misol qilib, IBM 701, Fortran Monitor System uchun yaratilgan General Motors Operating System(GMOS) va IBM 709 uchun ishlab chiqilgan North American Aviation ni keltirishimiz mumkin. 1960 yilda Massachusets texnologiya universitetida GE-645 mashinasi uchun eksperemental operatsion tizim — Multics (Multiplexed Information and Computing Service) yaratildi. Ushbu operatsion tizimni yaratuvchilaridan biri AT&T kompaniyasi loyihadan ajralib chiqib, 1970 yilda o'zining shaxsiy Unix operatsion tizimini yaratdi va uni ishlashi uchun C dasturlash tilidan foydalanadi.
Yigirma yildan so'ng Endru Tannenbaum shaxsiy kompyuterlarda ishlovchi Unix ning MINIX (minimal Unix) deb nomlanuvchi mikroyadroli versiyasini ishlab chiqadi. Ochiq kodli MINIX operatsion tizimi Xelsinki universiteti talabasi Linus Torvalds ni ilxomlantirib yubordi va 1990 yillar boshida Linux yadrosini yaratishga olib keldi.
1991 yil 25 avgusta USENET nomli konferenstiyada Linus Torvalds o'zining Linux nomli operatsion tizimini e'lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta'kidlab o'tdi. Bir necha oylardan so'ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi. Shundan so'ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko'p foydalanuvchilar o'z kodlarini jo'natib, operatsion tizimni mukammal ko'rinishga olib kelishga xarakat qilishdi. Operatsion tizimning ishlovchi yaxshi varianti 1995 yilda shakllandi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, 1997 yilga borib 6 millinga yaqin shaxsiy kompyuter va serverlarga GNU/Linux operatsion tizimi o'rnatildi.
Bu operatsion tizimni foydalanuvchilarini aniq hisoblab bo'lmaydi, chunki bu operatsion tizimni istalgan foydalanuvchi, istalgan kompyuteriga o'rnatish mumkin, eng asosiysi hech qayerda ro'yxatdan o'tish shart emas.
Hozirgi kunda Linux operatsion tizimini asosan server kompyuterlariga o'rnatishmoqda. Chunki bu tizim xavfsizlik jihatidan juda kuchli hisoblanadi. Bu tizimni juda ko'p distributivlari(Mandriva, Gentoo, Redhat,.. )mavjud bo'lib, ularning versiyalari ham juda tez suratda yangilanib bormoqda.
Bu operatsion tizim 1991-yil Xelsinkidagi universitetlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissertatsiya ishi natijasida, UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizimi sifatida yuzaga keldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha „free“, „freak“ soʻzlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi „X“ harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning doʻsti Ari Lemka yadroga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.
Operatsion tizim Internet tarmogʻiga joylashtirishi natijasida tez orada oʻz foydalanuvchilari va muxlislariga ega boʻldi va koʻpgina dasturchi(programmist)larni oʻziga jalb qilishi Linux operatsion tizimining keskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi operatsion tizimlar ichida oʻziga xos oʻrniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy taʼminotlardan biridir, yaʼni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Internet tarmogʻi orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu operatsion tizimning 2 ta ishlash uchun moʻljallangan interfeyslari boʻlib, ular GUI (Graphic User Interface) — grafikali interfays hamda CLI(Command Line Interface) — konsol, yaʼni buyruqlar qatoridan iboratdir.
Linuxning asosiy uy saytining (homepage) bogʻi: http://www.linux.org. Ushbu saytda operatsion tizim haqida asosiy maʼlumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin.
Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan Oʻzbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internedagi sayti: http://www-user.uni-bremen.de/~kmashrab/freax.homelinux.net Arxivlandi 2011-11-17 Wayback Machine saytida.. Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Linux operastion tizim ga quyidagi fayl tizimlari o'rnatilishi mumkin.
Ext – Linuks operastion tizimning birinchi fayl tizimi xisoblanadi, dastlabki linux versiyalarida qo'llanilgan. Jurnallar bilan ishlay olmaydi, mana shu uning kamchiligi hisoblanadi.
Ext2 – 1993 yilda yaratilgan eski fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Ko'p yillar davomida bu fayl tizimi barcha distributivlarda asosiy fayl tizimi sifatida qo'llanilgan. Ext2 fayl tizimini ishlashi kesh xotira bilan bog'liq. Barcha disklarda bo'layotgan jarayonlarni kesh xotiraga tashlab, so'ng diskga tashlanadi. Shu sababli bu fayl tizimining tezligi juda baland, lekin ish jarayonida tok biror sababga ko'ra o'chib qolsa, kesh xotiradagi barcha ma'lumotlarni yo'qotib qo'yishimiz mumkin bo'ladi. Chunki qattiq diskga yozilmagan ma'lumotlar kesh xotiradan o'chib ketadi. Shu sababli bunday fayl tizimi bilan ishlayotganda uzluksiz tok manbaidan foydalanish zarur. Hozirgi kunda bu fayl tizimi o'zining muhimligini yo'qotgan.
Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko'rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo'llanilgan. Diskda sodir bo'lgan o'zgarishlarning barchasi "jurnallarga" yozib boriladi va ma'lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo'ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
— Ordered – bu rejimda fayl tizimida sodir bo'lgan hizmat(служебный) fayllarini o'zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy tarzda ishlatiladi.
— Journal – buzilish sodir bo'lganda ma'lumotlarni minimal yo'qotishga erishmoqchi bo'lsangiz shu rejimdan foydalanishingiz mumkin. Bu rejimda hizmat fayllaridan tashqari foydalanuvchining ma'lumotlari xam jurnalga yozilishi mumkin. Shuning uchun bu rejim eng sekin ishlaydigan rejim hisoblanadi.
— Writeback – eng tez va eng foydasiz bo'lgan rejim hisoblanadi.
Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o'rnatish mumkin va u quyidagicha o'rnatiladi: /etc/fstab fayli o'zgartiriladi
/dev/sda5 / ext3 defaults, data=journal 1 1
Ext3 fayl tizimida disk razdellarining maksimal qiymati 4 Tbayt, lekin linuks yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib belgilangan. Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bo'lishi mumkin. Jurnallar bilan ishlash texnologiyasini o'chirib qo'yish xam mumkin.
Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo'lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo'lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko'rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.

Download 268,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish