Ma’ruza 2
Mavzu: Rudalarni boyitish. Metallarga termik ishlov berish.
Reja:
1. Boyitish va uning turlari.
2. Termik ishlov berish turlari.
3.Yurtimizdagi metallurgik kombinatlar. (NKMK va OKMK).
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati
dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo’jaligida keyingi ishlatish uchun qo’yiladigan
talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi
hisoblanadi. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi
qimmatbaho (foydali) komponent, qo’shimchalar, yo’ldosh elementlarning miqdori,
shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
Qimmatbaxo komponent
deb shu qimmatbaxo komponentni ajratib olish
uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi.
Masalan, mis, qo’rq’oshin, temir, asbest misli, qo’rq’oshinli, temirli va asbestli
rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo’shimchalar
foydali va zararl bo’lishi mumkin
. Foydali qo’shimcha
deb foydali qazilmada
uncha ko’p bo’lmagan miqdorda mavjud bo’luvchi, qimmatbaho komponentga
ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy
birikmalarga aytiladi.
Zararli qo’shimchalar
deb foydali qazilmada uncha ko’p
bo’lmagan miqdorda mavjud bo’luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning
sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy
birikmalarga aytiladi.
Yo’ldosh elementlar
deb foydali qazilma tarkibida uncha
katta bo’lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni yer
qa’ridan asosiy qimmatbaxo komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan qimmatbaxo komponentlarga aytiladi.
Masalan, polimetal rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli
metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo’ldosh elementlarga kiradi.
Boyitishda yo’ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho
komponent bilan birga ajratilishi mumkin.
Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho
komponentning miqdori qancha ko’p va zararli qo’shimchalarning miqdori qancha
kam bo’lsa shuncha yuqori bo’ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo’lsa, u
shuncha boy bo’ladi, chunki ko’p miqdorda qimmatbaxo komponent saqlaydi.
Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish
maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |