3-Ma’ruza. Mavzu: sistema bloki komponentlarini o‘rganish. Mikroprosessorlar va ularning turlari



Download 1,4 Mb.
bet4/15
Sana01.04.2022
Hajmi1,4 Mb.
#523364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 SISTEMA BLOKI KOMPONENTLARINI O‘RGANISH. MIKROPROSESSORLAR VA ULARNING TURLARI

Mikroprotsessor, boshqacha nomi – markaziy protsessor (MzP).
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bо‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi. Aksariyat hollarda MzP о‘z ichiga: arifmetik-mantiqiy qurilmani; ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini; registrlarni; komandalar hisoblagichini;kesh – kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbaytga qadar) saqlash qurilmasini; nuqtasi о‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi.

Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar kо‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema kо‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan tо‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi kо‘rinishida tayyorlangan bо‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bо‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi.
Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bо‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – kо‘p protsessorli tizimlar deb ataladi.
Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 1971 yilda Intel firmasi (AQSH) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mikroprotsessorlarning bir necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel va AMD firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng kо‘p tarqalgani mikroprotsessorlar deb e’tirof etilmoqda.
Intel mikroprotsessorlari
Baliq ovida qо‘llaniladigan elektron xо‘rak bilan о‘quvchi ishlatadigan shaxsiy kompyuter о‘rtasida qanday umumiylik bor Ikkalasining zamirida Intel mikroprotsessorlari mavjud. Mikroprotsessorlar tо‘g‘risida gap borganda kо‘pchilik shaxsiy kompyuterni tasavvur qiladi. Biroq ilk protsessorlar kundalik hayotda keng qо‘llaniladigan kо‘plab mexanizm va asbob-uskunalar ichiga о‘rnatilgan edi. 1971 yili Intel kompaniyasi о‘zining eng birinchi mikroprotsessorini havola etganida, ushbu texnologiya kelajakda qanday murakkab apparatlar yaratilishiga olib kelishini о‘shanda hech kim hayoliga ham keltirmagan edi.
Protsessor qо‘llanilgan ayrim sohalarni sanab о‘tamiz:
- svetofor kontrolleri
- interfaol о‘yinchoqlar
- radiomodem
- sun’iy yо‘ldosh orqali aloqa
- avtomobilda qо‘llaniladigan raqamli navigatsiya tizimi
- avtomobilda qо‘llaniladigan о‘t oldirish va yoqilg‘i yetkazish tizimini boshqarish
- printerlar
- ovoz rejissyorining pulti
- lokomotivlar (dvigatelning elektr ta’minotini nazorat qilib borish uchun qо‘llaniladi)
- interfaol sezuvchan (sensorli) videoekran
- kompyuterli terminal klaviaturasi
- kо‘chmas disk
- elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat
- texnologik nazorat (ishlab chiqarish jarayonining sharoitlari, jumladan harorat, bosim yoki materiallar sarfi ustidan nazorat)
- baliq ovida qо‘llaniladigan elektron xо‘rak
- elektron gitara, organ, sintezator
- geliyli detektor
- sport trenajyorlari
- dars elektron о‘yini
- tadqiqot asboblari
- dengiz kemalari shvartovka muftalarining kontrollerlari
- start blokining sensorlari (yengil atletikada falstartning (komanda berilmasdan oldin olingan startning) oldini olish uchun qо‘llaniladi)
- kompyuter-kassa tizimlari
- uyali aloqa (qо‘l) telefon apparatlari
- kabelli televideniyening dekoderi
- faksimil aloqa apparati
- sun’iy yо‘ldoshdagi qabul qurilmasi
- tibbiyot jihozlari
- bemorlar holati ustidan nazorat qilish tizimi
- savdo-sotiqda qо‘llaniladigan avtomatlar
- duradgorlikda qо‘llaniladigan elektron adilak (shayton)
- nusxakash uskunalar
- shtrix-kodli printer
- robot qо‘li
- yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda kо‘paytirish (hayvonning terisi ostiga о‘zining yaqin qarindoshi bilan chatishtirilishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun olimlar foydalanadigan genetik axborotga ega juda kichik mikrosxemalar ulanib, bitkazib yuboriladi)

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish