10-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Fermentlarning yuqori temperatura tapsirida inaktivatsiyaga uchrashi



Download 15,45 Kb.
Sana02.08.2021
Hajmi15,45 Kb.
#136277
Bog'liq
10-Laboratoriya


10-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

MAVZU:Fermentlarning yuqori temperatura tapsirida inaktivatsiyaga uchrashi.

Fermentlar moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi biologik katalizatorlar hisoblanadi. Ular o’zida yuqori molekulali moddalarni tutib, oddiy va murakkab oqsillarga kiradi. Fermentativ kataliz o’zining tahsir qilish harakteriga qarab geterogen xisoblanadi. Fermentlar bir qator xossalari bilan anorganik katalizatorlarga o’xshash bo’lishi bilan birga, ba’zi bir o’ziga xos hususiyatlarga ham ega. Bulardan fermentlarning termolabilligi (issiqlikka chidamsizligi), spetsifikligi, ferment aktivligining muhit pH ko’rsatgichiga bog’liqligi, katalitik jihatdan yuqori ko’rsatkichga ega ekanligini ko’rsatish mumkin. Fermentativ kataliz yuqori tezlik bilan, mahlum bir sharoitda (pH ko’rsagichi va temperaturada) amalga oshadi.

Fermentning aktivligi muhitning tarkibiga sezilarli darajada bog’liq bo’ladi. Bir kator kimyoviy moddalar ferment aktivligini tezlashtirsa (aktivatorlar), bahzilari esa sekinlashtiradi (ingibitorlar).

Fermentlarni 2 ta gruppaga bo’lish mumkin: protein-fermentlar (oddiy oqsillar), proteid-fermentlar (murakkab oqsillar). Proteinlarga murakkab birikmalarni oddiylarigacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydigan fermentlar kiradi (masalan, pepsin, amilaza, ureaza va boshqalar). Proteid-fermentlar oksil kism - apoferment va issiqlikka chidamli bo’lgan oqsilmas kism -kofermentdan yoki prostetik gruppadan tashkil topgan bo’ladi. Fermentlarning ko’pchiligi oqsilmas qismlar sifatida o’zida vitamin hosilalari va nukleotidlarni tutadi. Shu bilan birga kofaktor rolini bir qancha metallar (temir, magniy, mis, kobalt, rux, marganets, molibden) o’ynashi mumkin.

Ferment nomi o’zi ta’sir etadigan substrat nomiga "aza" qo’shilishi bilan nomlanadi. Masalan, organik birikma molekulalaridan H2 atomi ajralib chiqishi reaksiyasini va ularni boshqa moddalar molekulasiga o’tishini katalizlaydigan fermentlar degidrogenaazalar deb ataladi (degidrogenizatsiya - bu vodorodning ajralib chiqishi).

Spirtlardan H2 ning ajralib chiqishini katalizlaydigan fermentlar alkogolgpdegidrogenazalar deb ataladi. Fermentlar oqsil tabiatli moddalar bo’lgani sababli, ular temperaturaga juda tahsirchan bo’ladi. Fermentlar uchun optimal temperatura 37-38°S ni tashkil qiladi. Temperaturaning oz miqdorda ko’tarilishi, (40-45°S gacha) fermentlarning aktivligini oshiradi. Lekin keyingi qizdirish, yahni 50°S dan yuqori bo’lgan temperatura, fermentning aktivligini yo’qolishiga sabab bo’ladi. Buning sababi, fermentning oqsil qismi yuqori temperaturada denaturatsiyaga uchrashidir. Past temperaturada esa ferment o’z aktivligini yo’qotmaydi, lekin shu temperaturada aktivligi kamayishi mumkin. Agar temperatura ferment uchun optimal holgacha ko’tarilsa, fermentning aktivligi yana tiklanadi.



Reaktivlar: a) 5 marta suyultirilgan so’lak b) 1%-li kraxmal v) iodning kaliy yodiddagi eritmasi (Lyugol eritmasi) g) Trommer reaksiyasi uchun kerak bo’lgan reaktivlar: 5%li o’yuvchi natriy, 5%-li mis sulfat (tajriba probirkalariga avval o’yuvchi natriy qo’shiladi, so’ngra tomchilatib mis sulfatdan solinadi va past olovda qaynaguncha qizdiriladi).

Ishning bajarilishi: 2 ta probirkaga 1 ml dan suyultirilgan so’lak solinadi. Ulardan bittasi past olovda 2-3 minut davomida qaynatib olinadi. Shundan so’ng har ikkalasiga 1 ml dan kraxmal eritmasidan solib, 10 minut 38°S li termostatga qo’yiladi. Keyin har ikkala probirkadagi suyuqlik ikkiga bo’linib, Trommer va Lyugol reaksiyalari o’tkaziladi. Shuni aytish kerakki, qaynatilgan so’lakli probirkada kraxmalning fermentativ gidrolizi bo’lmaydi.
Download 15,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish