M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Valuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib 
bering 
2.
Valuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga 
solib turiladi? 
3.
Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering. 
4.
Valuta kursi nima va uni qanday omillar belgilaydi? 
5.
Foiz stavkasi va valuta kursi o‘rtasida qanday bog‘lig‘lik bor? 
6.
Nominal va real valuta kurslariga izoh bering.Xarid qobilyati 
pariteti atamasining mohiyati nimadan iborat? 
7.
Real valuta kursi makroiqtisodiy siyosat ta’sirida qay tarzda 
o‘zgartiriladi va uning milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday? 
8. Proteksionizm siyosatining valuta kursiga 
ta’sirini 
qanday 
baholaysiz? 
9. Valuta kursi o‘zgarishining yalpi talab va yalpi taklif hajmiga 
ta’siri mexanizmini tushuntirib bering. 
 


255 
20-BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MAKROIQTISODIY 
SIYOSAT 
 
Reja: 
20.1.
 
Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko‘rinishlari
20.2.
 
Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli. 
20.3.
 
Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul-kredit va 
fiskal siyosat.
20.4.
 
Erkin suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida makroiq-
tisodiy siyosat. 
 
20.1.
 
Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko‘rinishlari
Bundan oldingi boblarda ko‘rdikki, dunyoning hech bir 
mamlakati tashqi iqtisodiy aloqalar va munosabatlardan uzilgan 
holatda emas. Shu sababli to‘liq makroiqtisodiy model o‘zida ham 
ichki, ham tashqi bozorlarda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni 
majassam etishi lozim. 
To‘liq makroiqtisodiy model-ochiq iqtisodiyot modelidir. Ochiq 
iqtisodiyot- shunday iqtisodiyotki, u: 
a)
mamlakat ishlab chiqarayotgan tovarlari va xizmatlarining 
ma’lum bir qismini eksport va import qilishini; 
b)
mamlakat jahon moliya bozorlarida kredit olishi va kredit 
berishini anglatadi. 
Agar yopiq iqtisodiyot sharoitida barcha ishlab chiqarilgan 
tovarlar va xizmatlar ushbu mamlakat ichkarisida sotilsa va barcha 
xarajatlar uch qismga: iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlariga 
bo‘linsa, ochiq iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan mahsulotning 
sezilarli qismi chet elga eksport qilinadi. Bunda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarga xarajatlarga to‘rtinchi unsur sifatida mamlakatda 
ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning eksporti (chet 
elliklarning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar va 
xizmatlarni sotib olishga qilgan xarajatlari) ham kiritiladi. 
Kichik ochiq iqtisodiyot va katta ochiq iqtisodiyot o‘zaro 
farqlanadi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish