M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

UO‘K: 
330.101.541(072)
 
KBK 
65.012.2ya7
 
 
ISBN 978-9943-7395-8-1 
© 
«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021.
M 56 



KIRISH 
 
Iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya 
va biznes muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun 
eng qulay tarzda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, iqtisodiy 
faollik darajasini oshirish kabi vazifalar davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning ilmiy 
asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o‘tkazilayotgan–
ligiga bog‘liq. 
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini 
tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’min–
lanishi respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat 
samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga 
kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va 
xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real 
daromadlarini o‘stirishning muhim sharti hamdir. Shu boisdan 
Davlatimiz rahbari iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar 
haqida gapirganda, “Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va 
yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart. Avvalo, 
inflatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka 
erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro 
ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va 
narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz 
zarur.Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri 
yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda 
muhimdir. Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga 
erishish mumkin. Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va 
Xalqaro valuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 
2020-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq joriy etishimiz lozim. 
Iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, birinchi navbatda, yetakchi 
sohalar rivojiga bevosita bogʻliqdir. Qaysi sohada yuqori qiymatga 
ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi navbatda qoʻllab-
quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki 
beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va 
amalga oshirishimiz lozim”– deb ta’kidladilar. 
Bugun 
jahon 
bozori 
kon’yunkturasi 
keskin 
o‘zgarib, 



globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib bormoqda. Ana 
shunday murakkab vaziyat davlatimizni yanada barqaror va jadal 
sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv 
hamda tamoyillarni ishlab chiqib, amalga oshirishni taqozo etayotir. 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi
6
da 
milliy 
iqtisodiyotni 
jadal 
rivojlantirish 
va 
liberallashtirishda eng dolzarb masalalar yechimi yuzasidan aniq 
vazifalarning belgilab berilgani bu borada hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. Bunda asosiy maqsad – mamlakatimizda makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini saqlab qolish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, 
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va 
diversifikatsiya 
qilish 
hisobiga 
uning 
raqobatbardoshligini 
oshirishga erishishdan iborat. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya 
qilish va jadal rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar xalqimiz farovonligi 
yanada yuksalishiga, bu tarmoqdagi mahsulotlar eksporti oshishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk 
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada 
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini 
rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar 
izchil va tizimli davom ettiriladi. Viloyat, tuman va shaharlarni 
kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning 
mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish borasida keng 
qamrovli islohotlar aniq mexanizmlar bilan qat’iy amalga oshiriladi. 
Bugun davlatimiz va xalqimizni o‘ylantirayotgan eng muhim 
masalalardan biri – milliy valutamiz va ichki bozordagi narxlar 
barqarorligini ta’minlash. Bu borada, Harakatlar strategiyasida 
belgilanganidek, endi har chorakda mas’ul tashkilotlarning 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valuta bozori holati ustidan 
tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy 
valuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini oshirish, 
makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so‘zi. 2017-
yil 8-fevral



sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tahliliy ma’lumotlari 
tayyorlab boriladi. Inflatsiya darajasini aniqlashda tovar va 
xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish 
metodikasini takomillashtirish ham ko‘zda tutilmoqda. Naqd pulsiz 
ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar 
o‘rnatganlik uchun javobgarlikning oshirilishi ichki bozorda narx 
shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish 
imkonini beradi. Bunda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni 
deklaratsiya 
qilish 
tartibini 
bosqichma-bosqich 
qisqartirish, 
keyinchalik 2020-yilda uni bekor qilish rejalashtirilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi 
kadrlardan 
makroiqtisodiy 
nazariya 
va 
eng 
zamonaviy 
makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishni, 
makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan 
bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham 
makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makro-
iqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni 
yechish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal 
qilgan holda o‘rganish dolzarb vazifadir. 
“Makroiqtisodiyot” fani bo‘yicha taqdim etilayotgan ushbu 
darslik yuqoridagi vazifalarni hal etishda ilmiy-uslubiy manba bo‘lib 
xizmat qiladi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish