65
O‗rtacha qatlam bosimi Po‗r alohida quduqlardagi statik bosimni o‗lchash
bo‗yicha aniqlanadi. Uyum bo‗yicha o‗rtacha muallaq qatlam bosimi quyidagicha
formula yordamida aniqlanadi:
n
i
i
n
i
i
i
r
o
f
f
P
Р
'
(1.60)
bu yerda:
f
i
- i- ta quduqqa to‗g‗ri keluvchi maydon;
P
i
- i- ta quduqning statik bosimi;
n
- quduqlar soni.
O‗rta muallaq hajm bo‗yicha qatlam bosimida faqat maydon hisobga
olinmasdan, har bir quduqga to‗g‗ri keluvchi o‗rtacha qatlam qalinligi ham hisobga
olinadi va quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
i
n
i
i
i
n
i
i
i
r
o
h
f
h
f
P
Р
'
(1.61)
O‗rtacha qatlam bosimi izobar xaritasi bo‗yicha aniqlanadi.
Boshlang‗ich qatlam bosimi – bir gurux qidiruv
quduqlarini sinov ishlatish
davrida aniqlangan o‗rtacha qatlam bosimi.
Uyumlar ishlatish jarayonida qatlamga ta‘sir etuvchi ishchi agentlarni haydash
kuchaytirilganda yoki chegaralanganda qatlam bosimi o‗zgaradi. Shuning uchun
konni ishlatish vaqtida aniq holatiga baho berish uchun o‗rtacha qatlam bosimi
aniqlanadi va vaqt bo‗yicha bosimni o‗zgarish grafigi quriladi. Aniqlanib boriladigan
bosim qatlam joriy bosimi deyiladi.
Bundan tashqari yuqorida sanab o‗tilgan bosimlardan boshqa uyumlarni
ishlatish davrida haydash tizimidagi bosim va qatlamdan suyuqlik olish tizimidagi
bosimlar tushunchasi kiritiladi.
Neft konlarini ishlatish jarayonida qatlam bosimi holati to‗g‗risida tizimli
nazorat
olib boriladi, natijalar bo‗yicha qatlam bosimi holati muhokama qilinadi,
zaruriy hollarda qatlamga haydaladigan ta‘sir etuvchi agentlar hajmini kuchaytirish
yoki kamaytirish bo‗yicha tuzatishlar kiritiladi hamda kon alohida uchastkasi yoki
butun kon bo‗yicha ishlatish jarayonini boshqarish uchun boshqa choralar
qo‗llaniladi. Quduqlardagi qatlam bosimi qirg‗ich simda quduq tushirilgan chuqurlik
manometrlari yordamida o‗lchanadi.
Yer usti yuzasidagi harorat har xil bo‗lib, katta qiymat chegarasida o‗zgaradi.
U quyosh nurlarining yoritishiga bog‗liq. Yer yuzasida harorat tebranishi uncha katta
bo‗lmagan chuqurlikda haroratning o‗zgarishiga olib keladi. Kunlik haroratning
tebranishi bir metr chuqurlikda so‗nadi, yillik esa taxminan 15
metr chuqurlikda
so‗nadi. Bunday sath neytral qatlam deb ataladi, undan pastdagi qatlamlarda harorat
yerning chuqurligidan keluvchi issiqlik oqimi ta‘sirida doimiy va bir tekisda o‗sadi.
Yer qobig‗ining yuzasida haroratni ajratish chegarasi quyoshdan keladigan va
maydonning ichki issiqligiga bog‗liq bo‗lib, qatlam doimiy musbat yoki manfiy
haroratli hisoblanadi. Pastki qatlamlarda doimiy manfiy haroratlar ko‗p yillik muzli
tog‗ jinslarida joylashadi. Pastki qatlamlarda chuqurlik o‗sishi bilan musbat harorat
oshib boradi. Bunday tog‗ jinslarining qalinligi o‗zgarib turadi va ba‘zi bir
uchastkalarda 500-700 metrgacha etdi. Yer sharida bunday tog‗ jinslari quduq
maydonining 10 % ini egallaydi.
Chuqurlik o‗zgarishi bo‗yicha haroratning 10 ga oshishiga geometrik pag‗ona
deyiladi. U o‗rtacha 33 metrga to‗g‗ri keladi. Chuqurlikdagi haroratning o‗zgarishini
tavsiflash uchun geometrik gradientlardan foydalaniladi.
Geometrik gradient - tog‗ jinsi haroratining har 100
metr oraliqda
chuqurlashgandagi doimiy musbat haroratidir.
Quduqlarni burg‗ilashda har bir qirqimning haroratini bilish muhim. Chunki
konlarni ishlashda va uyumni ishlatish jarayonida har xil geometrik-texnik
tadbirlarning texnologik sxemalarini tuzishda bu ma‘lumotlardan foydalaniladi.
Xulosa
Mahsuldor qatlamlarni ochish sifati ko‗p holatlarda quduq tubi zonasining
holatiga bog‗liq bo‗ladi ya‘ni, qatlamdan oqim chaqiriladi va quduqlar
o‗zlashtirilganda qatlam flyuidlari (neft, gaz) kirib keladi. Shunday qilib, mahsuldor
qatlamlarni ochish quduqlarni o‗zlashtirishda, ularni ishlatishga kiritishda hamda
konlarni neft va gaz debitlarini ishlashda rejalashtirilgan
loyihaviy hujjatlarga
erishishdagi muhim masalalar ko‗rib chiqilgan.
67
―Mahsuldor qatlamlarni ochish va quduqlarni o‗zlashtirish ya‘ni, mahsuldor
qatlamlarni birlamchi va ikkilamchi sifatli ochishda kollektorlik xossalarini maksimal
darajada saqlab qolish, oqimni chaqirish va quduqlarni o‗zlashtirish kabi jarayonlarni
va muammolarni o‗rganish bo‗yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonlarida fizik va fizik – kimyaviy
texnologik ta‘sir etishlarning natijasida qatlam quduq tubi atrofi zonasida filtratsiya
sig‗imdorlik xossalarini o‗zgarishini sodir bo‗lish holatlari o‗rganilgan.
Qatlamda quduq tubinig zonasida ifloslanish holati sodir bo‗lganda oqimlarni
chaqirishda qo‗shimcha gidrodinamik qarshiliklar paydo bo‗ladi va bu qarshilikni
yengib o‗tish uchun qo‗shimcha bosimning pasayishi sodir bo‗ladi. Konlarni
ishlatishni loyihasi bo‗yicha belgilangan neft yoki gaz olish,
qatlam va quduq tubi
bosimi (qatlamga depressiya ) oralig‗idagi farqlarni oshirib yuborishi, qatlamga
beriladigan depressiya bosimi, neft va gaz oqimini qatlamdan olish masalalari tahlil
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: