M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

19.4-rasm. Budjet - soliq 
siyosatining real almashtirish 
kurslariga ta’siri 
19.5-rasm. Importdagi 
o‘zgarishlarning eksportga 
ta’siri 
Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo‘yish uchun taklif 
qilinayotgan milliy valuta ko‘payadi va (S-I) egri chizig‘i o‘ngga 


253 
suriladi (19.4-rasm). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi 
pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko‘payadi. 
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning 
oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig‘ini Xn 
(E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo‘ladi (19.5-rasm). 
Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar 
qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. 
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan 
himoya qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo 
siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir 
qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valuta kursini oshiradi va tashqi 
savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o‘zgarmagan bo‘lsa ham B 
nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import 
hajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar 
darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi. 
Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valuta kursi (En) narxlar 
oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real 
valuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi 
ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining 
ko‘tarilishiga javoban nominal valuta kursining pasayishi sotib olish 
qobiliyati paritetini tiklaydi. 
 
Qisqacha xulosalar 
Jahon valuta tizimi - xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga 
xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga 
qaratilgan mamlakatlar o‘rtasidagi valuta munosabatlarining 
yig‘indisidir. 
Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga 
almashish qobilyati tushuniladi. Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, 
amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va 
cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol 
qilib AQSh, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar 
valutalarini kiritish mumkin. 
Davlat valuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valuta bozoriga 
ta’sir qilishning rasmiy zaxiralarni tartibga solish, savdo siyosati, 
valuta nazorati va ichki makroiqtisodiy tartiga solish kabi usullaridan 
foydalanadi. 


254 
Valuta kursi mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul 
birligida ifodalangan bahosidir. Erkin tebranuvchi valuta kursi talab va 
taklif asosida aniqlanadi. Qayd etilgan valuta kursi – xorijiy valutada 
ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining 
bahosi bo‘lib, unga valuta bozorida talab va taklifning o‘zgarishi ta’sir 
qilmaydi. 
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo 
turli mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib 
chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi 
Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. 
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning 
oshishiga olib keladi. Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, 
milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. Mamlakat 
ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib 
boriladigan proteksionistik u muvozanatli real valuta kursini oshiradi 
va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Valuta kurslarining 
o‘zgarishiga, shuningdek bir qator tashqi va ichki omillar va ular 
o‘rtasidagi nisbat ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish