1.1.3. Tabiiy gazlarning tarkibi va klassifikatsiyasi.
Tabiiy yonuvchi gazlar yer qa’rida alohida uyumlar shaklida uchrab, gaz konlarini tashkil etadi yoki neft uyumlari bilan birga uchraydi. Gazning bu turi yo’ldosh gaz bo’lib, neft bilan birga olinadi.
Neft gazi CnH2n+2 tarkibli to’yingan uglevodorodlar aralashmasi hisoblanadi. Bularga metan, etan, propan, butan mansub. To’yingan uglevodoroddagi metan miqdori 98% ni tashkil etadi. Goho gaz tarkibida og’irroq uglevodorodlar - pentan, geksan va geptanning bug’lari ham uchraydi. Kamroq to’yingan uglevodorodlar tarkibida shuningdek, karbonat angidrid gazi (CO2), azot (N2), ozroq miqdorda noyob gazlar (geliy, argon, neon), vodorod sulfidi (H2S) va shu kabi gazlar bo’ladi.
Tovar sifati bo’yicha neft gazlari shartli ravishda quruq, yog’i kam va yog’li gazlarga bo’linadi. Quruq gaz tarkibi 90% metan, 3-6% og’ir uglevodorodlar, 1,5-3,0% karbonat kislotasidan iborat, zichligi havoga nisbatan 0,75 g/sm3.
Yog’i kam gaz tarkibi 73% gacha metan, 22% gacha yuqori uglevodorodlar, 5% gacha karbonat kislotasidan iborat. Zichligi havoga nisbatan 0,9-1,0 g/sm3.
Yog’li gaz tarkibi 32-55% metan, 28-68% yuqori uglevodorodlardan iborat. Zichligi havoga nisbatan 1,15-1,4 g/sm3.
Sof gaz konlari Gazli (bo’r yotqiziqlarida), Gajak (yura davri ohaktoshlarida), Setalantepa (quyi bo’r davri terrigen yotqiziqlarida), Rossiya Federatsiyasining Shebelinka (quyi perm yotqiziqlarida) va boshqa konlarda ochilgan. Bu konlarning gazi asosan metandan (93-94,8%) iborat.
Uglevodorod gazlari kuchli portlash xususiyatiga ega. Portlash paytidagi yoqish reaktsiyasi juda tez o’tadi. Uglevodorod gazlarining juda oz miqdori ham havoda portlashi mumkin (havo bilan gaz shovqinli aralashma hosil qiladi). Portlashning eng past va eng yuqori chegaralari tegishlicha (% da) havo tarkibida metan uchun 5 va 15, propan uchun 2,4 va 9,5; og’irroq uglevodorodlar bug’lari uchun bunday miqdor yanada kam. Neft gazlari kimyo sanoatida va maishiy ehtiyojlar uchun juda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.
Tabiiy gaz uglevodorodlarining CnH2n+2 va uglevodorod bo'lmagan gazlar, azot - N2, is gazi - CO2, nordon gaz - H2S, argon - Ar, geliy - Ne ning fizik aralashmasidir. Tabiiy gaz tarkibida metan - CH4 miqdori 85% va undan yuqori bo'ladi, uglevodorodlar molekulasida uglerod atomlari soni n 17-40 gacha yetishi mumkin. Metan (CH4 ), etan (C2H6) va etilen (C2H4 ) normal sharoitda (P=0,1 MPa va T=273 K ) real gaz hisoblanadi. Propan (C3H8), propilen (C3H6), izobutan (i-C4H10), normal butan (n-C4H10), butilen (C4H8) lar atmosfera sharoitida bug’ (gaz) holatida, yuqori bosimlarda esa suyuq holatda bo'ladi. Ular suyuq uglevodorod gazlar tarkibiga kiradi. Izopentan (i-C5H12) dan boshlab uglevodorodlar atmosfera sharoitida suyuq holatda bo'ladi. Ular benzin fraksiyalari tarkibiga kiradi. 18 va undan ortiq uglerod atom mavjud uglevodorodlar (C18H38 ) atmosfera sharoitida qattiq holatda bo'ladi. Tabiiy gazlar tarkibida 0,05 % dan yuqori miqdorda geliy bo’lsa, u ham ajratib olinishi shart. Chunki geliy xalq xo’jaligining juda ko’p tarmoqlari uchun asosiy xom - ashyo sifatida ishlatiladi.
Quyidagi jadvalda quruq gaz, suyultirilgan gaz va gaz benzini tarkibi berilgan.
Quruq gaz, suyultirilgan gaz va gaz benzini tarkibi . 1.1–jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |