Yuridik va jismoniy shaxslar o`zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini
ko`rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha
banklarda milliy va xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha depozit schyotlar
hamda depozit schyotlarning boshqa turlarini ochish huquqiga egalar.
Banklarda schyotni ochish O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
boshqaruvining 2001 - yil 6 -oktyabrdagi 25G`4-son (1-son) qarori bilan
tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari
to`g`risida yo`riqnomaga (O`zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro`yxatga
olingan O`zR MB Boshqaruvi qaroriga muvofiq o`zgartirishlar kiritilgan) asosan
amalga oshiriladi.
Ushbu yo`riqnomaga muvofiq, bank (schyoti) schyoti deganda, bank schyoti
shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (schyot egasi) schyotiga kelib tushgan pul320
mablag`larini qabul qilish va kiritib qo`yish, mijozning schyotidagi tegishli
mablag`larni o`tkazish va berish hamda schyot bo`yicha boshqa operatsiyalarni
amalga oshirish to`g`risidagi farmoyishlarni bajarish vazifasini o`z zimmasiga
olishi natijasida bank bilan mijoz o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar
tushuniladi.
Bank schyotlari quyidagi turlarga bo`linadi:
a) talab qilib olinguncha (asosiy va ikkilamchi) depozit schyotlar;
b) jamg`arma depozit schyotlar;
v) muddatli depozit schyotlar;
g) depozit schyotlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo`yicha muddatsiz
foizsiz depozitlar va shu kabilar);
d) ssuda schyotlari.
Mijoz tomonidan har qanday schyot ochilayotganda bank schyotiga xizmat
ko`rsatish shartnomasi tuziladi. Bank schyoti shartnomasi bo`yicha yuzaga
keladigan munosabatlar Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan
tartibga solinadi. Xojalik yurituvchi subyektning birinchi marta milliy valutada
ochgan talab qilib olinguncha depozit schyoti uning asosiy schyoti hisoblanadi.
Mijozlar qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab qilib
olinguncha depozit schyotlari ochishlari mumkin.
Mijozlar tomonidan schyotlar ochish uchun bankka ushbu Yo`riqnomada
ko`zda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank
ish kuni mobaynida ularga schyotlar ochishi shart (O`zR AV 29.09.2003 y. 1080-
1-son bilan ro`yxatga olingan O`zR MB Boshqaruvi qarori tahriridagi xat boshi).
«Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va
chet el valutasidagi pul mablag`lari to`g`risidagi ma'lumotlarni hamda ularga ilova
qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan
schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligi aniqlanadi. Bu
ma'lumotlar auditorga barcha schyotlar bo`yicha bank ko`chirmalarini va har bir
schyot bo`yicha hisob registrlarini tekshirish uchun kerak bo`ladi.
So`ngra auditor korxona va bank o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning
yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko`rsatish to`g`risidagi shartnomaning
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi.
Bankdagi schyotlar bo`yicha pul mablag`lari kirimi va chiqimiga doir
muomalalar bankda tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu
dastlabki hujjatlarning shakllari va to`ldirish tartibi O`zbekiston Respublikasi
Markaziy Banki yo`riqnomalarida belgilangan.
Bunday hujjatlarga quyidagilar
kiradi:
- bank ko`chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qilingan hisob-kitob
to`lov hujjatlarining shakllari bilan);
- to`lov topshiriqnomasi;
- to`lov talabnomasi;
- to`lov orderi;
- inkassa topshiriqnomasi (farmoyishi);
- hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish uchun ariza;
- valutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma;321
- valuta sotib olish uchun topshiriqnoma;
- rezidentning sotib olingan valutani so`mga aylantirish to`g`risidagi
farmoyishi va boshqalar;
- bank hisob-kitob hujjatlariga ilova qilinadigan va amalga oshirilgan
muomalalarning qonuniyligini asoslovchi dastlabki hujjatlar»
Yuqoridagilarga asoslanib, auditor hujjatlarning to`g`ri rasmiylashtirilishini
tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar bo`yicha amalga
oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o`tkazadi.
«Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor banklarda hisob-kitob va boshqa
schyotlar mavjudligi va bank operatsiyalarini amalga oshirishda amaldagi
qonunchilikka rioya qilinishini tekshiradi. Tekshiruv korxona tomonidan banklarda
ochilgan barcha schyotlar bo`yicha amalga oshiriladi. Tegishli schyotlar bo`yicha
ko`chirmalarda qayd etilgan mablag`lar qoldig`i hisobda mavjud bo`lgan
mablag`lar qoldig`i bilan solishtiriladi. Ko`chirmalarni rasmiylashtirilishida
suiste'molchiliklarni yashirish maqsadida schyotning debeti va krediti bo`yicha
oborot atayin bir xil summaga kamaytirilishi mumkin. Shuning uchun, auditor
bank ko`chirmalariga muvofiq schyotning debeti va krediti bo`yicha oborot hisob
registrlaridagi ko`rsatkichlar bilan muvofiqligini tekshirishi lozim»
Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish mobaynida aniqlangan
kamchiliklarni auditor ish hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik
tekshiruvining mazkur bo`limi bo`yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan
rasmiylashtiradi hamda auditorlik hisobotida aks ettiradi.
Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy
valutadan, balki O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valutasidagi pul
mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin.
Xojalik subyektlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
boshqaruvining qarori3 bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida
ochiladigan bank schyotlari to`g`risida» yo`riqnoma ga muvofiq xorijiy valutada
talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib
olinguncha, jamg`arma, muddatli va boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy
valutadagi turlarini ochishi mumkin.
Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit
schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va
depozit schyotlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun
bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
2) tadbirkorlik subyekti bo`lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan
budjet tashkilotlari tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami
berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, soliq
organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi
to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha;
4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar)
taqdim qilinadi.
Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to`g`risidagi arizaga yoziladi.
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo`lsa, faqat
schyot ochish to`g`risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim qilinadi.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to`lovi uchun quyidagi xorijiy valutalar
qabul qilinishi mumkin:
- AQSh dollari;
- Ingliz funt sterlingi;
- YEVRO;
- Shveytsariya franki;
- Yapon ienasi
«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda
mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar.
Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu
operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta
schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks
etish O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo`mitasi va
Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001- yil
16 -noyabrda 1085-son bilan ro`yxatga olingan «Chet el valutasidagi
operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish
tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga solinadi.
Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi
(AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo`yicha alohida olib
boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O`zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta
schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks
ettiriladi»
Bankdagi valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni tekshirish mobaynida
auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim
Joriy valuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog`liq valuta muomalalari huquqiy
rejimiga rioya qilinishini tekshirish
Valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy
Bankining litsenziyasiga ega bo`lgan, vakolatli banklar orqali valuta muomalalarini amalga
oshirishni tekshirish
Vakolatli banklarda ayrim valuta muomalalarini amalga oshirish uchun O`zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar va litsenziyalarning
mavjudligini tekshirish
Yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo`lgan, legal kelib chiqishga
ega valuta mablag`lari chegarasida chet el valutasidagi hisob-kitoblarni amalga
oshirilganligini tekshirish
Valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish
bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo`yicha
amalga oshiriladi.
Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, agar O`zbekiston korxonasining xorijiy
bankda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo`yicha ochilgan
schyoti bo`lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo`la
olmaydi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy
bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo`lishi
lozim.
Audit jarayonida, rezident bo`lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar
valuta tushumi qabul qilinishining to`liqligi va to`g`piligini tekshirishda, auditor
vakolatli banklardagi ularning valuta schyotlari bo`yicha quyidagilarni aniqlashi
kerak:
- tashkilot valuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini
qoniqtirish hisobiga jarima to`lash yoki zararlarni qoplash, ya'ni o`zaro talablarni
hisobga olish to`g`risidagi talablarni;
- eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish mobaynida ham
o`zaro qarz surishish hollariga yo`l qo`yilmaganligi;
- O`zbekiston Respublikasiga o`tkazilishi lozim bo`lgan va xorijdagi
rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o`tgan tushumdan to`lovlar amalga
oshirilmaganligini.