Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet161/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Asl kaltakesaklar (Lacertidae) oilasining 22 ta avlodi va 200 tacha turi bor. Ularning tanasi silindr shaklida, bo`yin qismi tanasidan yaqqol ajralib turadi, besh barmoqli oyoqlari yaxshi takomil etgan, tashqi quloq teshigi bo`ladi. Asl kaltakesaklar boshining usti shox qalqonlar, tanasining usti mayda tangachalar, qorin tomoni esa bo`yiga va ko`ndalangiga qator o`rnashgan to`rt burchakli qalqonlar bilan qoplangan. Dumidagi tangachalari esa halqa bo`lib o`rnashgan.
Asl kaltakesaklar mayda va o`rtacha kattalikda bo`ladi, dumi uzun va uziluvchan, son teshiklari bor. Har xil hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Yevrosiyoda keng tarqalgan tipik vakillariga yashil kaltakesak (Lacerta viridis), tez yoki ildam kaltakesak (Lacerta agilis) va tirik tug’ar kaltakesak (Lacerta vivipara) kiradi.
Aksariyat turlari cho`l va dashtlarda hamda tog’ etaklarida yashaydi. Rossiyaning salqin o`rmonlarida tiriktug’ar kaltakesak, o`rta mintaqada, jumladan, O`zbekistonning cho`l mintaqalarida targ’il chiziqli rang-barang kaltakesakchalar, tog’li va shimoli-sharqiy hududlarda ildam keltakesak uchraydi. Ukraina va Kavkazda esa yashil kaltakesaklar tarqalgan.
Zahartishlilar (Helodermatidae) oilasiga 2 ta tur kiradi va ular kaltakesaklar kenja turkumi orasida birdan-bir zaharli guruh hisoblanadi. Zahartishlilar Shimoliy Amerikaning janubi-g’arbida uchraydi. Zahartishlilardan zahartish (Heloderma suspectum) Meksikada va eskorpion (Heloderma horridum) Kalimantan (Bornea) orolida uchraydi.
Zahartishlilarning uzunligi 60 sm gacha boradi. Ular tashqi tomondan echkemarlarga o`xshaydi, gavdasi vazmin, tanasi o`qlovsimon, oyoqlari kalta, dumi yo`g’on va to`mtoq. Tepa ko`zi bo`lmaydi, rangi och sariq yoki to`q qizg’ish tusda bo`ladi, tangachalarida gilamga o`xshash qoramtir naqshlari bor. Ular kechqurun va tunda faol bo`ladi. Zahartishlilar jag’ining ostida o`rnashgan uzunligi 4 sm va qalinligi 1,5 sm keladigan zahar bezi bor, u g’azablanganda zahari zahar bezidan jo`yakli tishiga oqib tushidi. Ularni zahari odam uchun o`ta xavfli hisoblanadi, qattiq og’ritadi.
Zahartishlilar avgust oyida 3 tadan 12 tagacha tuxum qo`yib ko`payadi. Ular hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar, mayda kemiruvchilar, qushlarning polaponlari va tuxumlari bilan oziqlanadi. Zahartishlilarning 2 ta turi ham «Xalqaro Qizil kitob»ga kiritilgan.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish