75
past o‗tkazuvchan kollektorli quduqlarning qurilishini va uni ishlatishga topshirishni
texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlariga ta‘sir qiladi. Bunga asoslangan holda loysiz
burg‗ilash eritmalarini qo‗llash maqsadga muvofiq hisoblanadi hamda uning zichligi
suvda eriydigan tuzlarning va og‗irlashtiruvchi
kislotali eritmalarning
konsentratsiyasi orqali boshqariladi.
Bu eritmalar mahsuldor qatlamlarni ochishda loyli eritmalarning oldida
tarkibidan loyli eritma materiali chiqarib tashlanganligi uchun prinsipial yutuqqa ega
hamda qatlamga kirib borganda qatlamdan oqim chaqirilganda va quduqlarni
o‗zlashtirishda qatlam quduq tubi zonasidan olib chiqarish qiyin hisoblanadi. Bu
eritmaning yana bir afzalligi quduq devorida barqaror mustahkamlikka ega bo‗ladi
[45].
Yuqoridagi ma‘lumotlarga tayangan holda AYUQB sharoitida mahsuldor
qatlamlarni ochishda loysiz burg‗ilash eritmalarini 1600 kg/m3 zichlikkacha
og‗irlashtirishda qatlam suvlari, noorganik tuzlarning eritmalari (natriy xlorid, kaliy,
kalsiy, magniy) va kalsiy karbonat yordamida og‗irlashtirish tavsiya qilinadi.
AYUQB juda yuqori bo‗lganda burg‗ilash eritmalari 1600-2200 kg/m3
gacha brom
kalsiy, sinka yoki uning aralashmasi asosida og‗irlashtiriladi, natijada mahsuldor
qatlamni yuqori sifatda ochilishini ta‘minlaydi.
Eritmalarning yuqori zichligi faqat noorganik tuzlar yordamida emas balki,
organik va ishqorli metallarning formiatlari yordamida ham ta‘minlanadi. Hozirgi
vaqtda formiiatlar asosidagi texnologik suyuqliklar qo‗llaniladi qaysiki,
tarkibida
polisaharid reagentlari filtrlanish va reologik xossalarini boshqarish uchun qo‗shiladi
hamda zaruriy holatlarda QQTZni vaqtinchalik kolmatatsiyalash uchun marmar
ushoqchalaridan ham foydalaniladi [8].
Formiatlar asosida tayyorlangan burg‗ilash eritmalari 200°C. gacha termik
barqarorlikni saqlaydi. Formiatlardan foydalanilganda burg‗ilash eritmalaridan ko‗p
karrali va ko‗p maqsadli foydalanish imkoniyati paydo bo‗ladi chunki, u yuqori
fermentativ mustahkamlikka va termik nordon
destruksiyalanishga qarshi
mustahkamligi yuqoridir.
AYUQB sharoitida mahsuldor qatlamlarni ochishda texnologik suyuqliklar
sifatida quyidagi eritmalardan foydalanish tavsiya qilinadi:
-tizimlar qattiq fazasiz formiat natriy, formiat kaliy va seziydan asosidagi
eritmalar;
-formiatlar
qisman kislotali eritmali karbonatli og‗irlashtirgichlarga
almashtirilgan tizimlar;
tarkibi pasaytirilgan kislota eritmasiz qattiq fazasiz tizimlar (р = 2200 kg/m
3
).
Og‗irlashtirishgacha barit, siderit (temir karbonati).
Noorganik tuzlarga nisbatan formiatlarning asosiy afzalligi (bromid va xlorid)
ularning ekologik xavfsizligidir. Suv asosidagi og‗irlashtirilgan burg‗ilash eritmalari
bilan mahsuldor qatlamlarni sifatli ochishda uglevodorod asosli og‗irlashtirilgan va
invertli-emulsiyali burg‗ilash eritmalari qo‗llaniladi qaysiki, og‗irlashtirilgan
tarkibdagi eritma neft qobiqlarini ichida joylashadi chunki, neftning pardalarini ularni
ichida ushlab turish xossasiga ega bo‗ladi [56].
Uglevodorod tarkibining evaziga uglevodorod asosidagi va invertli –
emulsiyali eritmalar kollektorlik xossalarini saqlash hisobiga
mahsuldor qatlamlarni
yuqori darajada sifatli ochilishini ta‘minlaydi. Bunda ko‗p holatlarda mahsuldor
qatlamlarning
sifatli
ochilishi quduqlarni
ishlatishga
topshirishda
hamda
rejalashtirilgan sanoat miqyosidagi flyuidlarning hajmini qazib olishning texnik-
iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi.
Anomallik
koeffitsiyenti К
а
>1 bo‗lganda mahsuldor qatlamlarni birlamchi
ochishda va qatlamga kirishda burg‗ilash eritmasining turi va tarkibi mahsuldor
uyumni tuzilishining geologik xususiyatlaridan, tarkibi va filtratsiya-sig‗imdorlik
xossasiga mos ravishda mahsuldor qatlamni kollektorlik
xossalarini saqlashni,
avariyasiz va ekologik xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: