Gekkonlar (Gekkonidae) oilasining 80 ta avlodi va 900 ga yaqin turi bor. MDHda 9 turi, O`zbekistonda esa 8 ta turi uchraydi. Bu oila vakillarining uzunligi 3,5 sm dan 35 sm gacha boradi.
Ularning umurtqalari baliqlarnikiga o`xshash amfitsel tipda tuzilgan. Gekkonlar, asosan tunda faol hayot kechiradi. Ba’zi turlari boshqa kaltakesaklarga o`xshab quyoshda isinishni yaxshi ko`radi. Ularning tanasi biroz yassi va kichikligi, ko`z qorachig’i tik joylashganligi va ko`z qovoqlarining birlashib ketganligi bilan boshqa kaltakesaklardan farq qiladi, ko`zi kechasi ko`rishga moslashgan. Kunduz kuni hayot kechiradigan turlarining ko`z qorachig’i yumaloq, ularda harakatchan ko`z qovoqlari bo`lmaganligi sababli ko`zlari ilonlarning ko`zlariga o`xshash doimo ochiq, tili yassi va keng og’zidan tashqariga chiqib turadi. Tili bilan ko`zini yalab changdan tozalaydi. Gekkonlar chinakam tovush chiqaradi. Ularda ham autotomiya xususiyati bor. Gekkonlar cho`l va sahrolarda, tog’larda, odamlar turadigan eski binolarda yashaydi.
Gekkonlar barmoqlarining pastki yuzasi plastinkasimon, unga mayda mikroskopik ko`rinishdagi tukchalar joylashgan. Shu tukchalar tufayli ular vertikal, hatto uy shiftida ham o`rmalab yuradi.
Gekkonlar, asosan issiq iqlimli cho`lu-sahrolarda, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. MDHda esa Qrimda, Kavkazortida, Qozog’istonda va O`rta Osiyoda uchraydi. Bu oilaga Turkiston gekkoni, taroqbarmoqli gekkon, parrakdumli gekkon, stsinksimon gekkon va boshqa turlar kiridi. Bo`z gekkoni O`rta Osiyoda, Qozog’istonda, Kavkazortida va Eronda tarqalgan. Uning uzunligi 51 mm, dumsiz, tungi hayvon, kunduzi toshlar orasiga, devor kovaklariga, jarlardagi yoriqlarga kirib yotadi.
124-rasm. Kaltekesaklar: 1-cho`l gekkoni, 2-cho`l agamasi, 3-quloqli yumaloqbosh, 4-plashli kaltakesak, 5-tez kaltakesak, 6-ildam kaltakesak, 7-bo`z echkemar, 8-sariq ilon.
Qishni ham shu joylarda o`tkazadi. Kulrang gekkoni O`zbekiston sharoitida uyqudan mart oyining oxirida uyg’onadi. May oyida 2 ta tuxum qo`yadi (10 mm), bolasi tuxumdan iyulning oxirida chiqadi. Gekkonlar qo`ng’iz, pashsha, kana, chivin, chigirtka, chumoli va ari kabi hasharotlar bilan oziqlanadi. O`rta Osiyoda, jumladan, O`zbekistonning qumli cho`llarida stsinksimon gekkon, Janubiy va G’arbiy
hududlarda taroqbarmoqli gekkon, Qoraqalpog’istonda chiyildoq gekkoncha, g’orlar va binolar shiftida kulrang gekkon va tog’li hududlarda Turkiston gekkoni uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |