M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

1.2.
 
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari 
 
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumla–
shish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, 
iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. . 
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish 
o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, 
minglab ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular 
______________________ 
4
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 15 
5
Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика:Учебник.- 10-е изд. , испр. и доп. –М.: 
Юрайт-Издат, 2015, 13 с.


10 
borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu 
sababli ham makroiqtisodiyot fanida 
agregat kattaliklardan 
foydalanishga asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi. 
Agregatlash
, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kate-
goriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga 
umumlashtirish 
orqali 
milliy 
iqtisodiyotdagi 
makroiqtisodiy 
jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat 
ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning 
yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy 
tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga 
bo‘lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, 
balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning o‘rtacha 
darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. 
Davlat obligatsiyalari bo‘ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning 
hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz 
stavkalari kabi kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib 
ularning o‘rtacha miqdori 
bozor foiz 
stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat 
ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot 
usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat 
ko‘rsatkichlardan 
foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir. 
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar 
o‘rtasidagi miqdoriy, sabab –oqibat bog‘lanishlarini matematik 
formula, grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi.
6
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, 
Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, 
Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir 
vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula 
ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi 
makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili 
bo‘lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif 
hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida 
o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi 
o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflatsiya 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar 
iqtisodiyotini tahlil qilishda qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan 


11 
empirik koeffitsientlar, turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro 
bog‘liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi 
mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda 
yoki murakkab bo‘lmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yo‘l 
qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy 
iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim, ya’ni tashqi iqtisodiy 
aloqalari mavjud bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. 
Amalda esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy 
aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model 
iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis 
qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan 
foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul 
qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo‘lgan ko‘p 
variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy 
siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi. 
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya’ni 
modelda tayyor kattalik sifatida qabul qilinadigan 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish