71
ma‘lumki, burg‗ilash ishida dolotaning vibratsiyasi natijasida paydo bo‗ladigan
gidrodinamik bosimning kattaligi quduq tubida 5 MPa gacha (bu ma‘lumotlar
burg‗ilash jarayonida to‗g‗ridan-to‗g‗ri olingan) yetadi.
Shuning uchun qatlamni burg‗ilab ochishda mahsuldor
qatlamga beriladigan
repressiyani pasaytirish masalasini hal qilishda dolotaning ustidagi qurilmada yuqori
samarada amortizatsiyalovchi moslamani yaratish va uni burg‗ilash kolonnasining
tarkibiga qo‗shish zarur hisoblanadi.
Muhim e‘tibordan yana, biri tushirish-ko‗tarish operatsiyasi tezliklarini
reglamentatsiyalashda va mahsuldor qatlamlarni ochishda texnologik tartiblarga
rioya
qilinadi. Bunday qatlamga ta‘sir qilish burg‗ilash amaliyotida tushirish - ko‗tarish
operatsiyalarida qo‗llaniladigan tezlik qatlamni gidravlik yorishga olib keladi.
Qatlamlarni burg‗ilab ochishda mahsuldor qatlamga beriladigan repressiyani
minimallashtirishning texnika va texnologiyasini tugallanmagan hamda repressiyani
to‗liq chiqarib tashlashning imkoniyati yo‗q. Shuning uchun shunday burg‗ilash
eritmasiga ega bo‗lish kerakki, amaliyot eritmani loysiz bo‗lishini ko‗rsatadi ya‘ni,
repressiya mavjud bo‗lgan daqiqada qatlamga filtratni
chuqur kirib borish
imkoniyatining oldi olinishi zarur. Bundan tashqari burg‗ilash eritmasining zichligini
minimal ushlab turish uchun burg‗ilangan tog‗ jinslarini yuqori darajada
tozalanishining ta‘minlanishi zarur hisoblanadi hamda mahsuldor qatlam zonasida
tog‗ jinslari va qatlam flyuidlari bilan o‗zaro fizik – kimyoviy reaksiyalanishda holi
bo‗lishi kerak. Mahsuldor qatlamlarni ochishda
eng muhim samaralardan biri
burg‗ilash eritmasining quduq devori bilan kontaktlanishi davom etadi ya‘ni, bu holat
quduq atrofi zonasining chuqurligini va ifloslanish darajasini aniqlaydi.
Bunga bog‗liq holda birlamchi ochishda burg‗ilash eritmasini quduq stvoli
bilan kontaktini kamaytirishda yuqori ko‗rsatgichli texnologiyadan va burg‗ilash
asboblaridan foydalaniladi.
Texnologik zarurat
uchun
qattiq
fazali
burg‗ilash
eritmalaridan
foydalanilganda mexanik o‗tish tezligi va dolotani o‗tishi
keskin kamayadi hamda
burg‗ilash dolotasining ishlash sharoiti ham yomonlashadi. Burg‗ilash eritmasining
tarkibidagi qattiq fazalarning ta‘sirini amalda kamaytirish yoki umuman chiqarib
tashlashda dolotaning ustiga qattiq fazalarni ajratuvchi ajratgich qurilmasi o‗rnatiladi
ya‘ni, asboblarga qattiq zarralardan tozalangan burg‗ilash eritmasini yo‗naltiradi,
qattiq zarralar halqali fazo orqali chiqarib yuboriladi.
Yuqorida ko‗rsatib o‗tkanimizdek, mahsuldor
qatlamni birlamchi ochishda
tabiiy o‗tkazuvchanligini saqlash uchun qatlamga beriladigan repressiyani
―muvozanat‖ holatida burg‗ilashni minimallashtirish zarur. Bunday texnologiyani
amalga oshirishda neftgaz paydo bo‗lishini va quduqda favvoralanish xavfini paydo
bo‗lish ehtimolligi oshadi. Shuning uchun mahsuldor qatlamni
boshqarish va ochiq
favvoralanish xavfini kamaytirish uchun mahsuldor qatlamning boshlang‗ich
bosqichida neftgaz paydo bo‗lishini aniqlaydigan texnik vositalarni ishlash maqsadga
muvofiqdir ya‘ni, mahsuldor qatlamning zonasidan qatlam flyuidlarini paydo bo‗lish
lahzasini yozib olish zarur hisoblanadi. Eng istiqbolli yo‗nalishlardan biri bu sohada
quduqlarni burg‗ilashda neftgaz paydo bo‗lishini to‗xtovsiz nazorat qiladigan akustik
tizimni ishlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: