I– BOB. QUDUQNI ISHLATISHGA TAYYORLASH
1.1.1. Neft va gaz uyumlarining umumiy tavsifi.
Neft va gaz uyumlarida bir nechta elementlar ajratiladi. Gaz va neft, neft va suv chegarasi yuzalari gazneft va suvneft chegarasi yuzasi deb yuritiladi. Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ustki yuzasining kesishish chizig‘i tashqi neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi. Agar chegara yuzasi gorizontal bо‘lsa, neftlilik (gazlilik) konturi rejada qatlamning ustki yuzasi izogipslar bilan parallel bо‘ladi (1.1-rasm). Neft – suv (gaz-neft) chegarasi qiya bо‘lganda esa neftlilik (gazlilik) konturi tuzilma haritasida qatlamni ustki yuzasi izogipslarini kesib о‘tadi. Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ostki yuzasining kesishishidan hosil bо‘lgan chiziq ichki neftilik
1.1 - rasm. Gumbazsimon uyumning sxemasi:
a-geologik kesimi; b-tuzilma haritasi; 1-gaz shapkasi; 2-uyumning neftli qismi; 3-qatlamning suvli qismi; 4-qatlamning ustki yuzasi izogipslari; 5-6-tashqi va ichki neftlilik konturi; 7-8-tashqi va ichki gazlilik konturi.
(gazlilik) konturi deb yuritiladi. Massiv tabiiy rezervuarlardagi uyumlarda ichki konturlar mavjud bо‘lmaydi. Uyum neft va gazdan iborat bо‘lib, undagi neftning egallagan hajmi gazga nisbatan ancha katta bо‘lsa, bunday uyumlar gaz dо‘ppili neft uyumi deb yuritiladi. Agar uyumda neft gazga nisbatan juda kam bо‘lsa, u holda neft hoshiyali gaz uyumi deyiladi.
Kо‘pchilik hollarda yer qa’rida suv bilan bevosita chegaralangan gaz uyumi yoki gaz tо‘plami mavjud bо‘lmagan neft uyumlari uchraydi. Uyumning uzunligi, kengligi va maydoni uning ichki-tashqi neftlilik (gazlilik) konturlarining gorizontal tekislikdagi proyeksiyasiga qarab aniqlanadi. Uyumning balandligi uning ostki yuzasi bilan eng yuqori nuqtasigacha bо‘lgan vertikal masofadan iborat.
Neft va gaz uyumlari tasnifi. Har xil turdagi neft va gaz uyumlarining tasnifini tuzish bо‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida I.O.Brod, N.A.Yeremenko, N.Y.Uspenskiy, A.A.Bakirovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasniflar eng maqbul hisoblanadi. A.A.Bakirovning tutqichlar hosil bо‘lishining asosiy xususiyatlarini hisobga olib tuzgan tasnifiga muvofiq lokal neft va gaz tо‘plamlarining tо‘rtta sinfi ajratiladi. Bular tuzilmali uyumlar, stratigrafik uyumlar, litologik uyumlar va rifli uyumlar.
Rifli uyumlar aksariyat bitta suv-neft chizig‘iga ega bо‘ladilar. О‘zbekiston sharoitida (G‘arbiy О‘zbekistonda) kо‘pgina rifli neft, gazkondensat va gaz konlari mavjud. Bu yerlarda rif massiviga jami zaxiraning 75-80%, rif usti yotqiziqlarida qolgan 20-25% joylashgan bо‘ladi (Shо‘rtan, Kukdumaloq, Dengizkо‘l, О‘rtabuloq va boshqalar). Rif platformasi konlarida ham rif uchraydi (1.2 - rasm).
Antiklinal tuzilmali uyumlar alohida antiklinalga mansub bо‘lib, yer barida ular uzilma bilan uzilgan holda ham uchraydi.
Gumbazli uyum, antiklinal tuzilmaning gumbaz qismiga joylashgan, uzilmasiz bо‘lishi mumkin, ba’zan esa uzilma о‘tgan bо‘lishi mumkin hamda loyli vulqon, tuz gumbaziga mansub bо‘lishi mumkin (1.3 - rasm).
Tektonik tо‘silgan uyumlar aksariyat tashlama uzilma yoki kо‘tarma uzilma tufayli hosil bо‘ladi va tuzilmaning gumbazi qanotida yoki pereklinal qismida joylashishi mumkin.
Kontakt oldi uyumlari mahsuldor qatlamining tuzli gumbaz yoki loyqa vulqonga tutashgan joyida hosil bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |