Mavzu: Hayvonot dunyosi



Download 77,5 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi77,5 Kb.
#516174
Bog'liq
5 s Hayvonot dunyosi
sifat, 346-guruh, Isoqulova Sh, Ne'matjonova M, qonun, 171 29.03.1994, 8-mavzu amaliy, Aniq integralning tadbiqlari. Qutb koordinatalar sistemasida yuzani hisoblash, O'zlashtirma gap, 3-topshiriq, 3-topshiriq, Qurbonov Pahlavon, Qurbonov Pahlavon, Qurbonov Pahlavon, Nematova Dilorom, doc 2, 2 5201872902093276041

Mavzu: Hayvonot dunyosi
Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echkiayiqqoplonquroquloqsilovsinilvirssirtlonqunduzmanuljayranalqorqushoyoqkoʻk sugʻurolakoʻzanustyurt qoʻyibuxoro qoʻyishomshapalaktunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan
Oʻzbekiston qushlarning 24 turkumga mansub 410 ga yaqin turi bor, ulardan 184 turi chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Qushlarning 24 turi, jumladanbirqozonjingalakdor birqozonoq laylakqora laylakqizil gʻozvishildoqoqqushkichik oqqushmarmar oʻrdakoqbosh oʻrdaksuvqiygʻirqirgʻiy burgutchoʻl burgutchoʻl burgutibolyaturqumoyilonxoʻr burgutmallabosh lochinitogʻlioq turnaoddiy tuvaloqbizgʻaldoqyoʻrgʻa tuvaloqqorabovurtorgʻoqosiyo loyxoʻragiqum chumchuq va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
Sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud, jumladan toshbaqalarning 1 turi (choʻl toshbaqasi) maʼlum. Tangachilar turkumining 58 (kaltakesaklar-38, ilonlar-20) turi uchraydi. Ilonlarning 5 turi: kapcha ilonqalqontumshuq ilonqoʻlboriloncharx ilonchoʻl qora iloni zaxarli hisoblanadi. Sudralib yuruvchilarning 16 turi, jumladan, xentogʻ qurbaqaboshiechkemarchipor kaltakesakqoʻlborilon Respublika „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 3 turi: yashil qurbaqa (turon qurbaqasi va osiyo togʻlari qurbaqasi kenja turlari), koʻl baqasi va danatin qurbaqa uchraydi.
Mamlakat suv havzalarida baliqlarning 106 turi tarqalgan. Ular 2 katta guruhga boʻlinadi. Birinchi guruxga daryo va soylarida qadimdan yashab kelayotgan mahalliy baliqlar (amudaryo guldor baligʻishirmohiturkiston moʻylovdorizogʻora baliqlaqqa va boshqalar), ikkinchi guruhga esa, asosan, suv omborlarda iqlimlashtirilgan baliqlar (issiqkoʻl guldor baligʻipelyadoq amurorol moybaligʻisharq oqchasikumush tovon baliqoddiy doʻngpeshonaoq slailonbosh va boshqalar) kiradi. Baliqlarning 18 turi, jumladan, orol moʻylov baligʻiorol baqrasiamudaryo qil quygʻuri, (katta kurak burun), amudaryo tosh baqrasi (kichik kurak burun), filburun (sirdaryo kurak buruni) va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
Hasharotlar juda xilma-xil boʻlib, 16000 dan ortiq turi tarqalgan. Hashorotlarning 40 ga yaqin turkumi maʼlum. Ulardan togʻriqanotlilar (300 dan ortiq tur), tengqanotlilar (shiralar-330-350,jizildoqlar-600-700 tur), tangacha qanotlilar (1500 ga yaqin tur), qattiqqanotlilar (2000 ga yaqin tur), pardaqanotlilar (1500 ga yaqin tur), ikkiqanotlilar (3500-4000 tur), chala qattiqqanoqlilar (600-700 tur) keng tarqalgan.
Respublika faunasida oʻrgimchaksimonlardan chayonlarning 10 ga yaqin, falangalarning 20 ga yaqin, oʻrgimchaklarning bir necha yuzlab turi uchraydi. Oʻrgimchaksimonlardan, ayniqsa, kanalar xilma-xil boʻladi. Suv havzalarida kanalarning 20 dan koʻproq turi, tarqalgan. 100 dan ortiq tur kanalar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Bir hujayralilar ham juda xilma-xil boʻladi. Suv havzalarida soxta oyoqliklar, xivchinlilar, infuzoriyalar koʻp uchraydi. Chuchuk suv havzalarida toʻgarak chuvalchanglar (120 dan koʻproq tur) bor. Quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalarning 171 turi maʼlum.[1]
O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lganligi tufayli uning hayvonot dunyosi ham o‘ziga xos va rang-barangdir. O‘rta Osiyo hayvonlari chalacho‘llarda, cho‘llarda, tog‘oldi va tog‘lar oralig‘idagi tekisliklarda, tog‘larda hamda suv havzalarida yashaydi.

