Yutilish ko‗tilayotgan qatlamlarda burg‗ilash ishlarini olib borish usullari
ishlangan bo‗lib, bunda muvozanatlashtirilgan burg‗ilashdan muvozanatlashgan va
teskarisiga silliq o‗tish masalasini amalga oshirish juda ham muhimdir. Ko‗rsatilgan
usuldan foydalanishni tog‗-geologik sharoitlarda qo‗llashni chegaralari aniqlangan
bo‗lib, bunda maxsus texnologiyalarida foydalaniladi.
Bunday texnologiyada
yuvuvchi suyuqlikning gidrostatik bosimini qatlamning bosimidan 5-15 % ga oshirib
qo‗llanilganda, bir qator afzalliklarga ega va unga quyidagilar kiradi:
1)
quduqlarni qazib chuqurlashtirish jarayonida mahsuldor qatlamning
ochiladigan qiqrishda bir xil qiymatga ega bo‗lgan javobni olish;
2)
qatlam quduq tubi atrofi zonasidagi mahsuldor qatlamning tabiiy
o‗tkazuvchanligini saqlash, o‗zlashtirish muddatini qisqartirish va qo‗shimcha neft va
gaz qazib olishga erishish;
3)
burg‗ilash tezligini oshirish;
4)
yuvuvchi suyuqlikni tayyorlashga va qayta ishlashga sarflanadigan
materiallarni va elektr energiyasini tejash, ekologiya talablarini bajarishga erishish.
Quduqlarni burg‗ilashda quduqqa (qatlamga depressiyada) qatlamdan
flyuidlarning erkin oqimi mavjud bo‗lganda, mahsuldor qatlam pasaytirilgan bosimda
ochilganda ham AYuqB sharoitida ochilganda ham samarali bo‗ladi.
APQB sharoitida depressiyada burg‗ilashni olib borishda ko‗pik va aeratsiyali
suyuqlik bilan yuvishni qo‗llash hamda gaz yoki tuman
bostirib ham olib borish
mumkin.
Bir qator davlatlarda g‗ovakli, yoriqli, g‗ovakli-yoriqli, yoriqli-g‗ovakli,
g‗ovakli-kovakli-yoriqli turdagi terrigen va karbonatli kollektorlarda depressiyada
burg‗ilash ishlari olib boriladi.
AYuqB sharoitida statik depressiyada qatlamning shipidagi bosimning qiymati
0,6-4,0 MPa bo‗lganda to‗rtta quduqlarda burg‗ilash ishlari 1,31 ≤ K
a
≤ 1,5 anomallik
koeffitsientida olib borilgan. Qolgan 14 quduqda qatlam bosimi pasaytirilgan yoki
normal gidrostatik bosimga yaqin anomallik koeffitsient 0,39 ≤ K
a
≤ 1,09 bo‗lgan
sharoitda olib borilgan.
87
Quduqlarni depressiyada burg‗ilashda quduqni yuvishda tabiiy gaz, CaCl
2
ning
aralashmasidan, qattiq fazosiz polimer tuzli eritmadan, kam gilli polimerli eritmadan
va polemir gilli og‗irlashtirilgan burg‗ilash eritmasidan foydalanilgan. Hamma
holatlarda mahsuldor qatlamni ochishda ijobiy natijalar olingan.
Ishlangan (sinalgan) texnologiya va maxsus texnologik jihozlardan foydalanib
mahsuldor qatlam depressiya sharoitida burg‗ilanganda va ta‘mirlanganda qo‗yilgan
hamma talablarni to‗liq qoniqtiradi. Quduqlarni yuvishda maksimal depressiya
mahsuldor qatlamda 7,0 MPa gacha etishi mumkin. Quduqning ustidagi bosim 14
MPa bo‗lishi kerak.
Germetikli sirkulyasiya tizimidan foydalanilganda
quduq ustida belgilangan
ortiq bosim avtomatik ravishda boshqariladi va quduqning halqa oralig‗i orqali chiqib
keladigan yuvuvchi suyuqlikdan namuna olib tekshirish ta‘minlanadi.
Quduqlarni tozalash va qayta tiklash sharoitida yuvishda yuvuvchi
suyuqliklarning GST dagi bosimini rostlash va ajratishda ajratgichlarni qo‗llash
oldindan mo‗jallanadi.
Quduqqa kirish va chiqishdagi yuvuvchi suyuqliklarning parametrlarini
to‗xtovsiz nazorat qilish amalga oshiriladi. Depressiyada burg‗ilash texnologiyasida
GST dan foydalanishni amalga oshirish 2.1-rasmda keltirilgan. Quduqdan chiqadigan
yuvuvchi suyuqlik (14) quduq ustidagi chorbamoqning (krestovina) zulfinining
tashlanma chiziqi va tashlanma teskari klapani (11) orqali germetikli sirkulyasiya
tizimining yuqori bosimli ajratgichiga (1) kirib keladi
va u yerda quyqumlarni
ajratish sodir bo‗ladi.
Ajratgichdan (1) suyuqlik gaz bilan quduq usti avtoboshqariladigan sig‗imga
(2) to‗planadi. Sig‗imdan (2) ballonlardan (5) inertgaz,
P
1
ortiqcha bosim bilan
sig‗imni (8) egallaydi va bundagi bosim quduq ustidagi (14) ortiqcha bosimga teng
bo‗ladi.