Chalacho‘llarning hayvonot dunyosi mavsumlar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yozda janubdan issiqsevar hayvonlar, ya’ni kaltakesaklar va ayrim qushlar (to‘rg‘ay, loyxo‘rak) kirib kelib, chalacho‘llarning ichkari qismlariga yetib boradi. Kaltakesaklar bu yerlarga moslashib, rangini o‘zgartiradi. Qish juda sovuq bo‘lganligi tufayli yozda kelgan hayvonlar janubga yana qaytib ketadi, ko‘p hayvonlar (qo‘shoyoq va boshqalar) uyquga ketadi, qishga oziq-ovqat yig‘uvchi turli xil sichqonlar va kalamushlar inlariga kirib ketadi. Shimoldan qishda punochka, oq kaklik, qutb boyqushi uchib keladi. Bulardan tashqari, qishda bu yerlarda chopqir hayvonlardan oqquyruq ham yashaydi. Bu yerda eng ko‘p tarqalgan hayvon turi yumronqoziqlardir. Yumronqoziq bilan birga, chalacho‘llarda qo‘shoyoqlar, cho‘l olasichqoni, dala sichqoni, qum sichqoni, kalamush va ko‘rsichqon ham tarqalgan.


Chalacho‘llarning o‘zlashtirilmagan joylarida, Betpaqdala, Orolbo‘yi, Shimoliy Ustyurt, To‘rg‘ay o‘lkasi, Balxashbo‘yida tuyoqli hayvonlar: oqquyruq, jayron, yovvoyi qo‘y, morxo‘r, qulon va boshqalar yashaydi. Hasharotlardan chayon, qoraqurt va boshqa o‘rgimchaksimonlar ko‘p.


Сhalacho‘llardagi hayvonot olami issiqqa va suvsizlikka turlicha moslashgan. Ba’zilari, umuman, suv ichmaydi, ba’zilari kechasi hayot kechiradi, ba’zilari salqin joylarda yashaydi, ba’zilari ildizlarni yeb, undagi suv bilan qanoatlanadi.


Sudralib yuruvchilardan toshbaqa va kaltakesak nihoyatda ko‘p. Kaltakesaklardan dumaloqbosh kaltakesak, qum kaltakesagi, echkemar, agama kaltakesagi yashaydi. Ilonlardan bo‘g‘ma ilon, o‘qilon, zaharli charxilon va ko‘lvorilon, ko‘zoynakli ilonlar ko‘p.


Yirtqich hayvonlardan tulki, chiyabo‘ri, qum mushugi va boshqalar yashaydi. Qizilqumdagi saksovulzorlarda Buxoro kiyigi — xongul bor.

Qushlardan saksovul to‘rg‘ayi, cho‘l moyquti, cho‘l qarg‘asi, cho‘l qarqunog‘i, saksovul chumchug‘i va boshqalar uchraydi.


Тog‘ hayvonlari balandlik mintaqalariga bog‘liq holda tarqalgan. Chalacho‘l balandlik mintaqasining hayvonot dunyosi chalacho‘l hayvonot dunyosi bilan bir xil (kemiruvchilar, yirtqichlar). Тog‘ quruq cho‘llarida tulki, bo‘ri, jayron, sirtlon yashaydi, ammo bu mintaqada cho‘lga xos bo‘lgan hayvonlar (qo‘shoyoq, qum sichqoni, ingichka barmoqli yumron- qoziq) uchramaydi.


Keng bargli o‘rmonlarda jayron, ayiq, to‘ng‘iz, bo‘rsiq uchraydi. Тo‘ng‘iz, asosan, daryo bo‘ylarida ko‘proq tarqalgan. Bu mintaqada qushlardan jannat hasharotxo‘ri, kabutar, mayqut, oq boshli sa’va, bulbul va boshqalar bor.


Ignabargli o‘rmonlarda elik (kiyik), Jung‘oriya Olatovida maral (bug‘u), yirtqich hayvonlardan silovsin, O‘rta Osiyo latchasi, ayiq, manul (Yettisuvda) uchraydi. Archazorlarda o‘rmon sichqonlari, tog‘ sichqonlari, qushlardan boltatumshuq, tog‘ sariq chumchug‘i, chittak va tog‘ kakligi mavjud.


Baland tog‘ yaylovlarida (subalp va alp mintaqasi) tog‘ takasi, tog‘ kiyigi, tog‘ qo‘yi (arxar), qor qoploni, kemiruvchilardan sug‘ur tarqalgan. Qushlardan Himolay qorakurkasi, tog‘ zog‘chasi, tog‘ to‘rg‘ayi, alp chumchuqsimon qushi va boltayutar tarqalgan.


Тo‘qay hayvonlari Sirdaryo, Amudaryo, Ili, Chu va boshqa daryolar qayirlaridagi to‘qaylarda va daraxtzorlarda yashaydi. Asosiy hayvonlari to‘ng‘iz, bug‘u, to‘qay mushugi, quyon, o‘rdak, g‘oz, qirg‘ovul, loyxo‘rak, qoravoy (baklan), birqozon, saqoqush, flamingo va boshqalardir.




O‘rta Osiyoda chalacho‘l va cho‘llarning o‘zlashtirilishi, tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida tog‘-kon sanoatining rivojlanishi, buning oqibatida ekologik sharoitning o‘zgarishi hamda ovchilik xo‘jaligi ishlarida qat’iy tartibning bo‘lmaganligi natijasida hayvonot olamiga zarar yetdi. Ko‘p hayvonlar kamayib qoldi. Bu ahvol tabiatni, shu jumladan, hayvonot olamini muhofaza qilishni qat’iy talab qiladi.
Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti